Sh. I. Mustafakulov, O. A. Raximberdiyev, M. Sh. Egamberdiyeva iqtisodiy atamalarning



Yüklə 3,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/33
tarix28.11.2023
ölçüsü3,99 Mb.
#168794
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Mustafaqulov Sh I va boshq Iqtisodiy atamalarning izohli lugati

Qarang: Arastu
).
IQTISODIY AKTIV - shunday iqtisodiy obyektki, unga institutsion birliklar
qonun bo'yicha yolg'iz yoki jamoa tartibida mulkka egalik qiladi 
va ana shu egalik yoki undan foydalanish tufayli mulkdor yoki 
mulkdorlar muayyan davr mobaynida iqtisodiy manfaat (samara) 
ko'radi.
IQTISODIY BOSHQARUV USULLARI - boshqaruv subyekti va obyekti
o'rtasidagi munosabatlarni mamlakat va hududning soliq tizimi, 
moliya-kredit mexanizmi, bojxona tizimi, sifatli mehnat uchun 
motivatsiya tizimi, menejment maqsadlarini muvofiqlashtirish 
usullarini qo'llash yordamida iqtisodiy tartibga solish usullaridir.
1 76 
--


IQTISODIY EKSPERIMENT - ilmiy asosda amalga oshirilgan iqtisodiyotni
rivojlantirish va boshqarishni takomillashtirish sohasidagi u yoki 
bu g'oyalar yoxud gipotezalarni amalda tekshirishni maqsad 
qilib qo'yadigan tajriba. Iqtisodiy eksperiment quyidagi tartibda 
o'tkaziladi: nazariy va tashkiliy tayyorgarlik, iqtisodiy-matematik 
modellash, eksperiment borishini kuzatish, yakun chiqarish, 
natijalaridan foydalanish xususida xulosalar va takliflar chiqarish.
IQTISODIY FAOL AHOLI - aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar
ко‘rsatish uchun ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi. 
Iqtisodiy faol aholi soni ish bilan bandlar va ishga joylashishga 
muhtoj shaxslami o'z ichiga oladi.
IQTISODIY FAOLIYAT - inson tirikchiligini ta’minlash usullari va vositalari
majmuyidir.
IQTISODIY FOYDA - firmaning umumiy daromadi (tushumi) va barcha
xarajatlari o'rtasidagi ayirma. Agar korxona qiyinchilik bilan ishlab 
chiqarish xarajatlarini qoplayotgan bo'Isa, unda iqtisodiy foyda 
ololmaydi. Iqtisodiy foyda ishlab chiqarish xaraj atlariga kiritilmaydi. 
Agar buxgalteriya xarajatlaridan kapital foiz daromadi, yer va 
imoratlarga renta va boshqaruv uchun to'lov chegirib tashlansa, 
iqtisodiy foyda qoladi. U ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib
aql-idrok bilan ish yuritish, tavakkalchilik qilgani uchun tegadigan 
mukofotdir.
IQTISODIY HAMKORLIK - xalqaro savdoni boshqarish maqsadida
birlashgan davlatlar guruhi.
IQTISODIY HUDUD - rezident birliklarning erkin faoliyat yuritish huquqiga
ega bo'lgan hududlar majmuasidan iborat.
IQTISODIY INQIROZ - ijtimoiy ishlab chiqarish harakatida uzilishlar,
nomutanosibliklar yuzaga kelishi. Iqtisodiy inqiroz davrida ayrim 
tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishning 
qisqarishi, baholarning pasayishi yoki ko'tarilishi, ishsizlar 
sonining ortishi, ish haqining pasayishi, aholi turmush darajasining 
yomonlashuvi kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
IQTISODIY INTEGRATSIYA - milliy xo'jaliklar o'rtasida chuqur, barqaror
o'zaro aloqalar va mehnat taqsimoti, ularning turli bosqich va har xil 
shakldagi takroriy ishlab chiqarish tuzilmalarining o'zaro aloqalari 
asosida mamlakatlarning xo'jalik-siyosiy jihatdan birlashuvi 
jarayoni.
IQTISODIY ISHLAB CHIQARISH - institutsion birlik nazorati ostida
mehnat yoki mablag' sarfi, tovar yoki xizmat sarfi natijasida boshqa 
turdagi tovar va xizmat turini yetkazib beradigan faoliyat.
1 7
7
------


IQTISODIY ISLOHOT - iqtisodiy kategoriya bo'lib, bozor iqtisodiyotiga
o'tayotgan mamlakatlarda yangicha mazmunga ega bo'ladi. Jahon 
tajribasining ko'rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan har bir 
mamlakat bundan keng miqyosda, tubdan, yaxlit iqtisodiy islohot 
o'tkazishning o'z yo'lini va demak, yangi jamiyat barpo etishning 
o'ziga xos va mos andozasini ishlab chiqishi kerak. Mustaqillikka 
erishayotgan har bir davlat o'z mustaqilligini nafaqat siyosiy, balki 
iqtisodiy jihatdan ham ta’minlashi lozim. Bu holatda korxona va 
birlashmalar mustaqilligi keskin ortadi. Birlashma va korxonalar 
to'liq xo'jalik hisobi asosida o'z-o'zini qoplashga o'tadi. Mehnat 
jamoasining huquqi ortadi. Ishchilarning o'z qobiliyatlarini 
namoyon qilishga imkoniyat kengayadi. Yuqori sifatli mehnatni 
moddiy va ma’naviy rag'batlantirish uchun qulay imkoniyat 
yaratiladi.
IQTISODIY ITTIFOQ_ - integratsiya jarayonida qatnashuvchi mamlakatlar
o ‘ziqtisodiyvaijtimoiysiyosatlarini,xususan,pul, kredit, soliq, savdo, 
ishchi kuchi va sarmoya ко‘chib yurishiga nisbatan siyosatlarini 
muvofiqlashtirish orqali kelishilgan holda faoliyat qilishining oliy 
shakli.
IQTISODIY KATEGORIYALAR - jamiyatning iqtisodiy hayot sharoitini
umumlashtirib aks ettiruvchi mantiqiy tushunchalar bo'lib, ular real 
iqtisodiy voqelikning in’ikosi, ifodasidir. Kategoriyalar ilmiy fikrlash 
mahsuli bo'lib, hayotda uchraydigan tushunchalardan farq qiladi. 
Kategoriyalarni uch guruhga bo'lish mumkin. 1. Umumiqtisodiy 
kategoriyalar-jamiyatiqtisodiytaraqqiyotiningbarchabosqichlariga 
xos bo'lgan ishlab chiqarish, mulk, ish vaqti, mehnat taqsimoti, 
jamg'arish, ehtiyoj kabi tushunchalar. 2. Formatsion maxsus 
kategoriyalar - faqat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning muayyan 
bosqichigaxosbo'lgano'tkinchimunosabatlarni ifodalovchi maxsus 
kategoriyalar ekspluatatsiya, renta, ortiqcha aholi, qashshoqlanish, 
monopoliya va boshqa shu kabi tushunchalardan iborat. 3. Davriy, 
oraliq kategoriyalar - umuminsoniy xarakterga ega, bir nechta 
iqtisodiy tizimlar doirasida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda 
saqlanuvchi tovar, pul, talab, taklif, marketing, narx, inflyatsiya va 
boshqa shu kabi tushunchalardan iborat.
IQTISODIY KATEGORIYA - asosiy iqtisodiy tushunchalar. Xo'jalik faoliyatida
tannarx, baho, foyda, samaradorlik, xo'jalik hisobi va boshqa 
iqtisodiy kategoriyalar katta ahamiyatga ega.
IQTISODIY KONYUNKTURA - iqtisodiy o'sish, tuzilmaviy siljishlar,
moliyaviy ahvol,eksportimkoniyatlarikabilarnixarakterlabberuvchi 
iqtisodiy holat.
1 78 
--


IQTISODIY MANFAAT MARKAZI - turar joy, ishlab chiqarish yoki boshqa
binolar joylashgan hududda institutsion birlik o'zining iqtisodiy 
manfaat markaziga ega bo'ladi. Bu yerga joylashgan markaz 
muayyan aniq yoki noaniq muddat davomida, yoki uzoq davr ichida 
keng miqyosdagi iqtisodiy faoliyat va operatsiyalarda ishtirok etishi 
yoki ishtirok etish niyatida bo'lishi mumkin.
IQTISODIY MANFAATLAR - kishilarni harakatga keltiruvchi, ularning xatti-
harakatini, intilishini, xulq-atvorini belgilovchi kuch. Shaxs, jamoa, 
davlat va milliy manfaatlardan iborat.
IQTISODIY MAQSADLAR - maqsadlar, unga erishish jamiyatga barqarorlik
va farovonlikni ta’minlab berishi mumkin. Ular quyidagilardan 
iborat: barqaror iqtisodiy o'sishga erishish; mo'tadil inflyatsiyaning 
mavjudligini nazarda tutuvchi baholarning barqaror darajasini 
ta’minlash; 
yuqori 
bandlik 
darajasiga 
erishish; 
iqtisodiy 
samaradorlikka erishish, daromadlarning adolatli taqsimlanishiga 
erishish.
IQTISODIY MODEL - iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasi.
IQTISODIY MUAMMOLAR - nima, qanday va kim uchun ishlab chiqarish.
Har bir iqtisodiyot oldida bir qancha muammolar turadi. Bular -
nimani ishlab chiqarish, ya'ni qanday mahsulot turlarini ishlab 
chiqarish; mahsulotlarni qanday qilib ishlab chiqarish; mahsulotlar 
jamiyatda qanday taqsimlanishi kerak kabi. Hozirda ushbu 
muammolarni eng muvofiq qilib hal eta olgan iqtisodiy tizim 
- bozor iqtisodiyoti hisoblanadi. Chunki unda bu muammolar 
iste’molchilarning talabidan kelib chiqqan holda eng kam xarajatlar 
bilan hal etiladi.
IQTISODIY MUNOSABATLAR - qarang: ishlab chiqarish munosabatlari.
IQTISODIY NE’MAT - ehtiyojni qondirish vositasi.
IQTISODIY NOCHOR KORXONALAR - muayyan miqdorda kapital
yo'qotish, ishlab chiqarish maydonlarining qisqarishi, ishsizlar 
sonining ortishi, raqobatbardosh bo'lmagan mahsulot ishlab 
chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda materiallar, 
xomashyo, yonilg'i, mehnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz 
korxona.
IQTISODIY NOFAOL AHOLI - ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan mehnatga
qobiliyatli aholi. Uning jumlasiga quyidagilar kiradi: ishlab 
chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan o'quvchilar va talabalar, 
o'quv yurtlarining tinglovchilari va kursantlari; uy xo'jaligini 
yuritishda, bolalarni, bemor qarindoshlarini parvarish qilishda
1
7 9
-------


band bo'lganlar va agar daromad keltiradigan ish taklif qilinsa, shu 
ishga kirishish imkoniga ega bo'lmagan boshqa shaxslar; ishlashni 
istamayotgan, ish bilan ixtiyoriy ravishda band bo'lmagan shaxslar, 
shuningdek, ishlashni istaydigan, lekin ishga joylashish yoki o'zini 
mustaqil daromad bilan ta’minlash uchun hech qanday harakat 
qilmaydigan shaxslar.
IQTISODIY O'SISH - mamlakat iqtisodiy salohiyatining ortishi, ya’ni aholi
ehtiyoji uchun zarur bo'lgan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va 
xizmatlar ko'rsatishning ko'payib, yaxshilanib borishi. Iqtisodiy 
o'sish mamlakatning rivojlanib, taraqqiy etib borishini ifodalaydi. 
Iqtisodiy o'sish - yalpi milliy mahsulot va milliy daromad hajmining 
ortib borishi, aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotning ko'payishi 
bilan o'lchanadi. Iqtisodiy o'sishning intensiv va ekstensiv turlari 
mavjud.
IQTISODIY O'SISH SIFATI - iqtisodiy o'sishning umumlashgan sifat
xarakteristikasi bo'lib, uning qanday sarflar bilan ta’minlangani va 
qanday ijtimoiy-iqtisodiy natija berganligini ifodalaydi.
IQTISODIY OPERATSIYALAR - har qanday iqtisodiy ma’noga ega bo'lgan
mun о s abatl ardir.
IQTISODIY QONUNLAR - iqtisodiy munosabatlar tizimida ishlab chiqarish,
taqsimot, ayirboshlash, iste’mol sohalarida o'zaro ichki bog'liqlikda 
va aloqadorlikda yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni 
taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa o'zaro bog'lanishlaridir. 
Iqtisodiy qonunlar ma’lum iqtisodiy jarayon va ayrim hodisalarning 
muqarrarligini aks ettirib, obyektivxarakterga ega, ya’ni odamlarning 
ongi va irodasiga bog'liq bo'lmagan holda harakat qiladi. Kishilik 
jamiyati bilan birga vujudga kelgan bo'lib, uch guruhga bo'linadi:
1. Umumiqtisodiy qonunlar - jamiyat taraqqiyotining barcha 
bosqichlarida iqtisodiyotning aniq ijtimoiy shaklidan qat’i nazar 
amal qiluvchi qonunlar. Bularga mehnat taqsimoti, jamg'arish, 
mehnat unumdorligining o'sib borishi, ehtiyojlarning yuksalishi va 
boshqa qonunlar kiradi. 2. Formatsion maxsus qonunlar - iqtisodiy 
taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos bo'lgan, shu tizimning 
o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar. 3. Davriy, oraliq 
qonunlar - iqtisodiy munosabatlarning, ishlab chiqaruvchi kuchlar 
taraqqiyotining muayyan darajasini vujudga keltirgan xususiyatlarni 
ifoda etadi. Bu xususiyatlar bir nechta ishlab chiqarish usuliga xos 
bo'lib, ularni birlashtirib, bog'lab turadi. Ular jumlasiga qiymat 
qonuni, iqtisodiy o'sish va boshqalar kiradi.


IQTISODIY RENTA - odatda, cheklangan tabiiy resurslardan foydalanilgandagi
(yoki ijara) haq-baho tushuniladi. Iqtisodiy rentani ko'pincha 
resurs egasining undan foydalangandan oladigan renta daromadi 
ma’nosida ham qo'llash mumkin.
IQTISODIY RESURSLAR - tabiiy, insoniy, moddiy, moliyaviy va intellektual
resurslardan iborat.
IQTISODIY RISK - iqtisodiy faoliyat amalga oshayotgan vaziyatning
noaniqligi. Bunday vaziyat voqealar dinamikasiga oid axborotning 
yetishmasligi, chin emasligi, xatoliklarga yo‘l qo'yilishi tufayli 
kasodgauchrash, moddiy zarar ko'rish, shuningdek,kattamiqdordagi 
daromad olish ehtimolining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
IQTISODIY RIVOJLANISH SAMARADORLIGI - iqtisodiyotni rivoj-
lantirish natijalarining bu borada qilingan sarf-xarajatlarga nisbati.
IQTISODIY RIVOJLANISH SUR’ATLARI - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
ko'rsatkich va natijalarining miqdor jihatidan ko'payishi va sifat 
jihatidan takomillashuvi darajasi.
IQTISODIY RIVOJLANISHNIN G “O ZB E K MODELI” - 1991-yil
1-sentabrdan mustaqil taraqqiyot yo'liga o'tgan respublikamizning 
ijtimoiy 
yo'naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyoti. 
O'zbekiston 
Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ilgari 
surilgan. Uning besh tamoyili mavjud: 1. Iqtisodiyotning siyosatdan 
ustuvorligi va bunda iqtisodiyotning har qanday mafkuradan xoli 
bo'lishi. 2. Davlat - bosh islohotchi. 3. Qonunning hamma narsadan 
ustun turishi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat. 5. Bozorga bosqichma- 
bosqich, tadrijiy (evolyutsion) yo'l bilan borish.
IQTISODIY SAMARA - ushbu natijalarga erishish uchun ishlab chiqarishdagi
natijalar va xarajatlarning taqqoslanishi.
IQTISODIY SAMARADORLIK - cheklangan resurslardan unumli foydalanib,
jamiyatning tovar va xizmatlarga bo'Igan cheksiz talabini maksimal 
qondirish.
IQTISODIY SIKL - doimiy ravishda bir qancha yillar davomida iqtisodiy
faollikning birin-ketin ko'tarilishi va pasayishi. Iqtisodiy sikl 
iqtisodiyotning rivojlanish shakli hisoblanadi va uning asosini 
iqtisodiy inqirozlar tashkil etadi. Iqtisodiy siklning asosiy sababi 
ishlab chiqarishning doimo kengayishiga harakat qilishi va undan 
talabning orqada qolishi, buning natijasida, iqtisodiyotdagi jami 
taklif va jami talab o'rtasidagi hamda asosiy kapitalga bo'Igan talab 
va taklif o'rtasidagi muvozanat buziladi. Iqtisodiy sikl 4 bosqichdan 
iborat: tushkunlik, turg'unlik, jonlanish, yuksalish 

Yüklə 3,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin