belgilangan
) mahsulotlar. (
Qarang: Aksiz).
AKSELERATOR - iqtisodiyotda iste’molchilik sarf-xarajatlar hajmi o'zgarishi
bilan yuzaga keladigan kapital qo'yilmalar hajmi o'zgarishini tavsif
etuvchi ko'rsatkich. Akseleratsiya prinsipining mohiyati shundan
iboratki, iqtisodiyotda iste’molchilik xarajatlari dinamikasi
investitsiyalar hajmi dinamikasiga o'z tasirini ko'rsatadi:
iste’molchilik xarajatlarining sezilarli o'sishi investitsion faollikni
yuzaga keltiradi, rag'batlantiradi va aksincha.
AKTIV - atamasi lotincha faoliyatli, amal qilish, mavjud bo'lish degan so'zlardan
kelib chiqqan. Shuning uchun aktiv deganda mablag'lar qanday
amal qilayotganligi va ishlayotganligini ko'rsatuvchi mablag'lar
guruhlanishini tushunish kerak. Aktivlar oldingi amalga oshirilgan
muammolar yoki oldin sodir bo'lgan voqealar natijasida korxonaga
kelib tushgan va ular kelajakda foyda keltiradigan iqtisodiy
resurslardir. Aktivlar uch xil xususiyatga ega bo'lishi kerak: a)
kelajakdagi iqtisodiy nafhing o'zida mujassamlanishi, bevosita va
bilvosita pul mablag'lari yoki ularning ekvivalentlarini ko'paytirish
imkoniyati; b) bu iqtisodiy naflarni nazorat qilish qobiliyatini
mujassamlash; v) oldingi bitimlar yoki boshqa voqealar natijasi
bo'lishi. Aktiv buxgalteriya balansining bir qismi bo'lib, ma’lum
bir muddatga subyekt mablag'larining tarkibi va joylanishini pul
15
ko'rinishida aks ettiradi. Bundan tashqari, balansning passiv qismi
ham mavjud bo'lib, aktiv va passiv tomonlar bo'lim va moddalardan
iborat. Aktiv tomonining jami summasi passiv tomoni summasi
bilan teng bo'lishi lozim. Buni shunday tushuntirish mumkinki,
yani aktiv tomonidagi mablag'lar manbalari balansning passiv
tomonida joylashgan.
AKTIV KAPITAL - xo'jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quwatini aks
ettiradi. Ular ikkita bo'lim - asosiy va aylanma kapital ko'rinishida
buxgalteriya balansi aktivlarida rasmiy taqdim etiladi.
AKTIV PUL OBOROTI - to'lov jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan
harakatdagi pul massasidir.
AKTIV SAVDO BALANSI - mamlakatdan chetga chiqarilayotgan tovarlar
(eksport) ning mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar (import) dan
oshib ketishini xarakterlovchi savdo balansi.
AKTIV SCHYOTLAR - korxona mablag'larini hisobga oladigan buxgalteriya
hisobi schyotlari. Ular mavjud mablag'lar, ularning tarkibi va
joylashishi to'g'risidagi ko'rsatkichlarni beradi. Aktiv schyotlarda
mablag'laming ko'payishi debetda, kamayishi kreditda aks ettiriladi.
Oxirgi qoldig'i faqat debetda va buxgalteriya balansining aktivida
ko'rsatiladi. Quyidagi schyotlar aktiv schyotlar hisoblanadi: bino,
inshootlar, mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa asosiy vositalar
(lOOO-schyotlar)ni hisobga oladigan schyotlar; pul mablag'larini
hisobga oladigan schyotlar; tovar-moddiy qiymatliklarni hisobga
oladigan schyotlar.
AKTIV TO 'LO V BALANSI - to'lov balansida tushumlar summasi to'lovlar
summasidan ortiq bo'ladi.
AKSEPT - o'tkazma vekselning to'lov kafolati majburiyatini o'z zimmasiga
olish. Inglizcha “aksept” o'z mohiyatiga asosan, “qabul qilindi”,
“to'layman” ma’nosini anglatadi. Aksept yozma ravishda vekselning
usti tomonida amalga oshiriladi.
AKSEPTANT (qabul qiluvchi) - hisob bo'yicha to'lovni amalga oshirishga rozilik
bergan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yoki shaxslar.
AKSEPTLI KREDIT - bunda bank unga mijoz tomonidan qo'yilgan
o'tkaziluvchan vekselni ma’lum shart bilan akseptlashdir.
AKTUAR HISOB-KITOBLAR - sug'urta tarifi stavkalarini hisoblashning
iqtisodiy-matematik usullari yig'indisi. Ushbu hisob-kitoblar
katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblaming
metodologiyasi ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyadariga
asoslanadi, tarif stavkasi miqdori sug'urta hodisalari ro'y
berishining ehtimoliyligiga bog'liq. Demografiya ma’lumotlaridan
fuqarolarning hayotini sug'urtalashda sug'urtalanuvchilarning
yoshiga mos ravishda sug'urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda
foydalaniladi. Uzoq muddatli hayot sug'urtasi bo'yicha sug'urta
summalari sug'urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir
yoshga etganda to'lanadi. Yetarli miqdordagi sug'urta fondini
shakllantirish uchun sug'urtalovchi shartnoma amalda bo'lgan
davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga yetishi
ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi o'limi darajasi haqidagi statistik
ma’lumot asosida turli yoshga yetishi ehtimolligini hisoblash hamda
fuqarolarning o'limi to'g'risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval
asosida nafaqa va hayotni sug'urtalash bo'yicha tarif stavkalarini
hisoblash mumkin.
AKTUARIY - lotin tilidan tarjima qilganda, hisobchi degan ma’noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o'zlashtirib olgan sug'urta
matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug'urta tariflarini hisoblash
va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug'urta
turlari bo'yicha sug'urta zaxiralarini shakllantirish bilan bog'liq
hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug'ullanadi. Hozirgi
paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko'rsatmoqda.
Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.
ALGORITM - qat’iy belgilangan qoidalar bo'yicha qo'llaniladigan va qo'yilgan
masalaning yechimiga olib keluvchi izchil harakatlar tizimi.
ALMAS HAD I GAN
(KONVERTRLANADIGAN)
AKSIYALAR
almashadigan obligatsiyalar - uning egalariga ushbu korporatsiyaviy
aksiyalariniolishhuquqinita’minlovchikorporativobligatsiyalarning
alohida turi.
ALMASHTIRISH SAMARASI - 1. Arzonlashgan tovarga talab miqdorining
o'zgarish ulushi. Bu hoi bir tovar o'rnini ikkinchi tovar bosganda ro'y
beradi. 2. Ish haqining ortishi natijasida bo'sh vaqtning qisqarishi.
ALMASHTIRISHNING CHEGARAVIY ME’YORI - iste’molchi uchun
foydalilik darajasini o'zgartirmasdan bir ne’matni ikkinchi iste’mol
ne’mati bilan almashtirish mumkin bo'lgan nisbat.
ALOHIDA BUYURTMALAR BO'YICH A KO'PLAB ISHLAB CHI
QARISH, KASTOMIZATSIYA - mahsulotlarni keng ko'lamdagi
tavsif va xossalarga ega qilib, shu bilan birga, alohida buyurtmachilar
talablariga javob beradigan ommalashgan ishlab chiqarishdir.
ALOQA - boshqaruv tizimi elementlarining o'zaro hamkorligi uchun muhim
elementlardan biri bo'lib, uning vositasida ushbu tuzilma uchun
ma’lum munosabatlar shakllanadi.
\ \
U o
ALTERNATIV (MUQOBIL) GIPOTEZA - taqqoslanayotgan ikkita toplam
ko‘rsatkichlari orasida muhim farq mavjud deb aytilgan taxmin.
ALTERNATIV (MUQOBIL) QIYMAT - boshqa tovar va xizmatlarga
almashtirish uchun berilishi lozim bo'lgan tovar va xizmatlar
miqdori.
ALTERNATIV XARAJATLAR - tanlashda voz kechilgan eng yaxshi alternativ
variantdan olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Alternativ
qiymatga foydalanilmagan imkoniyat deb ham qarashadi: biror
ne’mat qiymatining voz kechilgan boshqa bir nechta ne’mat qiymati
bilan ifodalanishi.
ALTERNATIV XARAJATLAR - ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish
variantini tanlash bilan bog'liqxarajatlar (zararlar). Ushbu xarajatlar
ishlab chiqarish resurslarini ishlatishning alternativ variantlaridan
voz kechish natijasida yo'qotishlar bilan o'lchanadi. Masalan, faraz
qilamizki, biror-bir shaxsning o ‘z ishlab chiqaradigan dastgohi bor.
Uni ishlatishning ikkita muqobil varianti mavjud. Agar uni o‘zi
ishlatsa, yiliga 100 ming, ijaraga bersa, 50 ming foyda ko'radi. U
ikkinchi variantni tanlaydi, natijada 50 ming (100-50=50) yoqotadi.
Xuddi ana shu 50 ming alternativ xarajatlarni tashkil qiladi.
ALTERNATIVA - bir-biriga qarama-qarshi, zid bo'lgan variantlardan birini
tanlab olish zaruriyatining ifodalanishi.
ALTERNATIV VARIANTLARDAN TANLOV - tanlab olingan variant
alternativ variantdan voz kechish evaziga amalga oshirilishini
taqozo etuvchi qaror qabul qilish zarurati. Makroiqtisodiy atamalar
doirasida iqtisodiy atamalar siyosatning chora-tadbirlar ishlab
chiqish jarayonida u yoki bu g'oyalarning tanlov-muammolarini
belgilash uchun ishlatiladi. Masalan, ishsizlikning o'sishi va
inflyatsiya jadalligi, foydaning o'sishi yoki ish haqining oshishi
orasidagi tanlov muammosi.
AMORTIZATSIYA FONDI - asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda
takror ishlab chiqarishga mo'ljallangan pul mablag'lari.
AMORTIZATSIYA VOSITALARI - korxona asosiy fondlarini saqlash va
yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
AMORTIZATSIYA - l ) eskirishning qiymatdagi ifodasi bo'lib, asosiy vosita
aktivining butun xizmati davomida mahsulot ishlab chiqarish
tannarxi va davr xarajatlariga qo shiladigan amortizatsiya qiymatini
tizimli ko'rinishda taqsimlash; 2) asosiy fondlar qiymatini asta-
sekinlik bilan ular yordamida ishlab chiqariluvchi mahsulot
yoki xizmatlarga o'tkazilishi; mablag'laming maqsadli ravishda
18
jamg'arilishi va keyinchalik eskirgan asosiy fondlarning о 'mini
qoplashga ishlatilishi. 1. Mashina, asbob-uskuna, bino va shu
kabilarning eskirishiga qarab, ularning bahosini kamaytirib borish;
ularning shu chegirilgan qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot
tannarxiga qo'shib borish. 2. Alohida shaxs yoki tashkilotning o ‘z
qarzini asta-sekin, darajama-daraja to'lash majburiyatidan qutulishi;
3. Qarz majburiyatining yo‘qotilishi, o'chirilishi oqibatida uning
bekor qilinganligini tan olish.
AMORTIZATSIYA AJRATMALARI - ishlab chiqarish jarayonida amal
qiluvchi asosiy fondlar qiymatini mehnat mahsulotiga o'tkazishning
pul shakli. Amortizatsiya ajratmalari mahsulotning tannarxiga kiradi.
Mahsulot sotilganidan keyin tushgan mablag'ning amortizatsiya
ajratmalariga teng bo'lgan qismi korxonalar hisob-kitobida pul
zaxirasi sifatida jamg'ariladi va korxonalarning amortizatsiya
fondini tashkil etadi.
AMORTIZATSIYA FONDI - mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan
amortizatsiya ajratmalari hisobidan korxonada yaratiladigan
(vujudga keltiriladigan, shakllantiriladigan) pul mablag'lari fondi.
AMORTIZATSIYALANADIGAN QIYMAT - moliyaviy hisobotlarda faraz
qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda
ko'rsatilgan aktivning boshlang'ich (tiklash) qiymati summasi.
AMERIKA OPSIONI - uning ijro etilishiga kelishilgan sanagacha va kelishilgan
bo'lajak sanada istalgan vaqtda ruxsat etiladigan shartnoma.
AMORTIZATSIYA VOSITALARI - korxona asosiy fondlarini saqlash va
yangilash uchun maxsus ajratiluvchi moliyaviy vositalar.
ANANAVIY IQTISODIYOT - iqtisodiy tizim. Unda ishlab chiqarish
texnikasi, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash avloddan-avlodga
o'tuvchi an analarga asoslanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni
tatbiq etish cheklangan, chunki ular ananalar bilan to'qnashib,
ijtimoiy tuzilmaning barqarorligiga xavf soladi. Diniy va madaniy
qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi hisoblanadi.
Jamiyat oldida turuvchi muammolar o'sha ananalar va urf-
odatlar asosida hal etiladi. Bunday iqtisodiy tizim sust rivojlangan
mamlakatlarga xosdir.
AN ANAVIY MARKETING TIZIM I - tovar tarqatish ishtirokchilarining to'la
mustaqilligiga asoslangan tizim.
ANALITIK HISOB - pul va zarur bo'lgan hollarda natura shaklida detallashgan
ko'rsatkichlarni beruvchi hisob. Ko'rsatkichlarni detallashtirish
reja bajarilishi, xo'jalik mulki butligini nazorat qilish, boshqaruv
qarorlarini qabul qilish bo'yicha axborotlar olish uchun aniq
sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy va
boshqaruv faoliyatlarini tahlil qilish uchun obyektiv analitik
ma’lumotlar kerak. Analitikhisobniyuritish uchun analitik schyotlar
qo'llaniladi. Analitik hisob sintetik hisob bilan uzluksiz bog'langan
bo'lib, uning ma’lumotlarini detallashtirish maqsadida yuritiladi.
Analitik hisobda yozuvlar buxgalteriya hujjatlari va boshqa
zaruriy ma’lumotlarga ishora qilinadi. Analitik hisob registrlari
sifatida qo'llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllariga ko'ra,
mashinagrammalar, vedomostlar, jurnal-orderlar, kartochkalar,
daftarlar bo'lishi mumkin.
ANALITIK HISOB SCHYOTLAR! - analitik hisob yurituvchi buxgalteriya
hisobi schyotlari. Ular ma’lum sintetik schyotning ko'rsatkichlarini
detallashtirish uchun faqat murakkab sintetik schyotlarga ochiladi.
Analitik hisob schyotlari sintetik hisob schyotlariga o'xshab debet va
kreditga ega. Ular bo'yicha aylanmalari va saldosi chiqariladi. Bunda
bir sintetik schyot bo'yicha ochilgan barcha analitik schyotlarning
debet va kredit aylanmalarining jami hamda saldolarining jami so'm
hisobida shu sintetik schyotning debet va kredit aylanmalari hamda
saldosigatengbo'lishi kerak. Buxgalteriya hisobini takomillashtirish
jarayonida analitik hisobni yuritishning samaraliroq prinsiplari
ishlab chiqildi. Hisobning jurnal-order shaklida analitik hisob
yordamchi (jamg'aruvchi) vedomostlarda yuritiladi, ayrim hollarda
esa sintetik schyotlar bilan birga bir jurnal-orderda olib boriladi.
ANALITIK HISOB-KITOB - hisob-kitobni aniqlashtirish va rivojlantirish
maqsadida olib boriladigan xo'jalik subyektlari faoliyatini nazorat
qilish, shuningdek, hisobotlar tuzish uchun zarur bo'lgan xo'jalik
jarayonlari va mablag'lari aylanishining buxgalteriya hisob-kitobi.
ANALITIK SCHYOTLAR - sintetik schyotlardagi
Dostları ilə paylaş: |