25,
35,
60 yoki 70 ta bo'Isa kifoya) sonli sotuvchilar harakat qiladilar.
Monopolistik raqobatga quyidagi belgilar xos: a) sotuvchilarning
narx ustidan nazoratijuda cheklangan; b) mahsulot siyosati, o'ralishi,
joylashtirilishi va xizmatlar to'plami bo'yicha tabaqalashtirilgan. 1.
Raqobat narxiy va g'ayri-narxiy usullarda olib boriladi. 2. Tarmoqqa
kirish va chiqish hech qanday qiyinchiliklarsiz amalga oshiriladi.
MONOPOLIYA (yun. tanho sotaman) - iqtisodiyotning biron-bir sohasidagi
tanho hukmronlik. Monopohya ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi
va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining yagona yoki ozchilik
korxonalar, tadbirkor shaxslar yoki davlat qo'lida to'planishi
natijasida paydo bo'ladi. Monopol korxonalar hukmronlik
mavqeyidan foydalanib, sarflarni kamaytirish, monopol baho
belgilash orqali foyda ko'rish, raqobatning yo'qligi yoki zaifligidan
bozorda o'z izmini o'tkazishi mumkin. Monopoliya bozor
munosabatlarini cheklaydi, shu sababli davlatlar antimonopol
chora-tadbirlar joriy etadilar. Monopoliya o'z tabiatiga ko'ra ishlab
chiqarishda turg'unlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega
tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda ko'rish, raqobatning yo'qligi
yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o'z izmini o'tkazishi mumkin.
Monopoliya bozor munosabatlarini cheklaydi.
MONOPOLIYADAN
CHIQARISH
-
raqobat
munosabatlarini
rivojlantirishga yo'naltirilgan davlat tomonidan tartib-qoidalarning
joriy etilishi. Bunda yirik korxonalar va xo'jalik tuzilmalari
maydalashtiriladi yoki parallel tuzilmalar tashkil etiladi. Shu bilan
birga, tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirishi uchun turli xil
rag'batlantiruvchi sharoitlar yaratiladi.
MONOPSONIYA - bozor holati. Bunda bozorda bir nechta o'zaro raqobat
qiladigan korxonalar tovar ishlab chiqaruvchilar bo'lib, xaridor esa
tanho bo'ladi. Natijada xaridor hukmini o'tkazib, bozorda yetakchi
mavqeni egallaydi, ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga
majbur qiladi.
MOSLASHTIRILGAN TOVAR - tovarning aniq iste’molchilar talab-istaklari
va xususiyatlari, konkret iste’mol sharoitlariga moslashtirilgan
varianti.
M OTIV - ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun asos bo'ladigan kishining ichki
faoliyat mazmuni.
MOTIVATSIYA - o'z-o'zini va boshqalarni shaxsiy va tashkilot umumiy
maqsadlariga erishishga qiziqtirish (rag'batlantirish) jarayoni. Real
mehnat xulq-atvorini tushuntirish, asoslab berish uchun sabablar
(mulohazalar) tanlashga qaratilgan og'zaki xatti-harakatdir.
MOTIVLASHTIRISH - ruhiy omil bo'lib, shaxs faoliyatining manbayi, sababi,
dalili va har xil ehtimollaridir. U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga
rag'batlantiruvchi kuchli vositadir.
MUALLIFLIK HUQUQI - qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa,
tasviriy sanat kabi ijodiy ishlaming mualliflariga qaratilgan himoya
shakli. Mualliflik huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu
jumladan, o'z ishlarini nashr qilish, qayta nashr qilish va ko'paytirish,
o'z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro etish va yozish
huquqi beriladi.
MUAMMOLI O'QITISH - o'quv mashg'ulotini tashkil etish shakli bo'lib,
unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va
uning hal qilinishida ta’lim oluvchilar faol mustaqil harakat qiladilar.
MUAMMOLI SSUDALAR - qaytarilish muddati kelgan, lekin bank mijozining
to'lovga noqobilligi tufayli to'lanmayotgan ssudalardir.
MUDDATI O'TGAN KREDITLAR - kredit shartnomasida belgilangan
qaytarish muddati, shuningdek,
garchi ularning muddati
uzaytirilgan bo'lsa, uzaytirish muddati ham tugagan qarzlardir.
Muddati o'tgan kreditlar iqtisodiy mohiyatiga ko'ra qayta
rasmiylashtirilgan hisoblanadi. Chunki kredit shartnomasida
muddati o'tkazib yuborilganligi uchun oshirilgan foiz stavkalarini
qo'llash ko'zda tutiladi.
MUDDATI UZAYTIRILGAN KREDIT - ayrim hollarda kreditni qaytarish
muddati kelmasdan awal qarzdor tomonidan bankka taqdim etilgan
iqtisodiy asoslangan yozma iltimosnoma asosida kreditni qaytarish
muddatini keyinroqqa surish to'g'risida filial kredit komissiyalari
qarorlari asosida Bosh bank kredit qo'mitasi bilan kelishilgan holda
ijobiy qaror qabul qilingan qarzlar.
MUDDATLI KREDIT - kredit shartnomasiga ko'ra to'lov muddati hali yetib
kelmagan ssudadir.
MUHOFAZA MUDDATINI UZAYTIRISH - birlik mahsulot uchun zarur
bo'Igan tovar moddiy zaxiralar o'zgarish koeffitsiyentini qoplash
uchun zarur bo'Igan muddat.
2
9
0
MUHTOJLIK - kishining o'z hayoti va faoliyatida biror narsa yetishmayotgani,
zarur bo'layotganini his qilishi; biror narsaga zaruriyat.
MUJASSAMLASHTIRILGAN MARKETING STRATEGIYASI - korxona
butun marketing kuch-g'ayratini bozorning bir yoki bir necha
bo'g'iniga mujassamlashtirishdan iborat marketing turi yoki
strategiyasi.
MUKAMMAL (SOF) RAQOBAT - yuzlab, minglab mustaqil sotuvchi,
xaridorlar mavjudligi hamda ularning erkin ravishda bozorga kirishi
va undan chiqa olishi bilan tasniflanadigan bozor strukturasi. Ishlab
chiqaruvchilarning har biri bozorda bir xil mahsulot sotishning
kichik ulushiga ega bo'lganlari sababli bozor narxiga ta’sir eta
ololmaydigan, shuningdek, unda bir xil mahsulot sotilgani uchun
g'ayri-narxiy raqobat usulidan foydalanilmaydi. Amalda mukammal
raqobat sof holda kam uchraydi. Ammo bir qator tarmoq bozorlari
mavjud bo'lib, ular nisbatan shunday strukturaga ega. Masalan,
qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozori.
MUKAMMAL BO LMAGAN RAQOBAT - sotuvchi va xaridorlarning soni
cheklanganligi, bozorga kirish va chiqish qiyinligi, ayrim hollarda
umuman mumkin emasligi, bozor agentlari narx darajasi va ishlab
chiqarish ko'lamiga tasir eta olishi bilan xarakterlanadigan bozor
strukturasi. Uning monopolistik raqobat, oligopoliya va monopoliya
turlari mavjud (ushbu tushunchalarga qarang).
MUKOFOT - tashkilot xodimlariga aniq natija uchun asosiy ish haqidan tashqari
beriladigan qo'shimcha haq.
MULK - birorta narsaga, mulkka egalik qilish; ega bo'lish; mulk, mol-mulk,
ko'chmas mulk. Mulkchilik kishilar o'rtasida ishlab chiqarish
vositalari va mehnat mahsulini o'zlashtirish yuzasidan paydo bo' lgan
mulkiy munosabatlardir. Mulkning obyekti fuqaro yaratgan moddiy
va madaniy boyliklar, tabiat boyliklari, intellektual mehnat mahsuli
va mehnat qobiliyati hisoblanadi. Jamiyatda mulk turli shakllarda
namoyon bo'lishi mumkin: xususiy, jamoa, davlat, aralash mulk va
hokazo.
MULK DAROMADI - mablag' yoki noishlab chiqarish aktivini boshqa
institutsion birlik ixtiyoriga berganlik uchun moliya aktivi yoki
noishlab chiqarish aktivi sohibi oladigan daromad mulk daromadi
deyiladi.
MULK OBYEKTI - inson yaratgan moddiy va madaniy boyliklar, tabiat
boyliklari, intellektual mehnat mahsuli va insonning mehnat
qobiliyati (ish kuchi).
- « а г г а х к к а ? Q 1 ——1
>«»т?5$>вкка#>гь»*—
MULK SOLIG'I - davlat tomonidan yuridik va jismoniy shaxslar (aholi, korxona
va tashkilot) mulkidan majburiy undiriladigan to'lovlar.
MULK SOLIG'I (MULKIY SOLIQ) - o'z tarkibiga ko'chmas mulk (yer,
binolar) solig'i va shaxsiy mulk (asbob-uskunalar, zaxiralar) solig'ini
oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, ko'pgina
mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbayi hisoblanadi.
Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning mol-mulki
va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarga
bo'lingan.
MULK SUBYEKTI - jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo'lgan
kishilar bo'lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy
guruhlarga birlashgan bo'ladi.
MULK UCHUN DAROMAD - hamma sektorlarga tegishli ko'rsatkich.
Har bir birlik mulk uchun daromad olishi va berishi mumkin.
MULKCHILIK - kishilar o'rtasida ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish va
yaratilgan mahsulotni o'zlashtirish yuzasidan paydo bo' lgan, tarixan
aniq bir shaklda namoyon bo'luvchi munosabatlar.
MULKCHILIK SHAKLLARI - davlat, jamoa, xususiy va aralash mulklardir.
MULKIY HUQUQLAR - agarda firmani barpo qilish uchun ko'pchilik
mulkdorlarning mablag'lari foydalaniladigan bo'lsa, bunday
korxona korporatsiya deb ataladi.
MULKIY SOLIQQA TORTISH - soliq to'lovchining mulkidan, ko'p
hollarda uning kapitalidan olinadigan soliqlar tizimi. Odatda,
progressiv xarakterga ega. Mulkning o'lchami (hajmi, miqdori)
oshishiga qarab soliq stavkasi ham ortadi.
MULKIY SUG'URTA - turli ko'rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan
bog'liq manfaatlar sug'urta munosabatlarining obyekti hisoblangan
sug'urtaning mustaqil tarmog'i. Sug'urtalanuvchining shaxsiy
mulki, uning qaramog'ida joylashgan mol-mulklar sug'urtalanishi
mumkin. Sug'urtalanuvchi sifatida nafaqat mol-mulk sohiblari,
balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo'lgan jismoniy
va yuridik shaxslar ham bo'lishi mumkin.
MULTIKOLLINEARLIK - umumiy natijaga birgalikda ta’sir etuvchi
omillar o'rtasidagi zich korrelyatsion bog'liqlik.
MULTIPLIKATOR
-
1.
Ko'paytiruvchi;
iqtisodiyot ta’limotlarida
ma’lum bog'lanishlarni o'rganishda, multiplikatsiya effekti bor
joylarda qo'llaniladi. Masalan, Keyns ta’limoti bo'yicha qo'yilgan
292
investitsiya va daromadlar o'rtasidagi bog'lanishni ko'rsatuvchi
koeffitsiyent. 2. Akselerator mexanizmi - multiplikator va
akseleratorning o'zaro harakati va birgalikda yalpi milliy mahsulot
(YaMM) dinamikasiga tasiri. Investitsiyalarning o'sishi YaMM
dinamikasiga
multiplikativ
ta’sir
ko'rsatadi.
Akseleratsiya
qoidasining tasiri natijasida YaMM o'sishi investitsiyalarning
tebranishini yuzaga keltiradi.
MULTIPLIKATOR SAMARASI - investitsiyalar va davlat sarflarining yalpi
milliy mahsulot hajmi ortishiga ta’sirining kuchayishi. Investitsiyalar
oshgan sari YaMM hajmi birlamchi pul investitsiyalarga nisbatan
katta miqdorda o'sadi, chunki investitsiyalar multiplikatsion (ortib
boruvchi) samaraga olib keladi. Birlamchi samaradan keyin ikkinchi,
uchinchi va h.k. samaralar vujudga keladi. Bir xil sohalardagi bandlik
boshqa tarmoqlardagi bandlikka (hosila sifatida) olib keladi. Xuddi
ana shu ortib boruvchi samara multiplikalashgan samara deyiladi.
MUNOSABATLARNING FONDLILIK XUSUSIYATI - markazlashtirilgan
pul fondlari (davlat budjeti, budjetdan tashqari fondlar) va
markazlashtirilmagan pul fondlari (korxonalarda shakllantiriladigan
moddiy rag'batlantirish, iste’mol va boshqa fondlar).
MUNOSABATLARNING PULLI XUSUSIYATI - yaratilgan qiymatni
taqsimlash bilan bog'liq pul munosabatlari hamda turli xil pul
fondlarini shakllantirish bilan bog'liq munosabatlar.
MUNOSABATLARNING
TAQSIMLASH XUSUSIYATI
- birlamchi
taqsimlash (ish haqi fondini shakllantirish, foydani shakllantirish va
boshqalar) va qayta taqsimlash (ish haqi fondini taqsimlash, foydani
taqsimlash, soliqlar).
MUNTAZAM RAHBARLAR - korxona va tashkilotlar asosiy faoliyatida band
bo'Igan bo'linmalar rahbarlari. Funksional rahbarlar esa asosiy
faoliyatda bevosita ishtirok etmaydigan bo'linmalar rahbarlaridir.
MUOMALA XARAJATLARI - mahsulotlar muomalasi jarayoniga xizmat
qiluvchi xarajatlardan iborat. Ular ikki ko'rinishda bo'lishi mumkin:
l ) oldi-sotdi jarayoni bilan bog'liq bo'Igan xarajatlar (sofmuomala
xarajatlari); 2) ishlab chiqarish jarayonining muomala sohasida ham
davom etishi bilan bog'liq bo'Igan xarajatlar (mahsulotlarni saqlash,
ortib jo'natish, qadoqlash va boshqalar). Muomala xarajatlari
absolyut summalarda va mahsulot aylanmasiga nisbatan foizda
ijtimoiy zaruriy xarajatlar chegarasida (doirasida) rejalashtiriladi.
MUQOBIL SAVDO - eksport-import harakatlarida muvozanatni ta’minlash
uchun tovarlar xaridini ular summasiga teng miqdordagi tovarlar
yetkazib berish bilan qo'shib borish kelishuvlari.
MUQOBIL STANDARTLAR - iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi
o'rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
MUQOBILLASHTIRISH
(OPTIMALLASHTIRISH)
-
topshirilgan
chegaraga to'g'ri keladigan muqobillikning tashkil topish jarayoni.
MUROJAAT TARQATISH - ma’Iumotlarni, murojaatni iste’molchilarga
yetkazish yo'llari.
MUSTAQIL FAOLIYAT КО ‘ RSATADIGAN AUDITOR - auditorlik
faoliyatini jismoniy shaxs sifatida yuritishni tashkil etmasdan,
xususiy tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tgan
auditor faoliyati.
MUTANOSIB XARAJATLAR - o'zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir
necha mahsulot yoki ishlar turlariga taalluqli va subyektning
ishbilarmonlik faolligi o'zgarsa o'zgarib turadigan xarajatlar.
MUTAXASSISLAR - ixtisoslashtirilgan xodimlar bo'lib, ular mavjud bo'lgan
axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi
masalalarni hal qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv
mutaxassislariboshqaruvfunksiyalarivaularningkasbiytayyorgarligi
bilan xarakterlanadi. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar,
turli kategoriya darajadagi mutaxassislar farqlanadi. Mutaxassislar
guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar,
psixologlar va boshqalar kiradi.
MUTLAQ, HUQUQ, - faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi
bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga
berilishi mumkin bo'lgan mulkiy huquq.
MUVAQQAT NARX - ayrim tovarlarga ma’lum vaqt oralig'ida amal qiladigan
narx.
MUVOZANAT NARX - talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat
narxga to'g'ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot
miqdori deyiladi.
MUZOKARALAR - ixtiloflarni hal qilish usuli sifatida taktik usullarning
majmuyidan iborat bo'lib, qarama-qarshi tomonlarning o'zaro
maqbul yechimga kelishlariga qaratilishidir.
294
NAFAQA - aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarining moddiy
ta’minoti.Unafaqagamuhtojliktanolinganda,qonunhujjatlaribilan
asoslanganda tayinlanadi va ijtimoiy ta’minot fondlari hisobidan
to'lanadi. Nafaqa vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo'qotganda,
homiladorlik va tug'ishda, bola tug'ilganda, bola parvarishi bo'yicha
va shunga o'xshash boshqa holatlarda mamlakat fuqarolariga
beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul to'lanmasi.
NAFLIK - iqtisodiy ne’matlar, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson
ehtiyojini qancha to'laroq qondirsa, uning nafligi shuncha yuqori
bo'ladi.
NAFLIK FUNKSIYASI - iste’mol qilingan ne’matlar miqdorining o'zgarishi
natijasida olinadigan naflikning o'zgarishini ifodalovchi funksiya.
NAFLILIK - ne’matning ehtiyojlarni qondira olish layoqati. Mehnat mahsuli ikki
hil xususiyatga ega, ya’ni iste’mol qiymatiga, ma’lum bir naflilikka
va qiymatga ega bo'ladi. Ne’matlarning naflilik darajasi turli xilda
ifodalanadi hamda jismoniy va huquqiy sub’yektlarning ma’lum bir
iste’mol darajalarini qanoatlantiradi.
NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR - korxona va tashkilotlarning tovar
ayirboshlash, xizmat ko'rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo'yicha
bir-biriga bo'lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul
mablag'larini bir hisob-varaqdan ikkinchi hisob-varaqqa o'tkazish
orqali amalga oshirish tushuniladi.
NAQD PULSIZ OBOROT - pul oborotining bir qismi bo'lib, unda pullar
harakati o'zaro talablar hisobiga kredit muassasalardagi schyotlar
bo'yicha pul o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi va bunda naqd
pullar ishlatilmaydi.
NAQD TO'LOVLAR - tovar haqi etkazib berilganidan keyin sotuvchilar taqdim
etgan hujjat bo'yicha shu zahoti yoki avans bilan to'lash. Xalqaro
savdoda naqd to'lovlar chek, pul o'tkazish, akkreditiv va inkasso
orqali amalga oshiriladi.
NARX - tovar qiymatining pulda ifodalanishi. Narxni tovar qiymati belgilaydi,
ammo bozor sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam bo'lishi
mumkin, bu esa bozordagi o'sha tovarga bo'lgan talab va uning
taklifiga bog'liq bo'ladi. Tovar narxining darajasi, shuningdek,
tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o'rnini bosa
295
olishi muomaladagi pulning xarid quwatiga ham bog'liq bo'ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin narxning quyidagi turlari
mavjud bo'ladi: chakana, ulgurji, xalqaro, auksion, kelishuv, davlat
belgilagan yoki davlat boshqarib turadigan narxlar.
NARX BELGILASHDA PESHQADAMLIK - oligopolik bozordagi firma
mahsulotga narxni belgilaydi, boshqa firmalar esa peshqadam
belgilagan narxni hisobga olib, unga yaqin qilib narx qo'yadilar.
NARX BILAN RAQOBATLASHUV - bozordagi raqobat usullaridan biri.
Bozor narxini o'zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarib,
o'z mavqeyini mustahkamlash.
NARX CHEGIRIMI (TASHLAMASI) - ayrim hollarda tovar narxidan
ma’lum qismi chegirib, olib tashlanishi yo'libilan pasaytirilgan narx.
NARX CHIZIG‘ 1 - bir tovar narx diapazoni oralig'ida uning turli variantlariga
har xil narxlar belgilash.
NARX DIAPAZONI - aniq tovar narxining eng yuqori va eng quyi
chegaralari oralig'i.
NARX DISKRIMINATSIYASI - bunda firma bir xil tovarni turli narxda
sotib olish imkoniyati har xil bo'Igan xaridorlarga sotadi.
NARX HOSIL BO'LISH USULLARI - mahsulot va xizmatlar narxini
shakllantirishda qo'llanuvchi usullar. Ularning xarajatlarga,
xaridorlar liniyasiga va raqobatchilar narxiga asoslangan turlari
mavjud.
NARX KAFOLATI - ishlab chiqarish va savdo korxonasi omborida saqlanib,
jo'natiladigan tovarlar qiymatini yo'qotmasligi uchun xaridor olib
ketadigan paytda amal qilayotgan eng quyi narxdan past narx.
NARX MEXANIZMI - narx signallari asosida resurslami taqsimlash va
ulardan foydalanish (qarang: bozor mexanizmi).
NARX OMILLARI - narxning shakllanishiga, uning o'zgarishiga ta’sir etuvchi
omillar: qiymat, raqobat, naflik, talab va taklif. Ular harakati bir
yo'nalishda bormay, narx darajasiga nisbatan qarama-qarshi ta’sir
etishi mumkin. Ushbu omillardan biri narxni ko'tarsa, boshqasi
pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi,
talabning ortishi uni qimmatlashtiradi. Naflikning yuqori bo'lishi
yuqori narxni taqozo etsa, raqobat kurashi uni pasaytiradi.
NARX RAQOBATI - bozor narxini o'zgartirish orqali raqibni bozordan siqib
chiqarish va o'z mavqeyini mustahkamlash.
NARX SIYOSATI - narx va narx xosil bo'lishini boshqarish tadbir va
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va
296
bozor kon’yunkturasiga mos keluvchi, xaridomi qondiruvchi va
rejalashtirilgan foydani keltiruvchi narx belgilash san’ati.
NARX USTAMASI - tovarning hisoblab chiqarilgan haqiqiy narxi ustiga
qo'yiladigan qo'shimcha (ishlab chiqarish korxonasi) ustamasi,
savdo ustamasi.
NARX YORDAMIDA RAQOBATLASHUV - narxlarni tushirish yordamida
olib boriladigan raqobat kurashining turi bo’lib, u raqobatchilardan
mahsulot narxini pasaytirishni talab etadi. Buning uchun esa
tadbirkor ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiya bilan
ta’minlashi, mehnatni ilmiy tashkil etish yo'li bilan xarajatlami
pasaytirishga erishishi shart.
NARX-FRANKO - tovarnixaridorga tashib etkazib berish sarflarini ham o'z ichiga
olgan ulgurji narx. U odatdagi transport sarflarining kiritilganligi
bilan farqlanadi.
NARXLAR (NARXLI) RAQOBATI - narx vositasida raqobatni amalga oshirib,
raqiblarning bir-biriga nisbatan narxni pasaytirib borishlari.
NARXLAR INDEKSI - har xil vaqt oralig'ida tovar va xizmatlarga narxning
muvozanati o'zgarishini aks ettiruvchi ko'rsatkich.
NARXLARJANGI - raqobatlashuvning narx vositasida olib boriladigan usuli .Uni
olib borishdan maqsad muttasil yoki, uzoq vaqt narxlarni pasaytirib
borish orqali raqiblarni tarmoqdan siqib chiqarishdir.
NARXLAR KORREKTIROVKASI - bozor vaziyati o'zgarishiga narxlarning
moslashuv jarayoni.
NARX-NAVO - tovarlar narxlari, xizmatlar tariflari, to'lovlar, kreditlar, sug'urta
foizlari (stavkalari) va narxningboshqa ko'rinishlari hamda ularning
harakati.
NARXNI O'ZGARTIRMAY RAQOBATLASHUV - bozordagi raqobat
usuli, o'z tovarlarini sotish shart-sharoitini xaridor uchun
qulaylashtirib, raqibni bozordan siqib chiqarish.
NARXNI O'ZGARTIRMAY RAQOBATLASHUV - o'z tovarlarini sotish
shart-sharoitini xaridor uchun qulaylashtirib, raqibni bozordan
surib chiqarish.
NARXNING QAYD QILINISHI - raqib korxonalarining o'zaro kelishib,
o ‘xshash tovarlarga bir xil narx belgilashi.
NARXSIZ RAQOBAT - narxga tegmay raqobatlashuv (mahsulot sifati, o'rami,
savdo xizmati, rag'batlantirishni oshirish, yuqori texnologiyani
o'zlashtirish, savdo taqsimoti va siljitishni yaxshilash va boshqalar).
^
2
9
7
NARXSIZ RAQOBATLASHUV - raqobat kurashining bir turi, u tovarlarning
texnik tasnifi va uning xossalarini (sifatini oshirish, qo'shimcha
xizmatlarni taklif etish, dizayn va h.k.) o'zgartirish orqali amalga
oshiriladi, shuningdek, unda reklama muhim o'rin tutadi.
NATURA O'LCHOVI - hisobga olinayotgan narsaning harakatini, masalan,
material, mahsulot va boshqalami natura holida ifodalash uchun
xizmat qiladi. Turli xil xo'jalik mablag'larini qo'shishda natura
o'lchovidan foydalanilmaydi.
NATURA SHAKLIDAGI ASOSIY TRANSFERT - agar transfertda mulk
aktiv uchun berilsa, natura shaklidagi asosiy transfert ro'y bergan
bo'ladi. Bundan moddiy aylanma vositalar zaxirasi mustasnodir.
NATURA SHAKLIDAGI BOSHQA IJTIMOIY TA’MINOT NAFAQALARI
- nafaqalar natura shaklidagi ijtimoiy transfertlami o'z ichiga oladi.
Ijtimoiy ta’minot jamg'armalari tomonidan uy xo'jaliklariga to'lov
sifatida berilgan nafaqalar bundan mustasnodir.
NATURA
SHAKLIDAGI
IJTIMOIY TRANSFERT
-
umum davlat
boshqaruvining individual iste’moli, ijtimoiy ta’minot va notijorat
tashkilotlarning jamg'armalari tizimi tarkibidagi natura tarzidagi
ijtimoiy transfertlar.
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY TRANSFERTDAN TASHQARI
IJTIMOIY NAFAQALAR - ijtimoiy ta’minotda natura bilan
beriladigan nafaqalar hamda nafaqa sifatida natura bilan beriladigan
ijtimoiy yordamlar. Bu qoidadan ijtimoiy ta’minotda natura shaklida
beriladigan nafaqalar hamda ijtimoiy yordam sifatida natura bilan
beriladigan nafaqalar istisnodir.
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY TRANSFERTLAR - umumdavlat
boshqaruvi birliklari (ijtimoiy ta’minot jamg'armalari ham
qo'shiladi) va notijorat tashkilotlar natura shaklidagi transfertlar
sifatida yolg'iz uy xo'jaliklariga individual tovar va xizmat
shaklida yetkazib beradigan transfertlar. Natura shaklidagi bu
transfertlar bozorda sotib olingan yoki bozorga mo'ljallanmagan
mahsulot sifatida umumdavlat boshqaruv birliklari yoki notijorat
tashkilotlarda ishlab chiqarilgan bo'lishi ham mumkin.
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY YORDAM NAFAQASI - umumdavlat
boshqaruv birliklari va notijorat tashkilotlar tomonidan uy
xo'jaliklariga natura shaklida beriladigan transfertlar. Bu nafaqa o'z
tabiati bilan natura shaklidagi ijtimoiy taminot nafaqasiga o'xshab
ketsa-da, ijtimoiy taminot dasturi doirasidagi nafaqa hisoblanmaydi.
NATURA SHAKLIDAGI TRANSFERT - tovar yoki aktiv evaziga bevosita
mulk berilsa, natura shaklidagi transfert ro‘y beradi. Bu turdagi
transfertda naqd pul ishtirok etmaydi, ko'rsatilgan xizmat uchun
ekvivalent sifatida hech narsa qaytarilmaydi.
NATURAL DAROMAD - mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy
xo'jaliklarining o'z iste’moli uchun ishlab chiqargan mahsulotlari.
NATURAL О ' LCHOVLAR - buxgalteriya hisobidagi o'lchovlarning biri bo'lib,
uning yordamida buxgalteriya hisobi ob’yektlari to'g'risida natural
(massa, uzunlik, metr va h.k.) ko'rinishidagi ko'rsatkichlar olinadi.
Natural o'lchovlar asosiy vositalar, materiallar, tovarlar va boshqa
moddiy qiymatliklarni hisobga olish uchun qo'llaniladi. Natural
ko'rsatkichlar kattanazoratahamiyatigaega.Buko'rsatkichlarxo'jalik
mablag'larini baholash yo'li bilan pul o'lchoviga aylantiriladi.
NATURAL XO'JALIK - tarixan eng dastlab tarkib topgan xo'jalik shakli bo'lib,
unda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki xo'jalikning
o'zida uning xodimlari va yaratuvchilari iste’moli uchun
yetishtiriladi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar o'sib, ijtimoiy mehnat
taqsimoti chuqurlashib borishi natijasida natural xo'jalik o'rnida
tovar xo'jaligi yuzaga keladi. Natural xo'jalikka patriarxal dehqon
oilasi xo'jaligi, hozirgi oilalarning chorbog' xo'jaligi, shuningdek,
ayrim korxonalar (agarda yetishtirilgan mahsulot xodimlarga bepul
ulashilsa) misol bo'la oladi.
NAVOIY ERKIN
INDUSTRIAL
IQTISODIY
ZONASI
-
jahon
standartlariga j avob beradigan va j ahon bozorlarida talab qilinadigan
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori
texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy
investitsiyalarni, birinchi galda to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni
jalb etish bo'yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek,
Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-
tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3 dekabrdagi
“Navoiy viloyatida erkin industrial iqtisodiy zona tashkil etish
to'g'risida’ gi qarori asosida tashkil etilgan. “Navoiy” erkin industrial
iqtisodiy zona hududida xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
asosiy yo'nalishi - zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-
uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya
texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon
bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko'Iamda ishlab
chiqarishdan iborat.
7QQ
NAZARIYA - umumlashtirilgan bilim, voqelikning u yoki boshqa tomonlarini
izohlash tizimi. Nazariya amaliyot bilan chambarchas bog'liq.
Amaliyot va uning natijalari umumlashgan tarzda har qanday
nazariyaga uzviy element bo'lib kiradi.
NAZORAT - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o'zida moliyani
rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qo'llaniladi. Nazorat
haqiqiy natija bilan rejadagi ko'rsatkichlarni taqqoslashga yordam
beradi, moliyaviy resurslami o'stirish yo'llarini ko'rsatadi va ulardan
samarali xo'jalik yuritish yo'llarini ko'rsatib beradi.
NAZORAT PAKETI - egasini (aksiyadorni) aksiyadorlik jamiyatida amaldagi
hokimiyat (ovozlarning ko'pligi) bilan ta’minlovchi aksiya ulushi.
NAZORAT TAQQOSLASHLAR (BENCHMARKING) -
o'z ustida
ishlashdan faoliyatning biror bir sohasidagi dunyo yetakchilarining
tajribasini o'rganishga o'tish.
NAZORAT-HISOB NUQTASI - o'zi ishlab chiqargan yarim fabrikatlarning
nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo'yicha tugallanmagan
mahsulotning joyini aniqlash.
NAZORATNING MAQSADI - tuzatish choralarini ko'rish, aybdorlarni
javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat.
NEGOTSIANT - boshqa mamlakatlar bilan yirik savdo ishlarini bajaruvchi
tijoratchi, savdogar.
NEOLIBERALIZM - iqtisodiyot nazariyasidagi ushbu yo'nalish iqtisodiyotni
davlat tomonidan tartiblashga qarshi chiqadi. Hozirgi zamon
neoliberalizmi ikkita, chunonchi, bozor xo'jaligi yuritishning
samarali shakli sifatida iqtisodiy o'sishga yaxshi sharoit yaratadi va
iqtisodiy faoliyat sub’yektlarining erkinligi ustuvor bo‘ lishi kerak
degan xulosaga asoslanadi. Asosiy vakillari L. fon Mizes (1881-
1973), F. fon Xayek (1899-1992) bo'lib, bu oqim Avstriya maktabi
deb ham yuritiladi. Sotsialistik (imperativ) rejalashtirishga qat'iy
qarshi, chunki bu rejalangan tartibsizlikka olib keladi, mehnat
taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv tsivilizatsiyaning mutlaq
asosi deb sanaladi. Xayek 1974 yilda Nobel mukofoti sovrindori
bo'lgan. Neoliberalizm g‘oyalari asosida “Ijtimoiy yo'naltirilgan
bozor iqtisodiyoti” yuzaga keladi, uning asoschilari - nemis olimlari
V.Rebke (1899-1966), V.Oyken (1891-1950), L.Erhard (1897-
1977)lardir. Bu konsepsiya GFR va Shvetsiyada yaxshi natija
berdi, uning asosiy g'oyalari mustaqil O'zbekiston iqtisodiyotida
qo'IIanilmoqda. Ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining
asosiy qoidalari: erkin baholarning zarurligi; erkin raqobat; talab
300
va taklifning muvozanati; iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor
xo'jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo'naltirilgan
rivojini ta’minlash. Neoliberalizm nafaqat ma’muriy-buyruqbozlik
tizimidan, balki kapitalizmning erkin raqobatlarga asoslangan
davridan ham qat’iyan farq qiladi. Mustaqil O'zbekistonda undan
ijobiy foydalanilmoqda.
NETTO - o'ralmagan holdagi tovarning sof massasi; foiz skidkasini chegirgan
holdagi tovarning sof bahosi; xarajatlarni chegirgan holdagi sof
daromad.
NETTING - mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga
nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli.
NETTO-STAVKA- brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug'urta
qoplamasini to'lashga mo'ljallangan pul mablag'lari resurslari
bo'lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etadi.
NISBIY AFZALLIK - ayrim iqtisodiy agentlarning tovar va xizmatlarni kamroq
xarajatlar evaziga ishlab chiqarish xususiyati. Makrodarajada
nisbiy afzallik prinsipi ishlab chiqarish va eksportning samarali
strukturasini shakllantirish uchun qo'llaniladi.
NISBIY AFZALLIK PRINSIPI - D.Rikardo tomonidan izohlab berilgan
prinsip bo'lib, ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, yer)
xarajatlarining afzalligini ko'rsatadi va tashqi iqtisodiy aloqalarda
keng qo'llaniladi.
NISBIY USTUNLIK - ishlab chiqarilayotgan mahsulotning muqobil qiymati
boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan past bo'lganda, yuzaga kelgan
holat. Erkin savdo taqqoslash xarajatlari qoidasiga asoslanganligi
sababli jahon iqtisodiyoti resurslarini samarali joylashtirish va
farovonlikning yuqori darajasiga erishish imkoniyatiga egadir.
NIZO - birgalikda amalga oshiriladigan faoliyat davomida ikki va undan ortiq
kishilar o'rtasida maqsadlar, manfaatlar, pozitsiyalar (nuqtai
nazar), fikr-mulohazalar yoki g'oyaviy qarashlar asosida yuzaga
keladigan keskin kelishmovchilik. Tashkilotlarda yuzaga keladigan
konfliktlarning eng xavfli oqibatlaridan biri shuki, vujudga kelgan .
va avj ola boshlagan nizo oqibatida inqirozli vaziyat yuzaga kelishi
mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralsa, inqirozli vaziyatlar ham
pirovardida turli xil to'qnashuvlarga sabab bo'lishi mumkin.
NIZOLARNI BARTARAF ETISHGA YO'NALTIRILGAN STRATEGIYA
- vujudga kelgan ixtilof zamiridagi muammoni bartaraf etish
yo'llarini izlashga va ziddiyat ishtirokchilarini o'zaro murosaga
^
401
--
keltirishga qaratilgan muayyan chora-tadbirlar majmuyi. Ushbu
xildagi strategiyani ro'yobga oshirmoq uchun nizolami keltirib
chiqargan real sabablar, shart-sharoitlarni chuqur tahlil qilish
asosida ulami bartaraf etish vositalarini izlab topish lozim bo'ladi.
Tashkiliy-tuzilmaviy, ma’muriy va shaxslararo nizolarni boshqarish
tafovutlanadi.
NIZOLI HOLATNING TAHLILI - nizoli vaziyatni yuzaga keltirgan
omillarni aniqlab olib, nizoni yuzaga keltirgan sabablarni, ulami
bartaraf etish yo'llari va vositalarini aniqlashga xizmat qiluvchi ish
jarayoni.
NIZOM (USTAV) - korxonani tashkil qilishning qonuniyligini tasdiqlovchi,
korxona xarakteri va faoliyat turi, qoidalari, a’zolar o'rtasidagi
munosabatlar va hokazolarni o'z ichiga oluvchi rasmiy hujjat.
NIZONING RIVOJLANISH JARAYONI - muayyan makon va zamonda
nizoni keltirib chiqargan voqealar rivoji, jarayon ishtirokchilarining
o'zaro munosabatlarida kuzatiladigan dinamik o'zgarishlar. Ayni
jarayonning to'rt bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin: nizoning
zimdan yetilib borishi, insident (janjal)ning ro'y berishi, o'zaro
munosabatlardagi tanglik, nizoning barxam topishi.
NOANIQLIK - axborotlar yetarli, to'liq bo'lmaganda qabul qilingan qarorlarda
noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan
qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi.
N OBOZOR ISHLAB CHIQARISH - tovar va xizmatni bozor bahosidan past
yoki bepul berishga qaratilgan amaliyot yoki faoliyat turi.
NODAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI - xo'jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy hisobotlarining
ishonchliligi, foydaliligi va to'lovga layoqatliligi ustidan auditorlik
firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati va moliyaviy
xizmatlari, aksionerlari, tijorat banklari, sug'urta firmalari
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
NODAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING MAQSADI - joylashtirilgan
kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi
ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirish
NODISKRETSION
FISKAL
SIYOSAT
-
iqtisodiy
kon’yunkturani
o'zgartirish sababli davlat budjeti sarflari va soliqlarning nisbiy
darajalaridagi avtomatik o'zgarishlar. Avtomatik deganda shunday
iqtisodiy mexanizm tushuniladiki, u iqtisodiy ahvolning o'zgarishiga
tezda javob qaytaradi, bunda hukumat hech qanday choralar
ko'rmaydi Unga birinchidan soliq tushumlarining o'zgarishi kiradi.
— 302
Soliqlar miqdori esa daromadlarga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun
yalpi milliy mahsulotning o'sishi sharoitida, ya’ni iqtisodiyotning
ko'tarilishi sharoitida soliq tushumlari avtomatik tarzda oshib
boradi, bu esa sotib olish qobiliyatining pasayishi va iqtisodiy
o'sishini to'xtatib turadi.
NOEMISSIYAVIY QIMMATLI Q O G 'O ZLA R - emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar tushunchasiga oid bo'lmagan qimmatli qog'ozlar.
NOISHLAB CHIQARISH ASOSIY VOSITALARI - bunga ishlab chiqarishga
taalluqsiz bo'lgan madaniy-maishiy, sog'liqni saqlash muassasalari,
kommunal xo'jalik korxonalari va shu kabi tarmoqlar xizmat
qiladi va ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi. Ular ishlatish
jarayonida asta-sekin eskirib, o'z qiymatini qisman yo'qotib boradi.
NOISHLAB CHIQARISH AKTIVLARI (ISHLAB CHI QARILMAG AN
AKTIVLAR) - ishlab chiqarish jarayonining mahsuli.
NOKAPITALISTIK
(KAPITALIZMNI
CHETLAB)
RIVOJLANISH
KONSEPSIYASI - ilgari qoloq bo'lgan, kapitalizm taraqqiyoti
bosqichini to'la bosib o'tmagan mamlakatlar uchun tavsiya etilgan
rivojlanish yo'li. Bir qancha mamlakatlar shu yo'ldan borib,
sotsializm quryapmiz, deb o'ylagan. Hayot buni inkor etdi.
NOKOOPERATIV О ‘YIN - o'yinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror
qabul qiladi (iqtisodiyotda misol sifatida oligopolikbozordaharakat
qiluvchi firmalar o'rtasidagi “Narxlar jangini” keltirish mumkin).
NOL SO'M YUTUQQA EGA BO'LGAN O'YIN - o'yinda bir kishining
yutug'i boshqa o'yinchilarning yutqazgan summalari yig'indisiga
teng.
NOL-GIPOTEZA - ikkita to'plam taqqoslanadigan belgilarga qarab bir-biridan
farq qilmaydi, deb aytilgan taxmindir:
/ 0:
Dostları ilə paylaş: |