Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə20/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

§. Pul muomalasini barqarorlashtirish va inflyatsiyani bartaraf qilish

yo’llari
Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va itisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davlat inflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora - tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.
Yoar davlatda pul muomalasi ma’lum qonun-qoidalar asosida tartibga solib
turiladi.
Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan. Aholining daromadi va harajatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirib turilgan. Tovar ishlab chiqarishni kengaytirish, aholiga kreditga tovar berish, baholar tizimini o’zgartirib turish va hakazolar. Barcha jarayonlar davlat tomonidan boshqarilgani uchun pul muomalasi qonuni buzilganda davlat o’z vakolati doirasida narxlarni o’zgartirish yo’li bilan, pul reformasi bilan pul muomalasini tartibga solib kelgan.
Bozor iqtisodi sharoitida pul muomalasi ma’lum usullar yordamida tartibga solib turiladi.
Bizning davlatimizda pul muomalasini tartibga solishda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qo’yidagi usullardan foydalanadi.

  1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.

  2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi.

  3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini o’rnatish.

«O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonunga ko’ra Markaziy bank tijorat banklariga minimal majburiy rezerv bo’yicha mablag’larni maxsus schyotda saqlab turish majburiyatini yuklash huquqiga ega. Bunday rezervlar normalari bankning majburiyatlari turiga, omonat va muddatiga qarab belgilanadi. Bu mexanizm asosan tijorat banklarining likvid mablag’lari hajmini muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Bu bilan Markaziy bank tijorat banklarining kredit berish qobiliyatiga ta’sir etadi. Kredit, ma’lumki o’z navbatida pul massasining ko’payishiga, baholarning o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun majburiy norma tez-tez o’zgartirilmaydi, chunki u muomalada pul massasini tebranib turishiga va oxiri iqtisodiy beqarorlikka olib kelishi mumkin. Majburiy rezerv ajratmalari foyizlari oldingi yillarda qo’yidagicha belgilangan:

  1. dan - 15%

  1. dan - 20%

  1. dan - 30%

  1. dan - 30%

  1. dan - 25%

Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar bo’yicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditning bahosini aniqlash asos bo’lib xizmat qiladi. Qayta moliyalashtirish siyosati tijorat banklarining boshqa manbalaridan mablag’lar jalb qilishiga ta’sir etmaydi. Markaziy bank oqilona qayta moliyalashtirish stavkalarini o’rnatib tijorat banklarini likvidlik darajasini muvofiqlashtirib turadi. Markaziy bankning kredit siyosati xalq xo’jaligini hal qiluvchi bo’g’inlarini kreditlash va undan ratsional foydalanishga qaratilgan qayta moliyalashtirish stavkasi oldingi yillarda qo’yiidagicha belgilanagn.

  1. dan - 40%

  1. dan - 225%

  1. dan - 300%

  1. dan - 120% (oyiga 10%)

  1. dan - 84% (oyiga 7%)

  1. dan - 60% (oyiga 5%)

  1. dan - 48% (oyiga 4%)

  2. dan - 39,6 (oyiga 3,3%)

hozirgi vaqtda-20 (oyiga 1,66%)
Yoozir ko’pgina davlatlarda pul muomalasini tartibga solishda ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qo’llanadigan
monetar siyosatning bir usuli hisoblanadi. Bu usul tijorat banklarining likvidlik darajasiga tezda ta’sir o’tkaza oladigan eshiluvchan (moslanuvchan), amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va xohlagan miqdorda o’tkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendentsiyasiga qarab pul muomalasini baraqarorlashtira olishi mumkin. Markaziy bankning ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish huquqi qonunda belgilangan. Bunda oldi - sotdi ob’ekti bo’lib davlat qimmatbaho qog’ozlari va Markaziy bank o’zi chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin. Yoozirgacha muomalada Markaziy bankning uch oy muddatda so’ndiriladigan depozit sertifikatlari yurgan bo’lsa, 1996 yil mart oyi oxirida GKO (davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO)) chiqariladi. Bu tijorat banklari va korxonalarining mablag’larini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
Davlat qimmatbaho qog’ozlar bozori O’zbekiston uchun yangi hodisa hisoblanadi. DQMOni kiritish birinchidan, Moliya vazirligiga o’z joriy xarajatlarining bir qismini inflyatsiyadan xoli manba hisobidan qoplashga, ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zlarining bo’sh mablag’larini foyda olish evaziga investitsiya qilish mumkinligiga imkoniyat yaratdi.
DQMOlarning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida chiqariladi.
Zarur bo’lsa obligatsiya egasi ikkilamchi bozorda o’z foydasi evaziga uni sotishi mumkin.
Shunday qilib, Markaziy bank pul muomalasini barqarorlashtirish uni tartibga solish borasida barcha vakolat va huquqiy normalarga ega.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan usullar ko’pgina davlatlarda qo’llaniladi. Davlatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa selektiv usullardan ham foydalanishi mumkin. Bu usullarni maqsadi kreditlash hajmiga va umumiy pul massasiga ta’sir o’tkazib borishdir. Bu usullarni har davlat o’zini rivojlanishi darajasiga qarab qo’llashi mumkin.
Masalan, rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operatsiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi. Yuqoridagilarni tahlil qilsak, har usul u yoki bu yo’l bilan
(bevosita yoki bilvosita) muomaladagi pul massasini kamayishiga yoki ko’payishiga ta’sir qiladi.
Iqtisodiyotdagi ahvolga qarab Markaziy bank o’zining pul- kredit sohasidagi strategiyasini aniqlaydi. Bundan tashqari mamlakatdagi pul muomalasi hukumat tomonidan chiqarilgan qaror va buyruqlar bilan ham boshqariladi. Bunga misol qilib korxona tashkilotlarini kassa tushum rejasini bajarishi ustidan qattiq tazorat o’rnatish, barcha savdo shohobchalarini inkassatsiyaga tortish, aholini o’z daromadini davlat banklarida saqlashga targ’ib qilish va ishontirish, qimmatli qog’ozlar bozorini kengaytirish, hisob cheklaridan keng foydalanish, bank tizimini takomillashtirish, ya’ni elektron kartochkalarini joriy qilish va boshqalar bularning hammasi muomaladgi pul massasining kamayishiga, emissiya miqdorining qisqarishiga olib kelishi mumkin.


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin