Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


§. Tijorat banklarining funktsiyalariga qisqacha tavsif



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə45/52
tarix05.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#108127
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar

§. Tijorat banklarining funktsiyalariga qisqacha tavsif

Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo’lishiga olib keladi.
Tijorat banklari quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:

  1. vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish;

  2. korxona, tashkilotlar, davlat va aholini kreditlash;

  3. muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish;

  4. xalq xo’jaligida hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish;

  5. moliya - valyuta bozorida faoliyat ko’rsatish;

  6. iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va konsultatsiya xizmatlarini ko’rsatish.

Banklar bo’sh pul mablag’larini yig’ish va ularni kapitalga aylantirish funktsiyasini bajara turib mavjud bo’sh pul daromadlari va jamg’armalarni yig’adi. Jamg’aruvchi (bo’sh pul mablag’i egasi) o’z mablag’larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag’lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo’sh pul mablag’lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo’jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat banklar faoliyatida asosiy o’rinni korxona, tashkilotlarni, aholini, davlatni kreditlash egallaydi. Kreditlash jarayonini tashkil qilishda bank moliyaviy vositachi rolini o’ynaydi. U bo’sh turgan mablag’larni jalb qiladi va o’z nomidan mijozlarga vaqtincha foydalanishga beradi. Bank krediti hisobidan xalq xo’jaligining muhim tarmoqlari - sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va boshqalar moliyalashtiriladi va ishlab chiqarishni kengaytirishga asos bo’ladi.
Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat banklarni boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda muomalada pul massasi kamayadi.
Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o’tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning ma’lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olish mumkin. Bu holda muomalada pul massasining miqdori oshadi. Shuning uchun ham tijorat banklar faoliyati ustidan Markaziy bank nazorat olib boradi.
Tijorat banklarning muhim funktsiyalaridan biri hisob-kitoblarni olib borishdir. Hisob-kitoblarni olib borishda bank mijozlar o’rtasida vositachi bo’lib xizmat qiladi.
Tijorat banklari yana qimmatbaho qog’ozlar chiqarish va joylashtirish bilan shug’ullanishi mumkin.
Tijorat banklari iqtisodiy ahvolni nazorat qila borib mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berishi mumkin.
Aktsioner tijorat banklarning yuqori organi - aktsionerlarning umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Har yili aktsionerlarni yig’ilishi ustavdagi va ustav kapitalidagi o’zgarishlarni, yillik faoliyat va uning natijalarini, bank daromadlarini tasdiqlash,Bank Kengashi tarkibini saylash bankning sho’’ba muassasalarini tashkil qilish va bekor qilish kabi masalalarni ko’rib chiqishi mumkin.
Tijorat banklari quyidagi operatsiyalarni bajaradi:

Tijorat banklarni ochishga litsenziya (ruxstanoma)ni Markaziy bank beradi. U tijorat banklar faoliyatini olib borish bo’yicha iqtisodiy normativlar belgilab beradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi.
Tayanch so’zlar
iqtisodiy asos; bosh litsenziya;
huquqiy asos; boshqaruv tizimi;
tijorat banki; tashkiliy tuzilma.
litsenziya;
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar

  1. Bank faoliyatini tashkil qilishni iqtisodiy asoslari nimalardan iborat?

  2. Tijorat banklarning huquqiy asoslari deganda nimani tushunasiz?

  3. Dastlabki litsenziya tijorat banklarida qanday shartlar asosida beriladi?

  4. Asosiy litsenziya tijorat banklarida qanday tadbirlar o’tkazilgandan keyin beriladi?

  5. Tijorat banklarini boshqaruv tizimida nechta ortgan faoliyat yuritadi?

  6. Tijorat banklarining funktsiyalari nimalardan iborat?


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin