тьмная**—
—
330
—
—
Pulni, taklifni kamaytirish uchun ochiq bozorda davlat qimmatli
qog'ozlari sotiladi, banklarning rezerv me’yori va hisob stavkasining
kotarilishiga, pirovard natijada investitsiyalarning kamayishiga
inflyatsiyani cheklashga imkon beradi.
QIMMATBAHO (QIMMATLI) Q O G 'O ZLAR - egalariga daromad
keltiradigan hamda turli aktivlarga (sertifikat, aksiya, obligatsiya va
boshqa) bo'Igan huquqni tasdiqlovchi hujjat. Qimmatbaho qog'oz
aniq, real kapitalni qog'ozda ifodalaydi. Qimmatbaho qog'ozlarning
quyidagi turlari mavjud: veksel, chek, aksiya, obligatsiya, sertifikat,
turli muassasa, tashkilot va idoralarning (bank, xayriya va
ishonch fondlari) qonunda ko'zda tutilgan hollarda mablag' bilan
ta’minlaydigan ishonch qog'ozlari.
QIMMATBAHO TOVARLAR - yuksak qiymatli tovarlar. Bu tovarlar asosan
ishlab chiqarish yoki iste’mol maqsadida ishlatilmaydi, ammo
ulardan qiymatni uzoq vaqt saqlash vosita sifatida foydalaniladi,
chunki ularning qiymati narxlarning umumiy darajasiga nisbatan
kamaymasligi mumkin.
QIMMATLI QO'G'OZLARNING IKKILAMCHI BOZORI - dastlabki
kreditor va zayomchilar bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi qimmatli
qo'g'ozlar muomalasi; ikkilamchi savdo banklar va maxsus firmalar
tomonidan qo'llab-quwatlanadi.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR BOZORI - daromad keltiruvchi qimmatbaho
qog'ozlar - aksiya, obligatsiya, veksel, chekva h.koldi-sotdi qilishdir.
Qimmatbaho qog'ozlar bozori amalda fond birjalari, auksionlar va
banklardan iborat bo'ladi. Qimmatbaho qog'ozlar savdosida makler-
brokerlar vositachilik qiladilar. Qimmatbaho qog'ozlar bozori milliy
va jahon bozoridan iborat. Nyu-York fond birjasi amalda xalqaro
qimmatli qog'ozlar bozoridan iborat. O'zbekistonda ham qimmatli
qog'ozlar bozori shakllanib bormoqda.
QIMMATLI Q O G 'O ZLA R BOZORI ISHTIROKCHILARI - qimmatli
qog'ozlarning
emitentlari,
qimmatli
qog'ozlarning
egalari,
investorlar,
qimmatli
qog'ozlar
bozorining
professional
ishtirokchilari, shuningdek, bir j alar va qimmatli qog'ozlar markaziy
depozitariysi.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR BOZORI PROFESSIONAL ISHTIROKCHI-
SINING MIJOZI (MIJOZ) - deponent yoki qimmatli qog'ozlar
bozori professional ishtirokchisining xizmatlaridan foydalanuvchi
boshqa shaxs.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR BOZORIDA PROFESSIONAL FAOLIYAT -
qimmatli qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi
bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish bo'yicha litsenziyalanadigan
faoliyat turi.
QIMMATLI
Q O G 'O ZLA R
BOZORINING
PROFESSIONAL
ISHTIROKCHISI - qimmatli qog'ozlar bozorida professional
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR DAVLAT OBLIGATSIYALARI - moliya
vazirligi tomonidan ma’lum bir muddatga chiqariladi va belgilangan
marja to'lash sharti bilan qaytib sotib olinadi.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR EGALARINING REESTRI - ro'yxatdan
o'tkazilgan qimmatli qog'ozlar egalarining belgilangan sanadagi
holatga ko'ra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi
yozilgan qimmatli qog'ozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli
qog'ozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek,
reestrda ro'yxatdan o'tkazilgan shaxslarga axborot yuborish
imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko'rsatilgan ro'yxati.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR EGASI - qimmatli qog'ozlar o'ziga mulk
huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli bo' lgan yuridik
yoki jismoniy shaxs.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR EMISSIYASI - emissiyaviy qimmatli qog'ozlarni
chiqarish va joylashtirish.
QIMMATLI Q O G 'O ZLAR HOSILALARI - foydasi yoki zarari bir
necha bozor ko'rsatkichlari, ya’ni bozor indekslari bilan bog'liqdir.
QIMMATLI QO G 'O ZLAR KOMISSIYASI - qimmatli qog'ozlar mijozdan
o'z mablag'lari hisobiga sotib olish yoki o'z portfelidan qimmatli
qog'ozlarni sotishdir.
QIMMATLI QO G 'O ZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI -
depo
hisob-varaqlari bo'yicha
emissiyaviy
qimmatli
qog'ozlarni
saqlashning, bunday qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlami
hisobga olishning va emissiyaviy qimmatli qog'ozlar harakatining
yagona tizimini ta’minlovchi davlat depozitariysi.
QIMMATLI
QOG'OZLARGA
D O IR
BITIMLAR
-
qimmatli
qog'ozlarning oldi-sotdisi, hadyasi, merosi, ustav fondiga kiritilishi
va qimmatli qog'ozlar egasining almashuviga olib keladigan boshqa
harakatlar, shuningdek, qimmatli qog'ozlar garovi.
QIMMATLI QOG'OZLARGA D O IR FYUCHERS qimmatli qog'oz
bo'lib, u o'zida nazarda tutilgan muddatda qimmatli qog'ozlarning
muayyan sonini qat’iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish
majburiyatini tasdiqdaydi.
QIMMATLI QOG'OZLARNI CHIQARISH - yuridik shaxsning fuqarolik
huquqlarining obyekti sifatida qimmatli qog'ozlar paydo bo'lishiga
qaratilgan harakadari.
QIMMATLI QOG'OZLARNI JOYLASHTIRISH - qimmatli qog'ozlarni
ularning dastlabki egalariga berish.
QIMMATLI
QOG'OZLARNI
KELTIRIB
CHIQARUVCHILAR
-
qimmatli qog'ozlarni keltirib chiqaruvchilar sifatida asos deb
aytiladigan ba’zi real yoki moliyaviy aktivlar bo'yicha tuziladigan
kelishuvlar, huquqlar va majburiyatlar qabul qilingan.
QIMMATLI QOG'OZLARNI NOMINAL SAQLOVCHI - qimmatli
qog'ozlar egasining yoki u vakil qilgan shaxsning topshirig'iga ko'ra
qimmatli qog'ozlarni hisobga olishni va ularga bo'Igan huquqlarni
tasdiqlashni qimmatli qog'ozlarning egasi bo'lmagan holda amalga
oshiruvchi investitsiya vositachisi, qimmatli qog'ozlar markaziy
depozitariysi.
QIMMATLI QOG'OZLARNING EMISSIYA RISOLASI - emitent va u
chiqaradigan qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi ma’lumotlarni,
shuningdek, investorning qimmatli qog'ozlar olish to'g'risidagi
qaroriga ta’sir ko'rsatishi mumkin bo'Igan boshqa axborotni aks
etgiruvchi hujjat.
QIMMATLI QOG'OZLARNING HOSILALARI - o'z egalarining boshqa
qimmatli qog'ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini
tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning opsionlari,
qimmatli qog'ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar
tarzida chiqariladigan qimmatli qog'ozlar.
QIMMATLI QOG'OZLARNING MUOMALASI - qimmatli qog'ozlarni
sotib olish va sotish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan, qimmatli qog'ozlarning egasi almashuviga olib keladigan
boshqa harakatlar.
QISHLOQ.
IJTIMOIY
INFRATUZILMASI
-
odamlar
turmush
faoliyatining umumiy sharoitlarini ta’minlaydigan sohalar.
QISHLOQ. QURILISH BANK AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI -
qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini
sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli
imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq
2009-yil 30 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish
a
-
333
—
to'g'risida’ gi qaroriga muvofiq “G'alla-bank” aksiyadorlik tijorat
banki negizida tashkil etilgan. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik
tijorat bankining ustav kapitali 150 milliard so'm miqdorida
shakllantirilgan.
QISHLOQ. QURILISH INVEST - IXTISOSLASHTIRILGAN SHO BA
INJINIRINGKOMPANIYASI-“Qishloqtaraqqiyotivafarovonligi
yili” Davlat dasturini ijro etish hamda aholipunktlariningbosh rejalar
va arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga muvofiq
tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo'yicha yakka tartibdagi uy-joy
qurilishi ko'lamini kengaytirish asosida qishloq aholisining turar-
joy sharoitlarini tubdan yaxshilash maqsadida 2009-yil 3 avgustdagi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy
qurilishi ko'lamini kengaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar
to'g'risida’ gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
QISHLOQ, XO'JALIGI ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARI - qishloq
xo'jaligi uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi va
uning moddiy texnika ta’minoti hamda xizmat ko'rsatish tarmoqlari.
QISHLOQ, XO'JALIK KOOPERATIVI (SHIRKAT XO'JALIGI) - tovar
qishloqxo'jalikmahsulotiyetishtirishuchunpayusulgavaasosanoila
(jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga,
boshqarishning umumiyligiga, yuridik shaxs huquqiga asoslangan
mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt.
QISHLOQ, XO'JALIK TOVAR ISHLAB CHIQARUVCHILARNING
YAGONA YER SOLIG'I - yagona yer solig'ini to'lovchilar bo'lib,
qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkatlar), fermer xo'jaliklari,
agrofirmalar, boshqa qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchilar hisoblanadi. Bu korxonalar o'z xohishlari bo'yicha
budjetga, yoki yagona yer solig'i to'lovchilar, yoki qishloq xo'jalik
korxonalari uchun belgilangan yagona soliq to'lovchilari bo'lishi
mumkin.
QISMAN KONVERTIRLANGAN VALYUTA - faqat ma’lum to'lov
muomalasi uchun ishlatiladigan va boshqa valyutaga cheklangan
tarzda almashadigan valyuta.
QISMAN TA’MINLANGAN KREDITLAR - “yaxshi ta’minlanmagan
kreditlar” mezoniga muvofiq kelmaydigan ta’minotga ega kreditdir.
QISQA MUDDATGA XIZMAT QILADIGAN TOVARLAR -
bir
zumda yoki juda qisqa vaqt ichida iste’mol qilinadigan tovarlar.
QISQA MUDDATLI IJARA - ijaraga beruvchi ijarachiga haq evaziga mol-
mulkni 12 oydan kam muddatga egalik qilish va foydalanish yoki
foydalanish huquqini beradigan kelishuv.
QISQA MUDDATLI KREDITLAR - qaytarish muddati bir yildan
oshmaydigan qarzlar.
QISQA MUDDATLI LIKVIDLILIK - bankning so'ngdirish muddati
30 kundan 1 yilgacha bo'Igan aktivlar bilan 30 kundan 1 yilgacha
qabul qilingan depozitlar va resurslarga nisbati tushuniladi.
QIYMAT - tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnat. Qiymatga asoslanib, tovarlar
o'lchovdosh hisoblanadi va bir-biriga ayirboshlanadi. Bozorda,
awalo, ikki inson - sotuvchi va xaridor munosabatga kirganlari
uchun tovarlar sotiladi va sotib olinadi. Shuning uchun tovar
o'zida insonlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni gavdalantiradi.
Qiymat tovarning xossasi hisoblanadi.
QIYMAT QO'SHADIGAN XIZMATLAR - korxonani uning bozordagi
raqiblaridan ajratib turadigan va ushbu korxonani mijozlari bilan
bo'Igan munosabatlarini yaxshilashga yo'naltirilgan xizmatlardir.
QIYMATNI LOYIHALASHTIRISH - mahsulot va jarayonlarning tannarxini
kamaytirgan holda yaxshilangan faoliyat yurutish bilan ta’minlash
hisobiga soddalashtirishga mo'ljallangan jarayondir.
QIYMAT QONUNI - tovar ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqaruvchilar
o'rtasidagi
aloqalarni,
ijtimoiy
mehnatni
taqsimlash
va
rag'batlantirishni tartibga soluvchi obyektiv iqtisodiy qonundir.
Unga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati
asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy-zaruriy
mehnat sarflari bilan o'lchanadi. Ijtimoiy degan ibora, awalo, shuni
bildiradiki tovar qiymatining miqdori yoki bu ishlab chiqarishning
o'ziga alohida qilgan mehnat sarflari bilan emas, balki ijtimoiy-
zaruriy mehnat sarflari (IZMS) bilan o'lchanadi. IZMS ishlab
chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda
mehnat mahoratining va intensivligining o'rtacha darajada, biroq
iste’mol qiymatini ishlab, tayyorlash uchun talab qilinadigan ish
vaqti mehnati sarflaridir. Qiymat qonuni bozor iqtisodiyotiga xos
bo'Igan asosiy iqtisodiy qonunlardan biridir. Bozor iqtisodiyotining
eng asosiy talabi shuki, ishlab chiqaruvchi kam mehnat sarflab, ko'p
va sifatli tovar ishlab chiqargandagina, ya’ni kishilarning talab va
ehtiyojlarini to'liq qondirgandagina foyda ko’rib ishlashi mumkin,
aks holda u sinadi. Qiymat qonuni uchta muhim vazifalarni
bajaradi: l ) ijtimoiy mehnatni hisobga olish va tartibga solish; 2)
vaqtni tejashni rag'batlantirish; 3) tovar ishlab chiqaruvchilarni
tabaqalashtirish.
3 3 5
•'WW'SWKKteTbe-—
QIZIQISH - shaxsning u yoki bu narsaga qaratilgan bilish ehtiyojining namoyon
etishi shakli bo'lib, bu narsa ijobiy his-tuyg'u uyg'otishi mumkin
(musiqaga, texnikaga va h.k.)
Q O 'L OSTIDAGILARGA E’ TIBOR - ishchilarga g amho'rlik qilish, ularni
samarali mehnat qilishga undash, ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish
kabi boshqaruvning asosiy vazifalaridan biridir. Boshqaruvchini
ishchilarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini olib borishi korxona
yuksalishining garovidir.
QO'SHILGAN QIYMAT - birlik tomonidan yangitdan yaratilgan qiymatdir. U
iqtisodiy ishlab chiqarishning o'lchovidir. Uni ikki xil usulda - yalpi
yoki sof usulda hisoblash mumkin. Yalpi mahsulot tarkibida asosiy
kapitalning qiymati o'tirgan bo'lsa hisoblangan qo'shilgan qiymat
yalpi qo'shilgan qiymat deyiladi. Yalpi mahsulot tarkibida asosiy
kapitalning qiymati o'tirmagan bo'lsa, hisoblangan qo'shilgan
qiymat - sof qo'shilgan qiymat deyiladi. Sof qo'shilgan qiymat
iqtisodiy ishlab chiqarishning aniq o'lchovidir.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I - ishlab chiqarish va muomala jarayon-
larining barcha bosqichlarida yaratilgan qo'shilgan qiymat bir
qismining budjetga olish shakli. Egri (bilvosita) soliqlarning
tarkibiga kiradi. Mahsulot (ish, xizmat)larni realizatsiya va
import qilish oboroti qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan obyekt
hisoblanadi. Realizatsiya bo'yicha soliq solinadigan oborot
realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qiymati
asosida, qo'llaniladigan narxlar va tariflarni inobatga olgan holda,
aksiz solig'ini hisobga olib, ularga qo'shilgan qiymat solig'ini
kiritmasdan belgilanadi. Bu soliqni to'lovchilar qatoriga mulkchilik
shakli va kimga tegishli ekanligidan qat’iy nazar ishlab chiqarish
va tijoriy faoliyat bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar (xorijiy
investitsiyali korxonalar ham) kiradi.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I (QQS) USTIGA QO'SHILADIGAN
SO LIQ .- ishlab chiqaruvchi o'z savdosidan to'lashi shart bo'lgan
soliq. Bu soliq schyot-fakturada alohida ko'rsatiladi va uni ishlab
chiqaruvchi sotib oluvchiga beradi.
QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'IDAN IMTIYOZLAR - korxonaning
iste’molchilarga tovar ortganda, ish bajarganda, xizmat sotganda
QQSnihisoblamaslikhamdabudjetga soliq to'lamaslikni ifodalaydi.
QO'SHIM CHA ISH HAQI - ishchi va xizmatchilarning ishlamagan vaqti
uchun amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq to'lanadigan haq.
Masalan, mehnat ta’tili uchun, yoshi 18 ga yetmagan o'smirlarning
ishlamagan soati uchun, davlat, jamoa ishlari bilan band bo'lgani
uchun to‘lanadigan haq va boshqalar.
336
SHIMCHA MAHSULOT - ishchi va xizmatchilaming qo'shimcha ish
vaqtida yaratilgan va ishchi kuchini me’yoriy holda saqlash va qayta
tiklash uchun zarur bo'Igan mahsulotning ortiqcha qismiga aytiladi.
Qo'shimcha mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf etilgan vaqt
A
qo'shimcha ish vaqti, mehnat esa qo'shimcha sarf etilgan mehnat deb
ataladi. Qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish tarixiytaraqqiyotning
asosi bo'lib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning va jamiyat
a’zolarini ijtimoiy himoyalashning asosiy manbai hisoblanadi. Turli
mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarishning maqsadi nafaqat
zaruriy mahsulotni, balki qo'shimcha mahsulotni ishlab chiqarish
hisoblanadi. Chunki u ishlab chiqarish samaradorligini ifodalaydi.
Qo'shimcha mahsulotning miqdori yangi ishlab chiqarilgan
mahsulot miqdoriga va uni zaruriy qo'shimcha mahsulotlarga
bo'linish nisbatiga bog'liq. Mehnat unumdorligining o'sishi bu
nisbatning o'zgarib borishiga, ishchining yashash darajasiga salbiy
ta’sir etmagan holda amalga oshadi.
SHIMCHA MAS’ULIYATI В О 'LG AN UYUSHMA - uyushma;
hamkorlar javobgarligi pay (badal) miqdori bilan cheklanmagan,
xususiy mulkni qisman xolida yoki to'laligicha yoritadigan yopiq
aksioner jamiyat.
SHIMCHA QIYMAT SHAKLLANISH VAQTI - mos mahsulot ustida
olib borilgan foydali ish bajarilishining taktik vaqti.
SHIMCHA XARAJAT- qo'shimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf
qilingan xarajatlardir.
SHMA KAPITAL - tezda jalb etilgan resurslar bo'lib, u asosan aksiyalarni
sotish, pay va kirish badallarini to'plash, korxonalarni birlashtirish
natijasida aktivlarning ko'payishi evaziga shakllanadi.
SHMA KORXONALAR - aralash mulkka asoslangan va har xil
mamlakatlardan ta’sis etuvchilar kelishuviga binoan shartnoma
asosida tashkil etilgan korxona. O'zbekiston tarafidan davlat
korxonalari va tashkilotlari, jamoa korxonalari, aksionerlik
jamiyatlari, ijtimoiy tashkilotlar, istiqbolda esa ayrim fuqarolar
ham bo'lishi mumkin. Qo'shma korxonalarni tashkil etishdan
O'zbekistonlik ishtirokchilarning manfaatlari quyidagicha: ustav
fondidagi ulushiga binoan foyda olish va u mustaqil ravishda
korxona fondlariga yo'naltirilishi mumkin; progressiv texnika va
texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning
yangi shakllaridan foydalanishga imkon beradi, marketingni
yaxshilash, reklama va mahsulotni sotish imkoniyatlarining
kengayishi; ichki bozorni tovarlar bilan to'ldirish; chet ellik
ishtirokchining manfaatlari uchun arzon ish kuchi mavjudligi;
—
117
---
kapitalni samaraliroq ishlatish, sotish bozorining sezilarli darajada
kengligi. Qo'shma korxonani barpo qilishda va uning faoliyatini
ta’minlashda O'zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari
to'g'risida” O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g'risida”,
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar
to'g’risida’ gi va ularga tegishli normativhujjatlar asos bo'lib xizmat
qiladi.
QOBILIYAT - xodimda o'ziga yuklangan vazifalami baj arish uchun kasb malakasi
mavjudligi, yetarli darajadagi jismoniy kuch-quwat va chidamlilik,
uquvlilik; umumiy madaniyat borligi va shu kabilardir.
QOLDIQ, (BALANS) QIYMAT - nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot
(buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang'ich (tiklash)
qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o'rtasidagi farq sifatida
aniqlanadigan miqdor;
QONDIRILGAN EHTIYOJ - ma’lum paytda ehtiyojning narsalar bilan
qondirilgan, haqiqatan ta’minlangan qismi.
QONDIRILGAN TALAB - ma’ lum davrda tovarlar sotib olish uchun
mo'ljallangan mablag'ni sarf qilib, kerakli tovarlarning sotib olinishi.
QONDIRILMAGAN TALAB - iste’molchi talab-istaklariga mos keladigan
tovar tanlab olish imkoniyatibo'lmasligi tufayli olishga mo'ljallangan
mablag'ning sarf bo'lmay qolishi.
QONUN - l ) obyektiv borliqda turli hodisalar o'rtasida, kishi ongidan va
ixtiyoridan tashqarida doimiy bo'lgan zaruriy ichki, muhim,
takrorlanadigan bog'lanish, munosabat; 2) davlat hokimiyati
tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy bo'lgan ijtimoiy-
huquqiy norma va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida; 3)
bajarilishi shart, majburiy bo'lgan, norma, qoida tusiga kirgan talab,
topshiriq va shu kabilar.
QPNUNIYATLAR - barqaror, mustahkam, ko'p marta takrorlanadigan hodisalar
va jarayonlarbo'lib, ulargaxos ichki, muhim zaruriy, sabab-oqibatlar,
doimiy, umumiy, o'zaro sifat va miqdor aloqalarini ifodalaydi.
QOPLASHNING ICHKI KOEFFITSIYENTI - kapital qo'yilmaning sof
keltirgan qiymati nolga teng bo'lgan holatidagi foiz darajasi
(diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish vaxatolar usulida aniqlanadi,
uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko'rinishida keltirilishi
mumkin.
QOPLASHNING ICHKI KOEFFITSIYENTI - kapital qo'yilmaning sof
keltirgan qiymati nolga teng bo'lgan holatidagi foiz darajasi
(diskonti). Ushbu koeffitsiyent izlanish va xatolar usulida aniqlanadi,
uning taxminiy miqdori statistika jadvali ko'rinishida keltirilishi
mumkin.
338
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASINING BUDJETI -
Davlat
budjetining Qoraqalpog'iston Respublikasi pul mablag'lari fondini
tashkil etuvchi bir qismi bo'lib, budjetda daromadlar manbalari va
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va
miqdori nazarda tutiladi.
QQS
TO'LOVCHILARI
-
O'zbekiston
Respublikasi
hududida
tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxslar tovarlar
importi bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Q U W ATLAN GAN TOVAR - real, aniq tovarni ishlatish uchun zarur bo'ladigan
boshqa tovarlar, ehtiyot qismlar, xizmatlar bilan birgalikdagi
ko'rinishi.
QUW ATLANTIRUVCHI MARKETING - talabning pasayishini to'xtatish
maqsadida qo'llash vaziyatlarini saqlab qolish uchun tegishli
choralami amalga oshirish.
QAT’IY VA YAKUNIY SHARTNOMAVTY NARX - bunda qurilishning
butun muddatiga qabul qilingan shartnomaviy baho o'zgarmaydi.
Bunday baholar asosan muddati bir yildan oshmaydigan
qurilish obyektlari uchun tavsiya etiladi. Ushbu narxlar tarkibida
prognoz o'zgartirishlar kiritishni inobatga oluvchi pudratchi
tashkilotlarning riski ham hisobga olinadi.
QONUN USTUVORLIGI - ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki,
qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat’iy hukmron
bo'ladi. Ya’ni hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs,
tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo'ysunmasligi mumkin
emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan
tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz,
huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak.
Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning
normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
QONUNCHILIK - l) davlat tomonidan o'z funksiyalarini amalga oshirishning
asosiy usullaridan biri bo'lib, davlat hukumati organlari tomonidan
qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) ijtimoiy munosabatlarni
to'la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig'indisi yoki ijtimoiy
munosabatlarning bir ko'rinishi.
QONUNCHILIK PALATASI - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo'yicha
ko'ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan
iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining
professional, doimiy faoliyat ko'rsatishiga asoslanadi.
RAG'BATLANTIRISH - tashkilot oldida turgan masalani yechishda kishining
urinishi, harakati, matonati va halolligiga maqsadli yondashish.
RAG'BATLANTIRUVCHI MARKETING - iste’molchilarning e’tiboridan
qolgan tovarlarga talabni faollashtirish.
RAHBARLAR- jamoaga boshchilik qiluvchi, butun boshqaruv apparati va uning
alohida bo‘g‘inlari ishini yo'naltiruvchi vazifalar va maqsadlarga
erishish bo'yicha jamoa faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat
qiluvchi hodimlar. Rahbarlar chiziqli va funksional turlarga
bo'linadi. Chiziqli rahbarlar - tashkilotning yoki uning alohida
tashkiliy rasmiylashtirilgan qismi holati va rivojlanishi uchun mas’ul,
hamjihatlik asosida harakat qiluvchi shaxslar. Funksional rahbarlarga
- boshqaruv tizimida ma’lum funksional ish qismi uchun mas’ul va
boshqaruvning aniq funksiyalarini amalga oshiruvchi bo' linmalarga
boshchilik qiluvchi shaxslar kiradi. Rahbarlar shuningdekb о shqaruv
darajalari bo'yicha ham tasniflanadi. Masalan, chiziqli rahbarlar
bo'lib, quyi (sexlar, uchastkalar boshliqlari, masterlar), o'rta
(korpuslar boshliqlari, korxonalar direktorlari, uyushmalarning
bosh mutaxassislari) va yuqori (vazirlar, qo'mitalar raislari)
bo'g'inlar rahbarlari hisoblanadi.
RAHBARNING O'ZIN I O 'Z I BOSHQARISHI - rahbar tomonidan kunlik
amaliyotda ishning sinalgan usullaridan izchil va maqsadga
qaratilgan holda foydalanilishi, uning o'zini o‘zi rivojlantirishi.
RAMBURSLI KREDIT - akkreditivni akseptli kredit bilan uyg‘unlashuvidir.
RAQOBAT - 1) basma-baslikka bellashuv 2) biror-bir sohada eng yuqori
natijaga erishish borasida olib borilgan kurash; 3) yuqori foyda
olish maqsadida mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun
ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi kurash; xo'jalik yurituvchi
shaxslarning bozorda o'z mahsulotini aynan shunday mahsulotlar
sotish shartlariga ta’sir qilish maqsadidagi bellashuvi. Raqobat ikki
ko'rinishda: a) tarmoqlararo; b) tarmoqichidabo'ladi. Tarmoqlararo
raqobat - turli yo'nalishlarda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning
kapitalini eng qulay joylashtirish, ko'p foyda olish uchun olib borgan
kurashi. Tarmoq ichidagi raqobat - bir xil ko'rinishda mahsulot
ishlab chiqaruvchilarning bozor uchun, mahsulotni foydali, qulay
sotish uchun olib borgan kurashi. Halol raqobat - bozordagi
340
kurashda qabul qilingan qonun-qoida, hammaga ma’qul usullarga
asoslanadi. G'irrom raqobat o'z ichiga quyidagi xarakterli belgilarni
oladi: 1) raqib haqida noto‘g‘ri va noaniq ma’lumotlar tarqatish; 2)
mahsulotning sifati, ishlab chiqarilgan joyi xususida iste’molchini
aldash, uni adashtirish; 3) raqibning mahsulot belgisidan, nomidan
noto'g'ri foydalanish; 4) past sifatli mahsulotlarni reklama qilish; 5)
raqib mahsulotining sifati to'g'risida asossiz ma’lumot tarqatish va
h.k.
RAQOBAT KO'RINISHLARI - raqobat asosan ikki turga bo'linadi:
a) mukammal; b) mukammal bo'lmagan. Agarda bozorda
ko'p sonli sotuvchilar bo'lsa, ularning har biri sotadigan
tovarlarning kichik ulushiga ega bo'lsalar va mahsulotga bahoning
shakllanishiga ta’sir eta olmasalar, bunday raqobat mukammal
raqobat hisoblanadi. Raqobatni bozor ishtirokchilari baholar ishlab
chiqarish texnologiyasi, olishi mumkin bo'Igan foyda miqdori
kabi axborotlarni olishga bir xil imkoniyatlarga ega bo'ladilar,
o'z navbatida xaridorlar mahsulot bahosi, uning o'zgarishi
to'g'risida axborotga ega bo'ladilar va bozorga kirish va chiqishda
to'siqlar bo'lmaydi. Amaliyotda mukammal raqobat sof holda
kam uchraydi. Ammo bir qancha tarmoq bozorlarida, masalan,
qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorida raqobatning ushbu shaklini
uchratish mumkin. Mukammal bo'lmagan raqobat deganda, sof
(mukammal) raqobatning biror-bir sharti bajarilmaydigan bozor
tushuniladi. Amaliyotda ko'pgina bozorlarda mahsulotning ko'p
qismi cheklangan sonli firmalar tomonidan taklif etiladi. Yirik
korporatsiyalar o'zlarining mavqelaridan foydalangan holda
mahsulotni sotish shartlariga, baholarga tasir eta oladilar.
RAQOBAT MUHITI - aktivlar taklifining rangbarangligi bilan ifodalanadi.
Masalan: bozorda mahsulotni sotuvchilar yagona emas, ular 2 va
undan ortiq;
RAQOBAT USTUNLIGI - kapital va aktivlar mukammal tuzilishi, muomala
xarajatlarining past darajasi, boshqarishni yaxshi tashkil etish
hisobiga bozorning boshqa ishtirokchilaridan ustunlik.
RAQOBATBARDOSHLIK - o'z faoliyatini bozor munosabatlari sharoitida
amalga oshirish va bunda ishlab chiqarishni ilmiy-texnik jihatdan
takomillashtirish, xodimlarni rag'batlantirish va mahsulot sifatining
yuqori bo'lishini ta’minlashga yetarli bo'Igan foyda olish.
RAQOBATCHILIK
MUHITI
DIAGNOSTIKASI
-
marketing
tadqiqotining raqobatchilar xatti-harakatlarining ichki motivlari
haqida to'liq va aniq tasawurni shakllantirish uchun zarur bo'Igan
o'ziga xos mustaqil bosqichi.
RAQOBATGA QARSHI AMALIYOT -
monopoliyalaming bozorda
xukmronlik qilish yo'li bilan boshqa ishlab chiqaruvchilarning
unga kirishini chegaralovchi, narx-navoga o'zi baho va tijoratchilik
faoliyatining boshqa shartlarini cheklaydigan raqobatchilik kurashi
normalarini buzish.
RASMIY ZAXIRALAR - Markaziy bank ixtiyoridagi xorijiy valyutalar.
RATSIONAL EHTIYOJ - ehtiyojning ilmiy nuqtai nazardan kishi hayoti va
faoliyatini to'la qanoatlantiradigan turlari va darajasi.
RATSIONAL KUTISH NAZARIYASI - gipoteza, unga muvofiq uy xo'jaligi
va firmalar, davlatning pul-kredit va budjet sohasidagi siyosati
iqtisodiyotga tasir etadi deb kutadilar va o'zining foydasidan kelib
chiqqan holda ushbu siyosatni samarasiz qiladigan choralarni
ko'radilar.
RATSIONALLASHTIRISH - ishlab chiqarish jarayonini ixchamlashtiradigan,
mukamallashtiradigan va arzonlashtiradigan tadbirlar yig'indisi.
REAL AKTIV BOZORI - moddiy resurslarning oldi-sotdi mexanizmi.
REAL ALMASHINUV KURSI - ikkala mamlakatdagi baholar darajasining
o'zaro nisbatini hisobga oluvchi almashinuvkursi. Solishtirilayotgan
mamlakatlardagi nominal almashinuv kursini baholar indekslarining
o'zaro nisbatiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi.
REAL ALMASHINUV KURSI - ikkala mamlakatdagi baholar darajasining
o'zaro nisbatini hisobga oluvchi almashinuvkursi. Solishtirilayotgan
mamlakatlardagi nominal almashinuv kursini baholar indekslarining
o'zaro nisbatiga ko'paytirish yo'li bilan topiladi.
REAL DAROMAD - nominal (pul) daromadi miqdoriga sotib olish mumkin
bo'Igan tovar va xizmatlar miqdori. Agarda nominal daromad
narxlarganisbatantezsur atlardao'ssa,undarealdaromado'sibboradi
va aksincha. Real daromadning o'zgarishini quyidagicha ifodalash
mumkin: real daromadning o'zgarishi nominal daromadning va
narx darajasining o'zgarishiga bog'liq. Agarda nominal daromad bir
yilda 10% oshsa, baholar darajasi 8% ko'tarilgan bo'lsa, unda real
daromad 2% o'zgargan (oshgan) bo'ladi.
REAL FOIZ STAVKASI - inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi. Nominal,
real foiz stavkalari va narx o'sishi (inflyatsiya) o'rtasidagi miqdoriy
bog'liqlikni quyidagicha yozish mumkin:
REAL INVESTITSIYA - ishlab chiqarishni kengaytirishga noishlab chiqarishni
rivojlantirishga qilingan investitsiyalar.
REAL INVESTITSIYALAR (KAPITAL QO'YILM ALAR) - pul mablag'larini
3
4
2
korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
REAL ISH HAQI - pul shakldagi ish haqini, sotib olish qobiliyati, nominal ish
haqiga sotib olish mumkin bo'lgan tovar va xizmatlar miqdori.
Real ish haqi ish haqining haqiqiy darajasini ko'rsatuvchi iqtisodiy
ko'rsatkich hisoblanadi. Real ish haqiga soliqlar miqdori, tovar va
xizmatlarga baho, inflyatsiya va boshqa shunga o'xshash omillar
ta sir ko'rsatadi.
REAL SOLIQ,- to'g'ri soliq bo'lib, soliq to'lovchining ayrim mulklarini soliqqa
tortish orqali undiriladi.
REALYAIM-qiyosiybaholarda aks ettirilganYaIM.Ujoriybaholarda hisoblangan
nominal YalMni deflyatorga bo'lib topiladi.
REALIZATSIYA - sotish, pullash, tarqatish, amalga oshirish, foyda olish, foizli
qog'ozlar veksel va boshqa qimmatli narsalarni pulga aylantirish.
REALIZATSIYA QILISH - sotish, ayirboshlash, beg'araz berish maqsadida
tovarlarni jo'natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar
ko'rsatish, shuningdek, garovga qo'yilgan tovarlarga bo'lgan
mulk huquqini garovga qo'yuvchi tomonidan garovga oluvchiga
topshirish. Hisob-varaq - fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki
xizmatlar ko'rsatilganligi to'g'risidagi dalolatnomalar, tovarlar
jo'natilganligini (top shir ilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar
ko'rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa
hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlardir.
REEKSPORT - ma’lum bir mamlakat mahsulot ishlab chiqaruvchi mamlakatdan
tovarlarni o'z iste’moli uchun emas, balki boshqa bir uchinchi
mamlakatlarga qayta sotib yuborish uchun sotib olish.
REFAKSIYA - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida
belgilanganidan past bo'lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar
og'irligiga nisbatan chegirma; ko'p miqdorda yuk mavjud bo'lgan
maxsus kelishuvda yuk jo'natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma
hisoblanadi.
REGIONAL (HUDUDIY) DAVLAT MUASSASALARI - kichik sektor,
alohida institutsion birliklami tashkil etuvchi davlat regional
(hududiy) muassasalari hamda davlat muassasalari tomonidan
nazorat qilinuvchi va moliya bilan ta’minlanuvchi regional davlat
muassasalaridan tarkib topadi.
REGIONAL BOZOR - ma’lum hudud doirasida tovarlarni oldi-sotdi qilish
munosabatlari. Regional bozor bir mamlakat doirasidagi mintaqalar
o'rtasida yoki bir necha chegaradosh davlat o'rtasida ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi natijasidir. Ixtisoslashgan mamlakat
141 —
гь*-—
yoki hududlar tovar ayirboshlab, bir-birining iqtisodiyotini
to'ldiradi, ularning o'zaro bog'liqligi kuchayadi. Regional bozor
bir necha, lekin ko'pchilik bo'lmagan davlatlar o'rtasidagi bozorni
ham bildiradi. Masalan, Afrika, Shimoliy Afrika, Markaziy Afrika
mamlakatlarining regional bozori.
REGIONAL MARKETING - 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish; 2)
regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko'rsatiluvchi
xizmat va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni boshqarish tizimidagi marketing.
REGLAMENT - majlisni olib borish tartibi; ish tartibi, ish qoidasi.
REGRESS - qimmatbaho qog'ozlardan veksel yoki cheklarni qabul qilinayotganda,
ularga to'langan summani qoplash haqidagi teskari talab.
REGRESSION TAHLIL - natijaviy belgiga tasir etuvchi omillarning
samaradorligini aniqlab beruvchi usul.
REGRESSIV SOLIQ. - soliqqa tortiladigan daromadning oshishi bilan soliq
stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar toifasiga,
xususan, egri (bilvosita) soliqlami kiritish mumkin. Regressiv
soliqlarning yuki (og'irligi) boylarga nisbatan kambag'al qatlamlar
uchun og'irroq deb sanaladi. Masalan, qo'shilgan qiymat solig'ini
to'lash uchun kambag'allar boylarga nisbatan o'z daromadlarining
ko'proq qismini (hissasini) sarflaydilar. Proporsional soliq ham
regressiv bo'lishi mumkin.
REGRESSIV SOLIQQA TORTISH - soliq asosi (bazasi)ning o'sib borishi
soliq stavkasining pasayishini taqozo etadi. Soliq undirish og'irligi
daromadga teskari proporsionaldir: daromad qancha kam bo'lsa,
soliq to'lovchi uchun soliqning og'irligi shuncha og'irdir. Hozirgi
paytda qo'shilgan qiymat solig'ining joriy etilishi bilan egri
(bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib bormoqda.
REIMPORT - chet elga chiqarilgan, ammo u erda qayta ishlov berilmagan
tovarlarni qayta sotib olib, mamlakatning o'ziga qaytarish. Kimoshdi
savdosida sotilmagan, konsignatsiyaviy omborlar, ko'rgazma va
yarmarkalardan qaytarilgan tovarlar reimportga kirmaydi.
RE INJ IN I RING - fimksional bo'limlarni qayta tashkil etish va asosiy biznes
jarayonlarni yaratish, ularning har biri multidissiplinar jamoa
tomonidan boshqariladi.
REINVESTITSIYA - investorlar tomonidan korxonalar faoliyatidan olingan
foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida uni shu
3
4
4
korxonaga qayta kiritishdir.
REJALASHTIRISH - korxonani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish yo'llari va
sur’ati, tarmoqlar va bo'Iinmalar, takror ishlab chiqarishning asosiy
bo'g'inlari o'rtasida to'g'ri mutanosiblik (proporsionallik)ni tashkil
etish jarayoni, boshqarishning tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u
iqtisodiy tizimning kelgusi holatini, unga erishish yo'llari, usullari
va vositalarini belgilab beruvchi rejalarini ishlab chiqish va amalda
qollashdan iborat.
REJALASHTIRISHGA STRATEGIK YONDASHISH - barcha imko-
niyatlar va kamchiliklarni o'rgangan holda tuzilgan uzoq muddatli
reja korxonalarning doimiy hamroxi bo'lishi kerak. Boshqaruvchilar
korxona faoliyatining texnik, ijtimoiy, siyosiyva madaniy aspektlarini
bir butun holatda ко'rib chiqishi kerak. Bu aspektlarning har biri
o'zaro to'ldiruvchi bo'lishi kerak. Shu bilan bir qatorda zamonaviy
menejer muammolarni yechishda o'z qo'l ostidagilarning fikrlarini
ham inobatga olishi kerak.
REJALI INVESTITSIYALAR - yillik daromadning har qanday potensial
darajasidaishlabchiqaruvchilarsarfqilmoqchibo'lganinvestitsiyalar.
REJA-NARYAD - ishning xususiyatiga ko'ra, individual xodimga, ishchilarning
mayda guruhiga, traktor otryadiga yoki agregatiga qisqa muddatga
(bir, besh kun va dekadaga) beriladigan reja topshiriqlar.
REKLAMA - bozorga chiqariladigan mahsulot (xizmat) bilan iste’molchilarni
tanishtirish. Tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar reklamani
mustaqil yoki ixtisoslashgan reklama agentligi orqali amalga
oshiradilar. Reklama vositalari quyidagilardir: reklama e’lonlari,
informatsion materiallar, informatsion xatlar, kataloglar, reklama
filmlari va boshqalar. Reklama marketingda mahsulotni sotish
tadbirlari majmuyida markaziy o'rin tutadi. Reklama quyidagi
vazifalarni bajaradi: a) axborot beruvchi (yangi tovar to'g'risida
ma’lumotni yoki mavjud tovarning yangi xossalarini iste’molchiga
yetkazish, baholarning o'zgarishi to'g'risida axborotni yetkazish; b)
ko'ndiruvchi (tovarni olish zarurligiga iste’molchini ishontirish);
d) esga soluvchi (iste’molchining tovar to'g'risida xabardorligini
ta’minlab turish, iste’molchilarni tovar ularga kerak bo'lib qolishi
xususida ogohlantirish va hokazo).
REKLAMA AUDITORIYASI - muayyan axborot manbalari orqali e’lon
qilingan reklama xabarlarini eshitishi, ko'rishi va o'qishi mumkin
bo'lgan barcha shaxslar.
REKLAMA MATNI - gazeta yoki jurnalda beriladigan e’lonlar, pochta
1
11
1
4
5
jo'natmalari, televizion va radio oraliqlarning so'z qismi.
REKLAMA PIRAMIDASI - asosiy iste’molchilar doiralarining birikuvi,
ularning reklama qilinayotgan tovarni xarid qilishga tayyorligi.
O'sib borish tartibiga ko'ra quyidagi bosqichlarga taqsimlanadi:
bexabarlik, xabardor bo'lish, moyillik, afzal ko'rish, xarid qilish,
qayta xarid qilish.
REKLAMA SAMARADORLIGI - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi
yoki vositachilari manfaatlari yo'li da istemolchilarga tasir
ko'rsatish darajasi. Reklama murojaatidan oldin va keyin
aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko'rsatuvchi tasirini
aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini awalgi
faoliyat natijalari bo'yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida
aniqlanadi. Bu usulning aniqligi yuqori emas, chunki savdo
natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko'plab omillar ham tasir
ko'rsatadi.
REKLAMA VA SAVDONI RAG'BATLANTIRISH - kommunikativlik
(aloqadorlik)ning
rivojlanishi.
Barcha
ommaviy
axborot
vositalaridan foydalangan holda reklama uzatish.
REKLAMATSIYA - xaridor tomonidan sotuvchiga shartnoma asosida yetkazib
berilgan tovar sifati va miqdorining shartnomaga to'g'ri kelmasligi
tufayli bildiruvchi daVosi.
REKONSTRUKTSIYA (QAYTA QURISH) -takomillashtirish maqsadida biron
narsani tubdan qayta qurish (tashkillashtirish). Tashkilot, korxona,
iqtisodiy tizimning ishlab turishi va rivojlanishi xususiyatlarini
o'zgartirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar.
REKREATSIYA ZONALAR - aholining tashkil etilgan, ommaviy dam olishi va
turizmga mo'ljallangan yer va suv muhitining tabiiy yoki madaniy
uchastkalari kiradi. Shunday zonalar tarkibiga shahar hududlari
uchastkalari, shahar atrofi va yashil zonalar, o'rmonlar, parklar, milliy
va tabiiy parklar (bog'lar),botanika, zoologiya bog'lari, dendrologik
parklar, turistik marshrutlar, dam olish uylari va bazalari kiradi.
REKVIZIT - ifola etiladigan obyektning aniq belgilarini ko'rsatadigan hujjatning
ajralmas elementi.
RELEVANT XARAJATLAR - muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni
tanlashda e’tiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va
buyurtmalarni bajarish bilan bog'liq kelgusidagi xarajatlar.
REMARKETING - talabning pasayishi sharoitida uni jonlantirish jarayonlari.
REMISSIYA - to'lov mablag'ini hisob-varaq bo'yicha kamaytirish tomoniga
346
yaxlitlash.
REMOLIYALASHTIRISH SIYOSATI - Markaziy bank tomonidan tijorat
banklari ixtiyoridagi tijorat veksellarni hamda qimmatbaho
qog'ozlarni garovga olish va shu yo‘l bilan kredit berishdir.
RENDIT - dividend summasining aksiyani sotib olish bahosiga nisbati.
RENTA - kochmas mulk egasi mulkini muqobil ishlatishdagi olgan daromadi.
Yer, imorat, kvartira, uy-joy va boshqalar ijaraga berilib, undan
daromad ko'riladi. Masalan, uy-joy ijaraga berilib, har oyda 500000
so'm daromad ko'riladi. Uyga talabgorlar ko'payganda uni yangidan
540000 so'mga ijaraga beriladi. Oldingi va keyingi pul tushumi
orasidagi farq 40000 so'm (540000-500000) renta hisoblanadi.
RENTA DAROMADLARI - yer egalarining qishloq xo'jaligi yerlarini
foydalanishga berish natijasida oladigan daromadlari.
RENTABELLIK - (nem. rentabel - foydali, daromadli) foyda olish darajasi.
Rentabellik ma’lum davr mobaynida olingan foyda miqdorining
shu davrda sarflangan asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot
vositalari qiymati yig'indisiga yoki mahsulotning ishlab chiqarish va
sotish xarajatlari - tannarxga nisbati sifatida foizlarda hisoblanadi.
Uning to'rt xil ko'rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi,
xususiy kapital rentabelligi va sotilgan mahsulot rentabelligi.
Bu ko'rsatkichlar balansdagi (sof) foyda ko'rsatkichini korxona
aktivlarining o'rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan
aksiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot
tannarxiga nisbati bilan aniqlanadi.
RENTING - mulkni bir kundan to bir yilgacha bo'Igan qisqa muddatga ijaraga
berishni nazarda tutadi.
REPORT - birjada tuziladigan bitimlardan biri bo'lib, uning asosida qimmatli
qog'oz yoki valyuta ma’lum muddat o'tgach awalgiga nisbatan
yuqoriroq kurs bo'yicha sotib olish sharti bilan sotiladi.
RESPUBLIKA BUDJETI - davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarini
moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo'lib, unda daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yilida
aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag'lar sarfi yo'nalishlari va
miqdori nazarda tutiladi.
RESPUBLIKA BUDJETI DEFITSITINI MOLIYALASHTIRISH - davlat
tomonidan xorijdan va ichki mablag'ni jalb qilish, respublika
budjeti mablag'larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3
4
7
RESPUBLIKA BUDJETINING DAROMADLARI - l ) qonun hujjatlarida
belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat
soliqlari, yig'imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar; 2) qonun
hujjatlarida belgilangan normativlar bo'yicha davlat moliyaviy
va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berihshi va
sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq
meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha davlat mulkiga o'tgan pul
mablag'lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el
davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident -
yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini
qaytarish hisobiga berilgan to'lovlar; 6) qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa daromadlardan iborat.
RESPUBLIKA
BUDJETINING
XARAJATLARI
-
o'z
tarkibiga
l) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag'i
oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3)
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog'liq
ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari
uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari
uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun
yerga bo'lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat
zaxiralarini vujudga keltirish xarajatlari); 4) kapital xarajatlami
qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari;
5) Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga
budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari; 6)
rezident - yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan
budjet ssudalari; 8) davlat maqsadli jamg'armalariga beriladigan
budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari; 9) qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa xarajatlami oladi.
RESTRIKATSIYA - l) yuqori narxlarni ushlab turish maqsadlarida ayrim
tovarlarni ishlab chiqarish, sotish va eksport qilishni cheklash; 2)
oltin jamg'armalarining chet elga chiqib ketishini, bank sinishining
oldini olish maqsadlarida banklar va davlat tomonidan kredit
hajmini cheklash.
RESTRUKTURIZATSIYALASH - boshqa tashkilotlarga qo'shib yuborish,
ajratish, maqomini o'zgartirish va hokazo tarzda korxona tashkiliy
tuzilmasini o'zgartirish.
RESURS - pul mablag'lari, qimmatbaho narsalar, zaxiralar, imkoniyatlar,
mablag'lar va daromadlar (tabiiy, iqtisodiy, moliyaviy) manbalari.
RESURS TO'LOVLARI VA MOL-MULK SOLIG'I - mol-mulk va yerga ega
bo'lganlik va tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lanadigan
soliqlar (mol-mulk solig'i, yer solig'i, yer osti boyliklaridan
348
foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliq).
RESURSLAR - 1. Resurs, imkoniyat, boylik manbai; vosita, chora, iloji. Masalan,
iqtisodiy, moliyaviy, resurslar. 2. Umuman olganda, fundamental
iqtisodiy nazariya
tushunchasi
bo'lib,
ishlab
chiqarishni
ta’minlaydigan omil va vositalarni bildiradi. Iqtisodiy resurslar
quyidagilami o'z ichiga oladi: tabiiy (xomashyoviy, geofizik),
mehnat (inson kapitali), kapital, muomala vositalarini, informatsion
va moliyaviy resurslar.
RESURSLAR BOZORI - ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiruvchi tovarlar,
ya’ni ishlab chiqarish omillari sotiladigan bozor. Uy xo'jaligi o'ziga
tegishli resurslarni sotadi, korxonalar esa uni xarid qiladi. Asosan,
ishlab chiqarish vositalari (dastgoh, xomashyo, asbob-uskuna va
h.k.) va ish kuchi sotiladi.
RESURSLARG A CHEKLIXARAJAT - qo'shimcha bir birlik resurs sotib olish
uchun sarflangan qo'shimcha xarajat.
RESURSNING
CHEKLI DAROMADLILIGI YOKI
RESURSNING
PULDA IFODALANGAN CHEKLI MAHSULOTI - resursdan
qo'shimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qo'shimcha
mahsulotni sotishdan tushgan qo'shimcha daromad.
RETROTSEDENT - qabul qilib olingan qayta sug'urtalash riskini retrotsessiyaga
(ikkinchi qayta sug'urtalash) beruvchi sug'urta yoki qayta
sug'urtalovchi kompaniya.
RETROTSESSIONARTY - retrotsedentdan riskni qabul qilib oluvchi qayta
sug'urtalovchi kompaniya.
RETROTSESSIYA - l ) qayta sug'urtalashga ilgari qabul qilib olingan risklarni
yana qaytasug'urtalashgaberish; 2) risklarni uchlamchi joylashtirish.
REVALVATSIYA - lotincha so'zdan olingan bo'lib, qadrini oshirish ma’nosini
anglatadi, milliy pul birligi kursining boshqa mamlakatlar pul birligi
kursiga nisbatan ko'tarilishi. Oltin paritetlar bekor qilinguncha
(1971-yil) revalvatsiya valyuta asosida sotuvchi oltin miqdorini
ko'paytirish bilanbirga amalga oshirilgan. О 'zining milliy valyutasini
revalvatsiya qiluvchi mamlakat uchun chet el valyutasini arzonroq
sotib olishga imkoniyat vujudga keladi. Shuning uchun, kapitalni
eksport qiluvchilar tovarlarni import qiluvchilar manfaatlari
qarzdorlar va tovarlarni eksport qiluvchilar manfaatlari dan baland
bo'lganda revalvatsiya amalga oshiriladi. Shuningdek, revalvatsiya
inflyatsiyaga qarshi kurashda va to'lov balansining aktiv saldosini
tiyib turishda qo'llaniladi. Qog'oz - pul muomalasi sharoitida
149
revalvatsiya va devolvatsiyadan asosan milliy valyuta kursini
tartibga solishda foydalaniladi. Revalvatsiya valyuta qiymatini faqat
xalqaro iqtisodiy aloqalarda oshiradi. Ichki bozorda inflyatsiya
tasiri natijasida uning sotib olish qimmati boshqa mamlakadarga
nisbatan kamroq darajada pasayishi ham mumkin. Ikkinchi jahon
urushidan song dunyoda 500 marta devolvatsiya va faqat 10 marta
revalvatsiya amalga oshirilgan. Oxirgi yillarda g‘arb mamlakatlari
valyutaning suzib yuruvchi kurslaridan foydalanmoqdalar, bunda
ular revalvatsiyani boshqa shaklda, ya’ni o'z valyutalarining bozor
kursini oshirib, uning rasmiy kursini o'zgartirmasdan qoldirgan
holda amalga oshirmoqdalar.
REYTING - 1. Baho, biron tabaqa, sinf, tipga bo'lish, ommaviylik va mashhurlik
darajasi. 2. Biror narsani biron-bir sinfga, razryadga yoki toifaga
kirishini aniqlash, baholash.
REZERV VALYUTA - xalqaro hisob-kitob ishlarida, jumladan savdo-sotiq, kredit
va investitsiya ishlarida, shuningdek, xorijiy valyuta rezervlarini
jamlashda qo'llaniladigan, jahon bozorida tan olingan, lekin kelib
chiqishi milliy bo'Igan valyuta.
REZERV VALYUTASI - 1. Davlat xazinasi va markaziy bankka tegishli bo'Igan
mamlakat quyma va tanga oltinlar, xorij valyuta mablag'lari, xalqaro
hisoblaruchun jamg'arib, saqlab qo'yiladigan valyuta. 2. Rivojlangan
davlatlarning xalqaro hisoblar olib borish uchun foydalaniladigan
milliy va kredit pullari.
REZIDENTLAR - kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo'lmagan
muddatda yashagan, O'zbekistonda doimiy yashash joyiga ega
bo'Igan va bo'lmagan soliq to'lovchilardan iborat. Shu mamlakat
rezidentlarining daromadlari (shu mamlakat hududida va undan
tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda soliqqa tortilishi shart.
RIKARDO DAVID - (1772-1823) ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy
nazariyasining ko'zga ko'ringan namoyandasi. Uning eng mashhur
asari “Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” ( 1817-yil). U
iqtisodiy qonunlarni kapitalistik ishlab chiqarishga tadbiq etish va
ular orqali ishlab chiqarishni boshqarish masalalarini tahlil etgan,
qiymat nazariyasini rivojlantirgan. D. Rikardo ayniqsa xalqaro
iqtisodiyotdagi savdo erkinligi afzalliklarini tadqiq etish doirasida
dong taratdi. A. Smit ta’limotining buyuk davomchisi, sanoat
to'ntarishi davrining iqtisodchisi. Mehnat taqsimotini korxona
doirasidan mamlakatlarga ham joriy etishni taklif etgan, nisbiy
ustunlik, nisbiy chiqimlar ustunligi nazariyalariga asos solgan.
350
Fabrika davrini to'g'ri tushungan, fritreyderlik (erkin savdo)ni
qo‘ llab -quwatlagan.
RISK - l ) bitta kutilayotgan hodisa bo'yicha xavfning yuzaga kelishi. Risk
tushunchasi ko'rinishlarining xilma-xilligi, uni sodir bo'lishi
natijasida yuzaga kelgan oqibatlarning og'irligi, riskning ro'y
berishi sababli paydo bo'lgan zararlarni mutloq tugatishning
imkoniyati bo'lmaganligi sug'urta ishini tashkil etish uchun asos
yaratadi. Shunday qilib, risk sug'urtaviy huquqiy munosabatlarni
shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk - riskli holatlarning
yagonalik va o'zaro aloqadorlik yig'indisi. Sug'urta fanida risk
tushunchasiga turlicha ta riflar berilgan. Jumladan, risk - bu konkret
hodisa yoki hodisalar yig'indisi bo'lib, ular sodir bo'lgan taqdirda
sug'urta kompaniyasi qoplamalar to'laydi. Risk sug'urta obyekti
bilan to'g'ridan to'g'ri bog'langan. Obyektga risk salbiy tasir
ko'rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli
risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo'lib, uning ro'y berishi inson
ongiga yoki irodasiga bog'liq emas. Sug'urta risklarining ro'yxati
sug'urtalovchining sug'urta javobgarligi hajmini tashkil etadi. Risk
bahosining puldagi ifodasi sug'urta tarif stavkasini tashkil etadi; 2)
sug'urta obyekti: 3) sug'urta javobgarligining turi.
RISK MENEJMENTI - riskni kamaytirish yoki chegaralash bo'yicha
sug'urta kompaniyasining maqsadli yo'naltirilgan harakati.
Risk menejmentining tarkibiy elementiga quyidagilar kiradi:
riskni aniqlash, riskni baholash, riskni nazorat qilish va riskni
moliyalashtirish.
RISKLARNI JOYLASHTIRISH - l) sug'urta manfaati tufayli yuzaga
keladigan sug'urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish
jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish,
teng ravishda sug'urtalash, qayta sug'urtalash va retrotsessiyaga
to'g'ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda
risklarni joylashtirish sug'urta vositachilari orqali sug'urta
bozorida amalga oshiriladi; 2) sug'urta brokeri yordamida bir
vaqtning o'zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo'lib, bir nechta
sug'urta kompaniyasida sug'urtalash uslubi. Bir qancha sug'urta
kompaniyalari tarkibidan bittasi etakchi sifatida ajralib chiqadi va
u sug'urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli
qismini o'z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug'urta
kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham
joylashtiradi.
RISKLARNI TANLASH
-
sug'urta
shartnomasini
tuzish
bo'yicha
mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan
sug'urta kompaniyasining faoliyati. Sug'urta kompaniyasining
muvozanatlashgan sug'urta portfelini shakllanishida risklarni
tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug'urta
amaliyotida risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi.
Risklarni tanlash - bu risk menejment sohasida olib boriladigan
chora-tadbirlarning bir qismidir.
RISKLIHOLATLAR - risk darajasiga tasir qiluvchi omillar. Sug'urtalanuvchiga
ma’lum bo'Igan barcha riskli holatlar sug'urta kompaniyasiga
xabar qilinadi. Bu riskni baholashda muhim ahamiyatga ega. Riskli
holatlarni tahlil etish syurveyer yoki adjasterning funksiyasiga
kiradi. Bu sug'urta kompaniyasining sug'urta shartnomasini tuzish
yoki tuzmaslik masalasi bo'yicha qaror qabul qilishida hamda
sug'urta qoplamalari va summalarini to'lashda muhim o'rin tutadi.
Riskli holatlar: shaxsiy va ashyoviy; to'g'ri va egri; tasdiqlanadigan
va inkor qilinadigan: obyektiv va subyektiv turlarga bo'linadi.
RISKNI BAHOLASH - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli
holatlarni natura va qiymat ko'rinishida tahlil etish. Eng
ahamiyatli belgisiga qarab tegishli risklar guruhi ajratilgan hamda
u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, shaxsiy sug'urta
shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. Sug'urta
shartnomasi tuzilgan paytdan sug'urtalanuvchining o'limiga
yoki nogiron bo'lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni
aniqlash maqsadida mijoz qo'shimcha ravishda dastlabki tibbiy
tekshiruvdan o'tkazilishi mumkin. Sug'urta kompaniyalarida
riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U sug'urta
obyekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil
natijalariga muvofiq sug'urtalanuvchi bilan sug'urtaviy huquqiy
munosabatlarga kirishishning maqsadga muvofiqligi to'g'risida
sug'urta kompaniyasiga yozma xulosa beradi.
RITM BERISH - alohida bir predmetni jarayondan o'tish vaqtini ma’lum bir
taymerli mexanizm yordamida majburiy cheklash. Ko'p j arayonlarda
ritm berish ishlatilmaydi, lekin odatda yig'ish konveyerlarida ritm
beriladi.
RIVOJLANISH BANKI - sanoat, qishloq xo'jaligi, qurilish va boshqa
tarmoqlarni uzoq muddatli kreditni ta’minlash ishlari bilan
shug'ullanuvchi maxsus davlat va yarim davlat (xususiylari kamroq)
investitsiya institutlari. Milliy bozorlar faoliyat ko'rsatadigan
mamlakatlarda rivojlanish banklari ham fond birjasida, ham undan
tashqarida qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradilar.
Bu vazifalarni turli kredit bank institutlari bajaradilar: moliya
352
—
-
ко гр о г at s iyalar i, industrial banklar, sanoat rivojlanishidagi tarmoqli
va ko'p tarmoqli korporatsiyalar, sanoat va qishloq xo'jaligi
rivojlanishi banklari va fondlari mayda korxona va qishloqxo'jaligini
mablag' bilan ta’minlovchi maxsus kredit muassasalar. Rivojlanish
banklari tijorat banklaridan farqli o'laroq hisob-kitob va to'lov
operatsiyalarni amalga oshirmaydigan omonatchi va korxonalardan
depozit olmaydilar, qisqa muddatli kreditlar bermaydilar.
RIVOJLANISHNING EKSTENSIV YO'LI - intensiv rivojlanishdan farqi
shundaki, ishlab chiqarishni kengaytirish, hajmini ko'paytirish, ekin
maydonini kengaytirish xomashyo miqdorini ko'paytirish, yangi
ishchilarni yollash yo'li bilan amalga oshiriladi.
RTVOJLANTIRUVCHI MARKETING - yangi tovarlarni yaratib, ularni
iste’molchilarga taklif qilgan tarzda bo'Iajak talabni real talabga
aylantirish.
RODBERTUS KARL IOGANN - (1805-1875) nemis iqtisodchisi, o'z
iqtisodiy g'oyalarini “Sotsialxatlar” shaklida ilgari surdi, qo'shimcha
qiymat, pul va renta bo'yicha mayda burjuacha qarashlar tarafdori.
Vulgar qarash - “o'ta soddalashtirilgan” “soxtalashtirilgan”, degan
ma’nosi bor, g'ayriilmiy iqtisodiy nazariyalar majmuyi, asosiy
namoyandalari Sey (1767-1832) va Maltusdir (1766-1834). Ular
kapitalizmni himoya qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlarning
tashqi ko'rinishini tavsiflash va “xo'jako'rsin'ga klassifikatsiya
qilish bilan chegaralanib, hodisaning mohiyatini tadqiq etmaydilar.
Ularga faqat ayrim masalanigina olib, butun muammoni hal qilish
xosdir. Vulgar qarash namoyandalari klassik iqtisodiy maktabni
inkor etadilar.
ROSHER VILGELM GEORG - (1817-1894) Germaniya tarixiy maktabining
faollaridan, iqtisodiy qonunlarning obyektivligini rad etadi,
iqtisodiyotni ma’naviy fan deydi, sinfiy kurashning mavjudligini rad
etadi, urushlar madhiyachisi - Sey g'oyalarini qo'llab-quwatlaydi.
ROYALTI - quyidagilar uchun har qanday turdagi to'lovlar: fan, adabiyot va
sanat asarlaridan, shu jumladan elektron-hisoblash mashinalari
uchun
dasturlar,
audiovizual
asarlardan
hamda
turdosh
huquqlar obyektlaridan, jumladan ijrolar va fonogrammalardan
foydalanganlik yoxud ulardan foydalanish huquqini berganlik
uchun; sanoat mulki obyektiga, tovar belgisiga (xizmat ko'rsatish
belgisiga), savdo markasiga, dizayn yoki modelga, rejaga, maxfiy
formula yoki jarayonga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi patentdan
(guvohnomadan) yoxud sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli
axborotdan (nou-xaudan) foydalanganlik uchun
SABAB - insonning nima uchun harakat qilishini ko'rsatadigan, faoliyatga ichki
undovchi narsa bo'lib, u muayyan ehtiyojlami qondirish bilan
bog'Iiqdir.
SALBIY AUDITORLIK XULOSASI - auditorlik tashkilotning xo'jalik
yurutuvchi subyektning moliyaviy hisoboti buzib ko'rsatilganligi va
moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishtirishi mumkinligi
to'g'risidagi fikrini o'z ichiga olgan hujjat.
SALBIY SOLISHTIRMA DALOLATNOMA - mijoz korxona va mijoz
xaridorlariga mol yetkazib beruvchilari o'rtasida amalga oshirilgan
va ikki taraf buxgalteriya tizimida aks ettirilgan hisob-kitob
operatsiyalari natijalarining auditor tomonidan inventarizatsiyasi
turli ma’lumotlarni aks ettirishi (muhim farqningyuzaga kelishi).
SALBIY TALAB - ma’lum talabni qondirish uchun tovar mavjud, uning sifati
yomon emas, lekin shunga qaramay iste’molchilar u tovarni rad
etadilar.
SALDO - (ital. saldo - hisob, qoldiq) qoldiq, ma’lum bir muddatda kirim va
chiqim orasida vujudga kelgan farq; buxgalteriyada - debet va
kredit, umumiy aktiv va passiv o'rtasidagi tafovut, farq; xalqaro
savdoda - eksport hamda import o'rtasidagi farq; muayyan vaqt
davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import qiymati
(savdo balansi saldosi), xorijiy to' lovlar va tushumlar (to' lov balansi
saldosi) o'rtasidagi farq.
SAMARADORLIK - korxona uchun maksimal qiymat yaratish maqsadiga
yo'naltirilgan faoliyat natijasini aks ettiruvchikategoriya hisoblanadi.
SAMARADORLIK ASOSIY KO'RSATKICHLARI - menejerlarga korxona
faoliyatini baholash va undagi o'zgarishlar zaruriyatini aniqlashga
imkon beradigan ko'rsatkichlardir. Bular kundalik mablag'
zaruriyati, bitta mahsulot birligiga yoki bo'limga to'g'ri keladigan
operatsion daromadi kabi moliyaviy ko'rsatkichlar va buyurtma
bajarilish vaqti, umumiy sotuvdagi yangi mahsulotlar sotilishi qismi
kabi nomoliyaviy korsatkichlar.
SAMARALI IQTISODIY SIYOSAT - davlatning iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va
o'zaro uyg'unlashtirilgan chora-tadbirlari majmuyi.
354
SAMARALI XARAJATLAR - tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida
daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar.
SAMUELSON POL - (1915, AQSH) - ko‘p marta qayta nashr etilgan
“Ekonomiks” (1948) darsligini yaratdi, 1970 yilda iqtisodiyot
fanlarida ilmiy tahlil darajasini oshirishga qo'shgan hissasi uchun
Nobel mukofotini olgan. Iqtisodiyotning barcha sohalariga oid ilmiy
ishlari bor. “Aralash iqtisodiyot”ning nazariyotchisi. Neoklassik
tahlil bo'ycha, taraqqiyotning “to'rt g'ildiragi” asoschisi.
SANATSIYA - 1. davlat yoki yirik bank yordamida katta korxona va firmalar
sinishining oldini olish chora-tadbirlari. 2. Qarzdor korxonaning
mol-mulkini korxonaning holatini sog'lomlashtirish maqsadlarida
biron-bir shaxslar yoki tashkilotlarga topshirilishi bilan bog'liq
tashkiliy-huquqiy taomil.
SANIRLASH - korxonalar (firmalar) va tashkilotlarni sinishdan qutqarish
maqsadida ularni moliyaviy sog'lomlashtirish. Sanirlash bir
qator tadbirlarni nazarda tutadi, xususan, korxonaga berilayotgan
kreditlarni va davlatning subvensiyalarini ko'paytirish, korxona
tomonidan olingan kreditlar muddatini uzaytirib berish,
qo'shimcha mablag'larni jalb etish maqsadida yangidan aksiya va
obligatsiyalarni chiqarib sotish va boshqalar. Sanirlash orqali davlat
bozor iqtisodiyotiga ta’sir etadi.
SANKSIYA - joriy qonunchilik me’yorlari asosida yo'l qo'yilgan qonunbuzarlik
yoxud zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi faktiga
javoban vakolatli davlat organlarining javob reaksiyasi.
SANOAT NAMUNALARI - sanoat yoki hunarmandlik buyumlarining tashqi
ko'rinishini belgilovchi badiiy-konstruktorlik yechimidir.
SANOAT SIRI - ishlab chiqarish sirlari, nou-xau, ixtiro va kashfiyotlar.
SANOAT TARAQQIYOTI BO'YICH A BMT ANJUMANI (YUNIDO) -
BMT tizimi doirasidagi maxsus muassasa.
SANOAT TO'NTARILISHI (INCIILOBI) - Angliyada birinchi bor XVIII
asr o'rtalarida qo'l kuchiga asoslangan manufakturadan (ikkinchi
bosqichdan) mashinalashgan zavod-fabrikaga (uchinchibosqichga)
o'tish jarayoni (XIX asrning o'rtalarida yakunlangan). Iqtisodiy
rivojlanishda muhim o'rinni egallaydi, ijtimoiy-siyosiy sohalarda
katta o'zgarishlarga sabab bo'lgan.
— '«гкзнжхгэт'»*—
^55 —
—
—
SANOAT TOVARLARI - ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradigan tovarlar.
SANOATGA TAALLUQLI BO'LMAGAN ISHLAB CHIQARISH VA
XO'JALIK MABLAG'LARI - bularga ushbu korxonadagi uy-joy,
madaniy-maishiy va sog‘liqni saqlash maqsadlariga xizmat qiluvchi
mablag'lar kiradi. Masalan, klub, bolalar bog'chasi va yaslisi, dam
olish uylari, ambulatoriya, tibbiy yordam ko'rsatish binolari hamda
ulardagi uskunalar. Bu mablag'lar korxona xodimlari va ularning
oila a’zolari uchun xizmat qiladi.
SARFLAR - chiqim, xarajat, sarflar. Masalan, ma’muriy, yalpi, kalkulyatsiya
sarflari.
SAVDO - mahsulotni ayirboshlash, bunda mahsulot ashyoviy shakldan pul
shakliga aylanadi. Savdo bo'lishi uchun sotuvchi va xaridor bo'lishi
shart. Savdo muomala sohasida amalga oshadi.
SAVDO AGENTI - firma nomidan ish ko'ruvchi va quyidagi funksiyalarning
bir nechtasini bajaruvchi shaxs: mijozlarni jalb qilish, aloqa yo'lini
o'rnatish sotishni amalga oshirish, xizmat ko'rsatishni tashkil qilish,
ma’lumot yig'ish va resurslarni taqsimlash.
SAVDO BALANSI - eksport va import operatsiyalari bo'yicha valyuta to'lovlari
va tushumlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Kreditga
sotib olingan tovarlar qiymati bu yerda aks ettirilmaydi.
SAVDO FAOLIYATI - qayta sotish maqsadida olingan tovarlarni sotishga doir
faoliyat.
SAVDO FOYDASI - tovarlarni iste’molchiga yetkazishda sotib olish bahosi bilan
sotish bahosi o'rtasida farq hisobiga olinadigan foyda. Savdo foydasi
ishlab chiqarish sohasidagi foydaning bir qismini tashkil etadi.
Mahsulot ishlab chiqargan tadbirkor mahsulotini savdoda harakat
qiluvchi tadbirkorga sotadi, bu bilan u o'zi olishi mumkin bo'Igan
foydaning bir qismini ongli ravishda unga mahsulotini sotganligi
uchun beradi. Bu esa uning kapitali aylanishini tezlashtiradi.
SAVDO KAPITALI - l) Muomala sohasida amal qiluvchi kapital. 2) Sanoat
kapitalining alohidalashgan qismi.
SAVDO KREDITI - korxonalarningbir-birlariga tovar ko'rinishdagi qarzberishi.
Bunda berilgan tovarlar pullarini muayyan muddatga kechiktirib
to'lash ko'zda tutiladi. Odatda, savdo kreditining foizi, bank krediti
foizidan past bo'ladi.
SAVDO KVOTASI - tashqi savdoda ishtirok etishning miqdoriy chegarasi. Savdo
kvotasi eksport yoki import qilinadigan tovarlarning miqdori,
tuzilishi, ularni sotish yoki sotib olishning pul bilan hisoblangan
356
miqdorini bildiradi. Savdo kvotasi tashqi savdo bitimiga qo'shilgan
mamlakatlar, firmalar yoki tashkilotlarning birgalikdagi kelishuvi
qaroriga binoan belgilanadi yoki bir tomonlama o'rnatiladi. Bir
tomonlama joriy etilgan eksport, importni, o'z ixtiyori bilan
qisqartirish yoki norozilik bildirish uchun qo'llaniladi. Savdo
kvotasiga binoan eksport, import litsenziyalari beriladi.
SAVDO MARKALARI VA SAVDLO NOMLARI - savdo markalari
(masalan, “Nestle”, “Adidas”) va (yoki) savdo nomlari (Coca-
Cola) - bu kompaniyalarga, mahsulot yoki xizmatlarga berilgan
nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir. Ular egalik
qilishni asoslash uchun ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. Bunday
holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi
identifikatsiyalar yuridik tomondan himoyalangan bo'ladi.
SAVDO MARKASINI BOSHQARISH - xaridorlar tomonidan, qator
tovarlarga nisbatan, ijobiy munosabat hosil qilish maqsadida ularni
yangilash bo'yicha amalga oshiriladigan tadbirlar. Savdo markasini
boshqarish (yoki brend - menejment) asosan xalq iste’moli
mollarini ishlab chiqarish va sotishda qo'llaniladi.
SAVD О PALATASI - turli davlatlar o'rtasida tashqi savdo aloqalar ini rivojlanishiga
tasir etish maqsadida tashkil etilgan ijtimoiy tashkilot. Masalan:
Savdo-sanoat palatasi, Savdo palatasi.
SAVDO USTAMASI - savdo korxonalari (vositachilar) o'z xarajatlarini qoplab,
foyda topish uchun tovarni sotib olgan narxi ustiga qo'yiladigan
qo'shimcha.
SAVDO UYI - savdo korxonasining maxsus turi, ixtisoslashgan yoki sertarmoq
bo'ladi. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan, masalan,
ust kiyim, oyoq kiyimi, gazlama va hokazolar bilan, universal
(sertarmoq) savdo uyi esa har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
SAVDO VOSITACHILARI - kompaniyagamijozlarni topish va ularga tovarlarni
sotishga yordam beruvchi firmalar. Savdo vositachilari, xaridorlarga
tovarni sotib olish uchun kompaniyaga nisbatan qulayroq vaqt, joy,
jarayon va kamroq xarajatlami ta’minlashi mumkin.
SAVDODA ENG QULAY SHAROIT YARATISH REJIMI - mamlakatlar
o'rtasida kelishilgan xolda o'rnatilgan savdo operasiyalarining
imtiyozli tartibi.
SAVD О - SOTIQ, - savdo, savdo-sotiq, oldi-sotdi, auksion, kimoshdi savdosi;
manfaatli shartlarni taklif qilib, shaxslar bilan yuridik bitim tuzish;
savdoning bir shakli.
3
5
7
------------------
SCHYOT (HISOB) - pul mablag*larining muayyan bir yo'nalish bo'yicha
harakatini ifodalovchi (bayon qiluvchi) buxgalteriya hisobining
yozuvlar majmuasi. Schyotda buxgalteriya balansining bir yoki
bir-birlariga yaqin bir nechta moddalari birlashtirilib, hisob-
kitob qilinadi. Schyot jadval ko'rinishida bo'lib, u ikki qismga
bo'Iinadi: chap tomoni debet, o ‘ng tomoni esa kredit. Aktiv
moddalarni hisoblashga mo'ljallangan schyotlar aktiv schyotlar,
passiv moddalarga taalluqli schyotlar esa passiv schyotlar deyiladi.
Aktiv schyotlar debetida mablag'larning ko'payishiga, kreditida
esa kamayishiga olib keluvchi operatsiyalar ko'rsatilsa, passiv
schyotlarida buning teskarisi bo'ladi.
SCHYOT SALDOSI - aktiv schyotlardagi debet bilan kredit va passiv
schyotlardagi kredit bilan debet o'rtasidagi farq (yoki qoldiq). Aktiv
schyotlarda saldo har doim uning debetida (debetli saldo) bo'lsa,
passiv schyotlarda uning kreditida (kreditli saldo) bo'ladi.
SCHYOTLAR KORRESPONDENTSIYASI - ikkiyoqlama yozuv vositasida
schyotlar o'rtasida paydo bo'Igan o'zaro aloqa schyotlar
korrespondensiyasi deyiladi. Bu korrespondensiya qatnashuvchi
schyotlar korrespondensiyalanuvchi schyotlar deb ataladi. Schyotlar
korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv buxgalteriya
provodkasi deyiladi.
SCHYOTLARNING AYLANMALARI - buxgalteriya hisobi schyotlarning
debeti va krediti bo'yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet
va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab
chiqiladi. Aktiv schyotlar bo'yicha debet aylanma oy davomida
hisob obyekti ko'payishini, passiv schyotlar bo'yicha kamayishini
anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo'yicha oy davomida
hisob obyekti kamayishini, passiv schyotlar bo'yicha ko'payishini
ko'rsatadi. Schyotning qoldig'ini chiqarish uchun oldin uning
aylanmalarini aniqlash kerak.
SCHYOTNING SHIFRI - schyotning shartli raqamli belgisi (nomeri).
Buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida har bir schyotning nomi
va uning shifiri ko'rsatiladi. Hisobni avtomatlashtirishda schyotlar
shifrlarining ahamiyati katta. Hozirgi vaqtda sintetik hisob schyotlar
tort raqamli bo'lib, ular 0100 dan 9910 gacha. 21-son BHMS bilan
joriy etilgan schyotlar rejasida subschyotlar keltirilmagan.
SEGMENTLAR BO'YICHA HISOBOT - xo'jalik yurituvchi subyekt
faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo'limlar, ishlab chiqarish,
sotish, ta’minot) bo'yicha hisobot.
358
SEGMENTLAR BO'YICH A HISOBOT - xo'jalik yurituvchi subyekt
faoliyatining ayrim segmentlari (sexlar, bo'limlar, ishlab chiqarish,
sotish, ta’minot) bo'yicha hisobot.
SEKSTILLION - birning yonidagi nollar soni 21 ta bo'lgan son.
SEKTOR - institutsion birliklarni oldiga qo ygan maqsadi va iqtisodiy
vazifalarining bir-biriga yaqinligi yoki o'xshashligiga qarab
hamda asosiy faoliyatlarini yuritishga kerak bo'lgan mablag'lar
manbaalarining o'xshashligiga qarab guruhlashdir.
SEKTORLARARO EKSTERNALIYA - iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa,
tabiatni ekspluatatsiya qiluvchi sohalar boshqa sohalarga ekologik
ziyon keltirishini hisobga oladi, ekologik muammolarning muqobil
yechimini topishga va iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga
yo'naltiradi.
SEKULYARLASHTIRISH - davlat va jamiyat boshqaruvini din ta’siridan holi
qilish jarayoni.
SEKVESTR - yilning oxirigacha qolgan vaqt davomida budjetning barcha
moddalari bo'yicha (himoya qilinganlaridan tashqari) davlat
xarajatlarini proporsional ravishda qisqartirish.
SELEKTIV TALAB - bir xil yoki o'xshash tovarlarni qiyosiy baholash natijasida
tovarning iste’molchiga eng ma’qul kelgan aniq turi, varianti,
markasiga shakllangan talab.
SEN-SIMON KLOD ANRI - (1760-1825) Fransiya xayoliy sotsializmining
vakili, ammo Sen-Simon xususiy mulkni saqlab qolish tarafdori
bo'lgan.
SEPTILLION - birning yonidagi nollar soni 24 ta bo'lgan son.
SERMEHNAT, MEHNAT TALAB FAOLIYAT - l ) sermehnat bo'lishlik, ko'p
mehnat sarf qilish, ko'p mehnat talab qilish; masalan, texnologik,
boshqarish va to'la mehnat faoliyatlari; 2) mahsulotning har bir
birligida sarf qilinadigan mehnat hajmi bilan aniqlanadi.
SERTIFIKAT- (firan. certifikat- tasdiqlayman, guvohlikberaman) - l ) Guvohlik
beruvchi hujjatdir. Masalan: auditor sertifikati - e’lon qilingan firma
balansining to'g'riligini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta sertifikati - bu
sug'urta shartnomasining shartlari qayd etilgan hujjat. Aksionerlik
sertifikati - bu o'z egasining jamiyat (kompaniya) kapitalining bir
qismiga egaligini tasdiqlovchi hujjat. Tashqi iqtisodiy aloqalarda
tovar sifati guvohnomasi va h.k. 2) Pul belgilarining turlari va uning
o'rnini bosuvchi obligatsiyalarning bir xil turlari va maxsus davlat
zayomlari, qarzgaberganlikhaqidagi guvohnoma sertifikat deyiladi.
Sertifikat kredit tashkilotlari tomonidan chiqariladi. Tashqi iqtisodiy
aloqalarda tovar sifati guvohnomasi, sug'urta qilingan mulkka
yetgan zarar tafsiloti, hajmi va sabablarini tasdiqlaydigan hujjat ham
sertifikat deb ataladi.
SERVIS - jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholi qatlamiga xizmat
ko'rsatish; ishlab chiqarish maqsadlarida mahsulotlarni moddiy-
maishiy, xo'jalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda
ularni ishlatish bilan bog'liq bo'lgan xizmat ko'rsatish sohalari.
SERVIS KORXONASIDA XIZMAT KO'RSATISH - xizmat ko'rsatilishi
uchun mijoz ushbu xizmat ko'rsatiladigan servis korxonasiga yetib
kelishi shart.
SESSIONARIY- qayta sug'urtalashda riskni o'ziga qabul qiluvchi sug'urtalovchi.
SEY JAN BATIST (1767-1837) - fransuz iqtisodchisi, klassik maktabga qarshi,
“kompensatsiya” nazariyasini ilgari surgan, “Sey qonuni’ ning
(“Bozorlar qonuni”) muallifi, unga ko'ra taklif talabni avtomatik
ravishda vujudga keltiradi. Sey inqirozlarni inkor etgan, sinflar
o'rtasidagi qarama-qarshilikni tan olmaydi (“ular o'rtasida uyg'unlik
bor”, deydi). Protektsionizm o'rniga savdoni targ'ib qilgan. Ishlab
chiqarishning uch omilini (kapital, ishchi kuchi va yer) ilgari surdi.
SEY QONUNI - unga asosan jami taklif o'zining jami talabini yuzaga keltiradi,
shuning uchun jami taklif va jami talab bir-biriga mos keladi, degan
makroiqtisodiy tamoyilga asoslanadi. Agar shunday bo'ladigan
bo'lsa, tovarlar keragidan ko'proq ishlab chiqarilmaydi. Masalan,
ishlab chiqaruvchi 2000 so'mlik mahsulot sotsa, bir vaqtning o'zida
u o'ziga zarur bo' lgan tovarlardan 2000 so'mlikxarid qilishi mumkin.
U o'zining talabini yuzaga keltirmoqda, ya’ni taklif 2000 = talab
2000. Shu bois iqtisodiyotni tartibga solishga davlat aralashmasligi
kerak, degan xulosa ilgari surilgan.
SIFAT - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini
belgilab beruvchi, qo'yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari
majmuyi. Oldi-sotdi shartnomalarida tomonlar sifat ko'rsatkichlari,
uni tekshirish tartibi, tovar sifatining belgilangan talablarga mos
kelishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi kelishib olinadi,
zarur hollarda tovarni sifati bo'yicha qabul qilish va topshirish
shartlari, shuningdek, tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo'yicha
kafolatlar belgilab qo'yiladi.
SIFAT 0 ‘ LCHAGICHLARI - sifat baholanadigan o'lchovlar.
SIFAT TA’MINL ANADI GAN XARAJATLAR - mahsulot yoki xizmat sifatini
ta’minlash (masalan nuqsonlarning oldini olish, tekshiruv qilish
bilan bog'liq xarajatlar) bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar.
360
SIFAT UYI MATRITSASI - mahsulotni loyihalashtirish bilan shug'ullanuvchi
funksionalaro guruhga iste’molchilarning talablarini operatsion va
konstruksion masalalarga aylantirishga imkon beradigan matritsa.
SIFATNING MOS TUSHISHI - mahsulot loyihasida ko'rsatilgan talablarga
javob bera olish darajasi.
SIKL - iqtisodiy faoliyatning birin-ketin qayta-qayta takrorlanishi. Odatda,
to'rtta bosqichda: krizis (inqiroz), depressiya (bir joyda depsinish),
jonlanish va yuksalishdan iborat. Amaliy hayotda ko'proq ikki
bosqich: bum (cho'qqi, zudlik bilan yuqori bosqichga ko'tarilish)
va repressiya, ya’ni ishbilarmonlik faoliyatining susayishi, orqaga
ketishi bilan xarakterlanadi. Sikl mexnizmi investisiya hajmi bilan
bog'liqdir.
SIKL VAQTI - ma’lum bir jarayonda ketma-ket ishlanadigan “birliklar” chiqishi
orasidagi o'rtacha vaqt. Bu atamaga ko'pgina hollarda ma’lum bir
takrorlanuvchi ishning boshi va ohiri orasidagi o'rtacha vaqt deb
tavsifberiladi.
SIKLLIK (DAVRIY) ISHSIZLIK - ishlab chiqarishning qisqarishi natijasida
vujudga keladigan ishsizlik turi. Asosan iqtisodiyotda davriy
rivojlanib, inqiroz bosqichida vujudga keladi.
SIKLLIK BALANSLASHTIRILADIGAN BUDJET - budjet siyosatidagi
konsepsiyalardan biri. Uning asosida budjet iqtisodiy sikl davrida
muvozanatlashtirilishi lozim, degan qoida yotadi. Davlat bir
vaqtning o'zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va budjetni
muvozanatlashtirisbga harakat qiladi. Tanazzulga qarshi chora,
deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli
ravishda budjet kamomadini yuzaga keltiradi. Ko'tarilish davrida
esa hukumat soliqlarni oshiradi, davlat xarajatlarini kamaytiradi,
natijada yuzaga kelgan budjetning ijobiy saldosi tanazzul vaqtidagi
kamomadni qoplashda ishlatiladi. Ammo asosiy muammo shundan
iboratki, iqtisodiy faoliyatning ko'tarilishi va tanazzul vaqti
davomiyligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri 2
yil, ko'tarilish davri esa 1 yil bo'lishi mumkin. Unda 2 yilda yuzaga
kelgan kamomad miqdorini 1 yilda budjetning ijobiy saldo miqdori
bilan qoplab bo'lmaydi.
SILJITISH MUROJAATI - iste’molchilarga etkaziladigan ma’lumotlar shakli.
SILJITISH STRATEGIYASI - tovar siljitish vositalari, usullari, tadbirlarini aniq
bozor sharoitiga mos qo'llash tartibi.
SILJITISH STRUKTURASI - korxonaning iste’molchilar bilan aloqa o'rnatish
va uni ta’minlash dasturi bo'lib, reklama, sotishni rag'batlantirish,
targ'ibot, shaxsan sotish usullari, vositalari tizimi.
1
SILJITISH VOSITALARI - tovar haqidagi ma’lumotlarni iste’molchiga etkazish
va singdirish, iste’molchilar bilan aloqa o'rnatish vositalari.
SINDIKAT - monopolistik birlashmaning shakli. Unda sindikatga birlashayotgan
korxonalar ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda
o'zlarining tijorat sohasidagi mustaqilligidan mahrum bo'ladilar.
Bunda buyurtmalarni taqsimlash, xomashyo sotib olish, ishlab
chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o'zlarining tijorat faoliyatlarini
birlashtirib, yagona idora tuzadilar.
SINERGETIK SAMARA - tashkilotning yagona bir butun sifatidagi salohiyati
va imkoniyatlari uning alohida elementlarining salohiyatlari va
imkoniyatlaridan oshib ketadi, bu narsa ularni o'zaro qo'llab-
quwatlanishlari va to'ldirilishlari bilan asoslangan.
SINTETIK SCHYOTLAR
-
mablag'lar va xo'jalik jarayonlarining
umumlashgan hisobi pul ko'rsatkichlarida yuritiladigan schyotlar.
SINTETIK HISOB - pul o'lchovida umumiy ko'rsatkichlarni beruvchi hisob.
Bunday ko'rsatkichlar sintetik schyotlarda bo'lib, ular mavjud
mablag'lar hamda ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar,
xomashyo, materiallar, yoqilg'i, ishlab chiqarish xarajatlari,
g'aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag'lari, ustav kapitali
va h.k.) to'g'risida umumiy tasawurga ega bo'lish uchun zarur.
Sintetik hisob ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi,
ular Sintetik hisob registrlari bo'lib, bosh daftar, jurnal-orderlar
hisoblanadi.
SINTETIK HISOB SCHYOTLARI - sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya
hisobi schyotlari oddiy vamurakkab sintetikhisob schyotlari bo'lishi
mumkin. Oddiy schyotlarning ko'rsatkichlari detallashtirilmaydi va
ular bo'yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning
ko'rsatkichlari,
zarur
bo'lgan
hollarda,
analitik
hisobda
detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro'yhati schyotlar rejasida
keltirilgan. Har bir sintetik schyot o'zining shifri (nomeri)ga
ega. Hozirgi qo'llanilayotgan schyotlar rejasida (21-son BHMS)
subschyotlar yo'q.
SINXROMARKETING - ishlab chiqarishni talabningtebranishiga moslashtirish.
SIRG'ALUVCHI O'RTACHA - qator darajalarini birin-ketin ma’lum tartibda
surish yo'li bilan hisoblangan o'rtacha darajadir.
SIRG'ANMA NARX - ayrim yangi tovarlarga belgilangan nisbatan yuqori narx;
bozorning to'yinishi bilan pasayib boradi.
SIRPANUVCHAN O'RTACHA - trend yo'nalishi daraklarini turlicha
ko'rsatadigan oynaning katta kichikligiga qarab sirpanuvchan
o'rtachalar.
3
6
2
------------------
SISMONDI SHAKL - (1773-1842) Jenevada tug'ilgan, Fransiyada yashagan,
mayda ishlab chiqarish iqtisodining asoschisi, yirik kapitalistik
ishlab chiqarishga qarshi chiqdi va buni “isbotlab berish’ ga harakat
qildi. Mamlakatdagi barcha illatlar yirik ishlab chiqarish tufayli,
deb hisoblagan. U kapitalizmni tan olmagan, davlat yo'li bilan yirik
korxonalarni tugatishni taklif etgan.
SIVILIZATSIYA - jamiyatning o'z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy
va ma’naviy boyliklarining, ularni yanada ko'paytirib hamda
takomillashtirib berish usullarining majmuyi.
SIYOSIY RISK - davlat organlarining xatti-harakati yoxud uyushgan
shaxslar guruhining siyosiy talab bo'yicha chiqishi natijasida
vujudga keladigan xavf. Siyosiy riskga urush harakatlari, siyosiy
hokimiyatning yoki tuzumning o'zgarishi, qonun hujjatlaridagi
o'zgarishlar, fuqarolarning ommaviy chiqishlari va ish tashlashlari,
milliylashtirish, konfiskatsiya kiradi. Siyosiy risk ro'y bergan vaqtda
sug'urta kompaniyasi javobgarlikdan ozod bo'ladi. Chunki siyosiy
risklar, faqat, davlatga qarashli maxsus sug'urta kompaniyalari
tomonidan sug'urtalanishi mumkin.
SKONTO - to'lov muddatidan oldin tovar uchun haq to'langan taqdirda tovar
qiymatidan chiqariladigan chegirma.
SLIP - birja faoliyatida aksiyaga qo'shib jo'natiladigan hujjat (sertifikat).
Ushbu hujjatda aksiyaga tegishli tor doiradagi ba’zi ma’lumotlar
(sirkulyasiyaga ruxsat olingan, aksiya konkurent tomonga
tegishli emas va boshqalar) keltirilgan bo'ladi. Slipda sug'urta
kompaniyasining riskni sug'urtalashdagi hissasi ko'rsatiladi.
Angliyada slip sug'urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim holatlarda
slip sug'urta qoplamasini to'lashda asosiy hujjat hisoblanadi.
SMENALILIK KOEFFITSIENTI - uskunalaming vaqt bo'yicha ish bilan
ta’minlash darajasi ko'rsatkichi; sutka davomida ishlab berilgan
mashina - smenalarning o'rnatilgan barcha smenalar soniga nisbati
orqali aniqlanadi.
SMETA - qurilish, montaj ishlari, asbob uskunalar sotib olish uchun ketgan
mehnat, material va pul xarajatlari miqdori belgilangan hujjatlar
yig'indisi; moliya rejasining bir turi, bunda asosan xarajatlar aks
ettiriladi.
SMETALI MOLIYALASHTIRISH - noishlab chiqarish sohasi korxona va
tashkilotlari xarajatlarini qoplash metodi.
SMIT ADAM - (1723-1790) shotlandiyalik iqtisodchi olim, o'zining “Xalqlar
boyligining tabiati va sabablari to'g'risida tadqiqot” 1776-yil) asari
161
uchun “Iqtisodiyot nazariyasi otasi” unvoniga sazovor bo'Igan. U
izchillik bilan mehnat qiymat nazariyasini rivojlantirgan. Ish haqi,
foyda, narx, renta, pul, kapital, soliq solish, davlat moliyasi kabi
iqtisodiy tushuncha va hodisalarni tahlil etgan. Uning eng katta
xizmatlaridan biri bozor ta’limotidir. Ushbu ta’limotning markaziy
g'oyasi bozor o'zini-o'zi tartibga solish mexanizmiga (ko'zga
ko'rinmas qo'l) ega, shuning uchun iqtisodiyot davlatdan xolis
qilinsa, yaxshiroq amal qiladi. Uning fikricha, mehnat taqsimoti va
hamma iqtisodiy agentlar faoliyatida absolut erkinlikni ta’minlash
bozorning mavjud bo'lishi va harakat qilishining asosini tashkil
etadi.
SO'NGGI USUL - mamlakatning oltin valyuta rezervlarini ishlatish yo'li bilan
to'lov balansi defitsitini qoplashga aytiladi.
SO'ROV - kishilarning bilimlari, e’tiqodlari, xohishlari va mamnunliklari
to'g'risidagi ma’lumotlar olish uslubi.
SOF AKTIVLAR - birlikning hisobot davrida majburiyatlariga nisbatan
aktivlarining ko'payganligini ifodalaydi.
SOF
ARALASH DAROMAD - uy xo'jaligi sektoriga qarashli nokorporativ
korxonalar
daromadlarining
hosil
bo'lishi
schyotidagi
muvozanatlashtiruvchi ko'rsatkichdir.
SOF DAROMAD - milliy daromadning bir qismi, xalq xo'jaligida yaratilgan
qo'shimcha mahsulotning puldagi ifodasi. Sof daromad foyda,
renta, foizga bo'linadi, ya’ni ularning jami jamiyat miqyosida sof
daromadni tashkil etadi.
SOF
DISKONTIRLANGAN (KELTIRILGAN) QIYMAT - kelajakda
olinadigan
sof
daromadning
diskontirlangan
qiymatidan
diskontirlangan investitsiya ayirmasi:
SOF EKSPORT - tovar va xizmatlarning eksporti va ularning importi o'rtasidagi
ayirma: eksport - import = sof eksport.
SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan
mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona
ixtiyorida qoldirilgan foyda.
SOF FOYDA - korxona moliyaviy faoliyati natijasida ko'rilgan daromaddan
mahsulot tannarxi va soliqlar hisoblanganidan so'ng korxona
ixtiyorida qoldirilgan foyda.
SOF ICHKI MAHSULOT (SOF MILLIY DAROMAD) - makroiqtisodiy
ko'rsatkich bo'lib, YalM (YaMD)dan amortizatsiya ajratmalari
miqdorini ayirib tashlash yo'li bilan topiladi.
364
SOF INVESTITSIYALAR - yalpi investitsiyalardan amortizatsiya miqdorining
ayirmasi. Masalan, yalpi investitsiyalar = 40 p.b., amortizatsiya = 20
p.b., sof investitsiyalar = 40 - 20 = 20 p.b. (pul birligi).
SOF IQTISODIY RENTA - narx bo'yicha absolyut elastik bo'lmagan taklifga
ega bo'lgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
SOF KREDITLAR VA SOF Q A R ZLA R - birlikning boshqa birliklarga bergan va
ulardan olgan mablag'lari o'rtasidagi farqdir. Natija musbat bo'lsa,
u sof kreditlar, aks holda sof qarzlar deb ataladi.
SOF KREDITLAR YOKI QARZLAR - kapital bilan bo'ladigan muomala
hisobining balanslantiruvchi moddasi (natijasi) sof kreditlar
yoki qarzlardan iborat bo'ladi; bu modda moliya bilan ta’minlash
manbaining nomoliyaviy aktivlar xarajatiga nisbatan oshiq yoki
kamligini ko'rsatadi.
SOF KREDITLASH (QARZ OLISH) - nomoliyaviy aktivlarni sotib olish
uchun moliyalashtirish mablag'larining, sof xarajatlarga nisbatan
ortiqligi (defitsitligi). Uning hajmini aniqlash uchun yalpi asrash
bilan yalpi jamg'arish, yerlarni va nomaterial aktivlarni sof sotib
olish plyus *qolgan dunyo” kapital transfertlari orasidagi farqqa teng.
Makrodarajadagi sof kreditlash yoki sof qarz olish mamlakatning
“boshqa dunyo’ ga bergan yoki “boshqa dunyo”dan olgan sof
resurslari hajmini ko'rsatadi.
SOF LIZING - bunda ijaraga berilayotgan mulk va ularni ishlatishga sarflanadigan
barcha qoshimcha xarajatlar ijarachi zimmasiga yuklatiladi.
SOF MAHSULOT - moddiy ishlab chiqarish sohasida korxona yoki tarmoqda
yangidan yaratilgan qiymatni xarakterlovchi ko'rsatkich. Sof
mahsulot yalpi mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish
vositalari qiymatiga farq qiladi. Rejalashtirish va statistikada sof
mahsulot yalpi yoki tovar mahsulotidan moddiy xarajatlami (uning
ichiga asosiy fondlar amortizatsiyasi ham kiritiladi) ayirib tashlash
orqali aniqlanadi. Hamma tarmoqlarda sof mahsulotlarning jami
ishlab chiqarilgan milliy daromadni tashkil etadi.
SOF MAJBURTYATLAR - birlikning hisobot davrida aktivlariga nisbatan
majburiyatlari ko'payganligini bildiradi.
SOF MILLIY DAROMAD - mamlakat rezident birliklarining yangitdan yaratgan
daromadidir.
SOF MILLIY MAHSULOT (SMM) - yalpi milliy mahsulotning amortizatsiya
qiymatiga kamaytirilgan miqdori, yoki YaMM - amortizatsiya =
SMM. Amortizatsiya daromadga qo'shilmaydi, u shuni bildiradiki,
YaMMning bir qismi ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashina va
uskunalar qiymatini kelajakda qoplash uchun olib ko’rilishi lozim.
365
SOF RAQOBAT - qarang: mukammal raqobat.
SOF RAQOBAT BOZORI - yakka sotuvchi yoki sotib oluvchi joriy bahoga
katta ta’sir ko'rsata olmaydigan, jarayondagi sotuvchi va xaridorlar
yig'indisi.
SOF SOLIQLAR - soliqlardan subsidiyalami ayirish orqali topiladi.
SOF TUSHUM - tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan
qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i hamda transport vositalariga
benzin, dizel yoqilg'isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq
summalarini kiritmagan holda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)
realizatsiya qilishdan olingan tushum/
SOLIQ_-majburiy to'lov. Soliqningmohiyati, rolivatarkibijamiyatning iqtisodiy va
siyosiy tizimi, davlatning iqtisodiy-ijtimoiy tabiati va funksiyalariga
ko'ra belgilanadi. Davlat budjeti daromadlarining asosiy manbai
soliqlardir. Masalan, aksiz, daromad, transport soliqlari va hokazo.
SOLIQ. ASOSI (NEGIZI, BAZASl) - umumiy holda belgilangan soliqqa
tortish davri mobaynida ma’lum hududdagi soliq to'lovchilar va
soliqqa tortish obyektlarining yig'indisi.
SOLIQ, BADALLARI (TO'LOVLARI) - soliq qonunchiligi bo'yicha
belgilangan tartibda va muddatda soliq to'lovchilar tomonidan
to'lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalardir.
Ularni hisoblash tartibi har bir soliq turi bo'yicha qonunga binoan
aniqlanadi.
SOLIQ BADALLARI (TO'LOVLARI) - soliq qonunchiligi bo'yicha
belgilangan tartibda va muddatda soliq to'lovchilar tomonidan
to'lanadigan, hisoblangan yoki qat’iylashtirilgan summalar. Ularni
hisoblash tartibi har bir soliq turi bo'yicha qonunga binoan
aniqlanadi.
SOLIQ, BITIMLARI - bir mamlakat yuridik va jismoniy shaxslarining
ikkinchi mamlakatda olgan daromadlarining ayrim turlarini va
boshqa mamlakat hududida joylashgan shu shaxslarning mol-
mulkini soliqqa tortish huquqini har bir mamlakatga biriktirishga
mo'ljallangan mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro soliq munosabatlarini
tartibga solishga yo'naltirilgan yuridik hujjat. Amaliyotda soliq
bitimlarining ikki turi uchraydi: l ) maxsus (cheklangan) soliq
bitimlari - ular cheklangan xarakterdagi masalalarni (xalqaro yuk
tashish, bojxona to'lovlari, imtiyozli soliq rejimi va shu kabilar;
2) umumiy soliq bitimlari. Soliq bitimlari imzolanayotganda
davlatlar quyidagi asosiy vazifalarni yechishga harakat qiladilar:
ikki marta soliqqa tortishga barham berish sxemasini aniqlash -
366
o'zaro kelishayotgan davlatlar uchun faqat u yoki bu daromaddan
soliq undirish huquqi biriktiriladi; har ikkala davlatda soliqqa
tortish huquqi saqlanib qolganda ham ikki marta soliqqa tortish
mexanizmigabarham berish; soliqto'lovchiniboshqamamlakatlarda
diskriminatsion tarzda soliqqa tortilishidan himoya qilish; soliqqa
tortishdan bo'yin tovlashni aniqlash va konvensiyani bajarish
maqsadida o'zaro informatsiya almashish. Bunda quyidagi to'rt
guruh masalalar ko'rib chiqiladi: konvensiyaning qo'llanish doirasi;
soliqlarni davlatlar o'rtasida taqsimlash; ikki marta soliqqa tortishga
barham berish; harakat qilish qoidalari. Shu bitim bo'yicha tartibga
solib turiladigan soliqlaming turlari va shaxslarning (yuridik va
jismoniy) ro'yxati ham aniqlanadi.
SOLIQ.DAVRI - soliq bazasi (negizi, asosi)ning shakllanish jarayoni tugaydigan
muddat. Bu muddatda soliq majburiyatining yakuniy hajmi
(miqdori) aniqlanadi. Qonun tomonidan belgilangan soliqqa
tortish davri davomida bir obyekt soliqning bir turi bo'yicha bir
marta soliqqa tortilishi mumkin.
SOLIQ. DEKLARATSIYASI - soliq to'lovchining muayyan vaqt davomida
topgan daromadi miqdorini ko'rsatuvchi hujjat. Ushbu hujjatda
daromadining miqdori va manbalarini aniq qilib ko'rsatadi.
Olinadigan
soliq
deklaratsiyaga
qarab
belgilanadi.
Soliq
deklaratsiyasida soliq miqdori naqadar to'g'ri ko'rsatilganligini
soliq inspeksiyasi nazorat qiladi. O'zbekistonda qabul qilingan soliq
to'g'risidagi qonunga binoan har bir fuqaro yilning oxirida soliq
deklaratsiyasini to'ldirishi zarurligi qayd etilgan.
SOLIQ. ELEMENTLARI - davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan
soliqlarning tuzilishi (qurilishi) prinsiplari va ularni undirishni
tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o'zida
aks ettiradi. Soliqlarning elementlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
l ) soliq subyekti (soliq to'lovchi); 2) soliqni o'zida tashuvchi
(namoyon etuvchi); 3) soliq obyekti; 4) soliq manbai; 5) so liqqa
tortish birligi; 6) soliq stavkasi (soliqqa tortish normasi, me’yori);
7) soliq imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtai-
nazaridan yuqorida sanab o'tilganlardan tashqari soliqning muhim
elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: l) soliq
masshtabi; 2) soliqqa tortish bazasi (asosi, negizi)ni hisobga olish
usuli; 3) soliq davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5) hisobot davri;
6) soliqni to'lash muddatlari; 7) soliqni to'lash usuli va tartibi.
SOLIQ. HISOB-KITOBLARI - yuridik shaxslar tomonidan qonunda ko'zda
tutilgan muddatlarda buxgalteriya hisoboti bilan birgalikda soliq
367
organlariga taqdim etilib, o'zida ma’lum hisobot davri mobaynida
to'lanishi lozim bo'lgan, hisoblangan to'lovlar summasini aks
ettiradi. Soliq summalarini hisoblash tartibi soliq qonunchiligiga
ko'ra har bir soliq turi bo'yicha alohida-alohida belgilanadi.
SOLIQ, HUQUQI - soliqlarni belgilash, amalga oshirish, undirish va ular
bilan bog'liq bo'lgan ixtisoslashgan maxsus davlat nazoratini
amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy-huquqiy
munosabatlar majmuyidir.
SOLIQ,IMTIYOZI - soliq to'lovchi soliq majburiyatlari hajmining to'liq yoki
qisman qisqarishi, to'lov muddatining kechiktirilishi yoki orqaga
surilishi. Soliqlarning rag'batlantiruvchi funksiyasi soliq imtiyozlari
tizimi orqali amalga oshiriladi. Soliq imtiyozi soliqqa tortish
obyektining o'zgarishida, soliqqa tortish bazasining kamayishida
(qisqarishida), soliq stavkalarining pasaytirilishida va boshqalarda
o'z ifodasini topadi. Soliqqa tortilmaydigan obyekt minimumi,
alohida shaxslar va soliq to'lovchilarning ayrim toifalarini soliq
to' lashdan ozo d qilish, soliqqa tortish obyektidan ayrim elementlarni
chiqarish, soliq stavkalarini pasaytirish, maqsadli soliq imtiyozlari,
soliq kreditlari (soliqlarning undirilishini kechiktirish) va boshqalar
soliq imtiyozlarining ko'rinishlari (turlari) dir. Masalan, korxonalar
foydasidan olinadigan soliq bo'yicha imtiyozlar ishlab chiqarishni
kengaytirish va uy-joy qurilishini rivojlantirish xarajatlarini
moliyalashtirish, tadbirkorlikning kichik shakllarini, nogironlar
va pensionerlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy-madaniy va
tabiatni muhofaza qilish sohalarini rag' batlantirishga qaratilgandir.
Individual xarakterga ega bo'lgan soliq imtiyozlarini berish, odatda,
ta’qiqlanishi kerak.
SOLIQ, INSPEKTSIYALARI - Davlat soliq qo'mitasiing yagona tizimi
tarkibiga kiruvchi tuzilmaviy birlik. Ularning tarkibiy tuzilishi
funksional belgiga ko'ra aniqlanadi. Buning asosi sifatida turli
belgilar: mulkchilik shakli, xo'jalik faoliyatining turi, to'lovlar
hajmi, soliqlarning turlari va h.k.lar olinishi mumkin. Fuqarolarning
faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun soliq inspektsiyasi
nazorati ostida bo'lgan hudud uchastkalarga bo'linadi.
SOLIQ, ISLOHOTI - soliq tizimini qayta ko'rish va uni yangilash, moliyaviy
munosabatlarning o'zgarishi tufayli yuzaga keladi.
SOLIQ, KANIKULLARI - korxonalarning samarali ishlaganliklari uchun
yoki boshqa sabablarga ko'ra davlat tomonidan beriladigan
imtiyozlar davri. Bu davrda ular soliqlardan ozod qilinadi.
368
SOLIQ, KREDITI - budjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasini
ma’lum muddatga kechiktirish, b o‘lib-bo‘lib to'lash yoki soliqni
qaytarish shakli.
SOLIQ. KVOTASI - soliqqa tortishning ma’lum birligidan olinadigan
soliqning miqdori, hajmi, o'lchami.
SOLIQ. MEXANIZMI - soliqqa tortish bilan bog'liq bo'lgan soliqlarning
tashkil qilishning barcha elementlari, usullar vatamoyillar yig'indisi
tushuniladi. Bunday elementlarga soliq obyekti, subyekti, manbai,
stavkasi, to'lov muddatlari, soliq huquqi va hujjatlari kiradi.
SOLIQ NAZORATI - yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlar va
boshqa majburiy to'lovlarning to'liq va o'z vaqtida to'lanishini
ta’minlash ustidan amalga oshiriladigan nazorat. Nazorat tekshiruv
ishlarini amalga oshirish davomida bevosita korxonaning
o'zida (hujjatli tekshiruv) yoki korxona tomonidan belgilangan
muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi ixtiyoriga kelib
tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari va hisob-
kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi mumkin.
Korxonalar ustidan doimiy nazorat soliq organlarida har bir soliq
turi va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblash va kelib tushish
ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali erishiladi.
SOLIQOBYEKTI - soliq solinadigan daromad yoki mol-mulk.
SOLIQ. OG'IRLIGI (YUKI) - davlat va jamiyat hayotida soliqlarning
rolini xarakterlab (ko'rsatib) beradigan eng umumlashgan
ko'rsatkich. Ishlab chiqarishning umumiy hajmi va daromadlarda
soliq ajratmalari va bozor iqtisodiyotining salmog'ini (hissasini)
ko'rsatuvchi,
bozor iqtisodiyotining amalga
oshirilayotgan
modelidan kelib chiqadigan o'lcham. Soliq yig'imlarining jami
milliy mahsulotga nisbati bilan aniqlanadi.
SOLIQ ORGANLARI - soliq qonunchiligiga rioya qilish, mamlakatning
qonunlariga muvofiq belgilangan (o'rnatilgan) soliqlar va boshqa
majburiy to'lovlarning to'g'ri hisoblanishi, ularning to'liq va o'z
vaqtida budjetga o'tkazilishi ustidan nazoratni ta’minlovchi yagona
mustaqil markazlashtirilgan tizim. Davlat soliq qumitasining yagona
tizimiga kiruvchi soliq organlari davlat boshqaruvining markaziy
organi (Davlat soliq qo'mitasi), viloyat, tuman va shahar soliq
inspeksiyalaridan iboratdir. Soliq organlari yuridik shaxs hisoblanib,
o'z nomiga o'zlarining mustaqil xarajatlar smetasiga, banklardagi
joriy schyotiga va o'z muhriga egadir.
SOLIQ, QARZI - soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha qarz summasi,
shu jumladan ushbu soliq kodeksida belgilangan muddatda
to'lanmagan moliyaviy sanksiyalar
SOLIQ. QONUNCHILIGI - davlatda soliqlarning turi, ularni undirish
mexanizmi va soliq majburiyatlarining vujudga kelishi, o'zgarishi va
to'xtatilishini tartibga solib turuvchi yuridik me’yorlar yig'indisi;
moliyaviy huquq instituti. Soliq huquq davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilishi (qurilishi), uning vazifa va funksiyalari bilan belgilanadi.
■ SOLIQ.
QONUNCHILIGI
BUZILGANDA
QO'LLANILADIGAN
JAZOLAR (SANKSIYALAR) - intizomsiz soliq to'lovchilarga
nisbatan soliq qonunchiligi buzilganda beriladigan jazolardir. Ular
uch xil bo'ladi: ma’muriy, moliyaviy va jinoiy.
SOLIQSIYOSATI - davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish,
qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil
qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig'indisidir.
SOLIQ, SOLISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBI - soliq
solishning ayrim toifadagi soliq to'lovchilar uchun belgilanadigan
hamda ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to'lashning,
shuningdek, ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etishning
maxsus qoidalari qo'llanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
SOLIQ, STAVKASI - soliqqa tortish birligiga to'g'ri keluvchi soliqning
hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari daromadlarga
bog'liq bo'lmagan holda soliqqa tortish birligiga nisbatan absolyut
summalarda o'rnatiladi. Proporsional stavkalar daromadning
hajmiga (miqdoriga) bog'liq bo'lmagan holda unga nisbatan bir xil
foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari soliqqa tortiladigan
daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. Regressiv soliq
stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib borishi bilan pasayadi.
SOLIQ, TIZIMI - davlat budjetiga undiriladigan soliqlar turi majmuyi,
ularni yig'ib olish pullari va usullarni tashkil etish tushuniladi. Unga
soliq turlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq undiriladigan
daromadlarni aniqlash kabilar kiradi. Soliq tizimining asosiy
vazifalari quyidagilardan iborat: a) soliq to'lovchilar bilan davlat
o'rtasida daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash; b) ma’lum
sohadagi faoliyatni rag'batlantirish yoki cheklab qo'yish; d)
aholining muayyan tabaqalariga ijtimoiy imtiyozlar berish.
SOLIQ, TO'LANGUNGACHA OLINGAN FOYDA - umumxo'jalik
faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko'zda tutilmagan)
vaziyatlardan ko'rilgan foyda va minus zararlar sifatida aniqlanadi.
370
SOLIQ. TO'LOVCHILAR - qonun hujjatlariga ko'ra soliq to'lash
majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda
to'lovchilarning boshqa toifalari.
SOLIQ
TO'LOVCHILARNI
HISOBGA
OLISH
(QAYDDAN
O'TKAZISH)
-
ularni
xo'jalik
yurituvchi
subyektning
identifikatsiyalashuvini ta’minlaydigan soliq to'lovchining Davlat
reestriga kiritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to'Iovchilar majburiy
ravishda soliq organlarida hisobdan (qayddan) o'tishi shart. Bunda
bank va boshqa kredit tashkilotlari soliq to'Iovchilar tomonidan
ularning soliq organlarida hisobdan (qayddan) o'tganligini
tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etganlaridan so'nggina ularga
hisob-kitob va boshqa hisob varaqlarini ochishi hamda belgilangan
muddat ichida ularga (soliq to'lovchilarga) xabar berishi kerak.
Ko'rsatilgan talablar bajarilmagan holda bank va boshqa kredit
tashkilotlarining rahbarlari belgilangan tartibda ma’muriy jazoga
tortiladilar.
SOLIQ. TO'LOVCHILARNING IDENTIFIKATSION RAQAMI (STIR)
- soUq to'lovchining soliq idoralaridan ro'yxatdan o'tganligini
ko'rsatuvchi dalildir. Bu raqam soliq to'lovchining tegishli hisobot
va hisoblarini, boshqa hujjatlarini tez topishda yordam beruvchi
son dir.
SOLIQ.
TO'XTATUVCHANLIGI
(TO SQ IN C H ILIG l)
-
soliq
progressiyasining noproporsionalligi bilan xarakterlanadigan
soliqqa tortish tizimi. Ma’lum darajadan yuqoridagi daromadlarga
yanada yuqoriroq (ko'proq) soliq o'rnatiladi. Buning natijasida
yuqori daromadga ega bo'lish foydasiz bo'lganligi uchun tijoriy
faoliyat susayadi (pasayadi).
SOLIQ. TUSHUMLARI - Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan budjet
daromadlari va xarajatlari klassifikatsiyasining daromadlari
qismidagi har bir soliq va boshqa majburiy to'lovlarga mo'ljallangan
qism, band, kod va moddaga muvofiq vakolatli banklarning hisob-
kitob schyotiga yoziladigan, hisoblangan va haqiqatda kelib tushgan
soliq badallari (to'lovlari) va moliyaviy sanksiyalar.
SO LIQ
TUSHUMLARINI
BASHORATLASH
(PROGNOZ-
LASHTIRISH) - aniq va miqdoriy jihatdan aniqlangan shaklda
soliqtushumlarininghajmiga ta’sir ко'rsatuvchiobyektivvasubyektiv
omillarni oldindan ko'rish va bilish instrumenti. Soliq tushumlarini
bashoratlash perspektivxarakterdagi tadqiqot hisoblanib, uni ishlab
chiqishda (yaratishda) real iqtisodiy shartlar va jarayonlar hisobga
Dostları ilə paylaş: |