FUNKTSIYASI 1-§. Markaziy bank va uning tuzilishi Maraziy bank - pul-kredit siyosatini emissiya jarayonlarini olib boruvchi, kredit tizimining bosh banki hisoblanadi.
Birinchi Markaziy banklar qariyib uch yuz yil oldin tijorat banklarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil qilingan Shved Risk banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya bankidir. Evropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarimida faoliyat ko’rsata boshlagan.
Banklar paydo bo’lgan davrlarda markaziy (emission) va tijorat banklar o’rtasida bo’linishi bo’lmagan. Rivojlangan mamla-katlarda tijorat banklar kapitallarni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqorish yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank, keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank, ya’ni kredit sistemasini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo’ladi.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li mavjud:
Birinchi yo’l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarning rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi. Masalan, Frantsiya banki 1880 yilda, Germaniya Reyxsbank - 1875 yilda, Italiyada - 1893 yilda, Ispaniyada - 1874 yilda emission markaz sifatida faoliyat ko’rsata boshladi.
Ikkinchi yo’l - tashkil qilingandayoq Markaziy bank emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AO’Shning federal banklari (1913), ko’pgina Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AO’Shda Markaziy bank fraktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv Sistema bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklar aktsioner sifatida dvidend olishadi. Dvidend miqdori 6% dan oshmasligi kerak.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o’z faoliyatini olib borishi
kerak.
Jahonda o’z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo’lgan banklardan biri bu Nemis federal banki - Bundesbank hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga hisobot beradi. Ko’pgina hollarda Markaziy banklarning mustaqilligi nisbiy xarakterga ega bo’lib, ular Davlat banki hisoblanadi. Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati olib boriladi.