KIRISH “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev Mavzuning dolzarbligi. Ota-ona belgi-xossalarining kelgusi avlodga berilish muammosi bilan odamlar milloddan oldingi davrlarda ham qiziqqanlar. Bu sohada olimlar о‘z fikrlarini bayon etganlar. Xususan, qadimgi yunon olimlaridan Gippokrat odam urug‘ining hosil bо‘lishida tananing barcha a’zolari qatnashadi, urug‘dan о‘z navbatida odam tanasi rivojlanadi, sog‘ odamdan sog‘ farzand tug‘iladi, deb ta’kidlab o‘tgan.
Kurs ishining maqsadi. Aristotelning qayd qilishicha, kelgusi avlod uchun ona organizmi asosiy material beradi. Ota urug‘i esa uni harakatga keltiradi xolos. Agar ota baquvvat bо‘lsa о‘g‘il, ona kuchli bо‘lsa qiz farzand tug‘iladi. Shu sababli о‘g‘il otaga, qiz-onaga о‘xshash degan tasavvurni ilgari surgan.
XVII asrda birinchi marotaba hujayrani mikroskop orqali kо‘rgan A.Levenguk urug‘da shakllangan odam organizmi bor, ona esa uni dunyoga keltiradi, deb uqtirgan.
Mavzu yuzasidan adabiyotlar tahlili: Faqat, XVIII asrga kelib odamdagi ba’zi belgilarning avloddan-avlodga berilishi haqida tо‘g‘ri tasavvur paydo bо‘lgan. Masalan, 1752 Mopertyu odamlarning tо‘rt avlodida polidaktiliya (barmoqlar sonini beshtadan ortiq bо‘lishi)ni kuzatib, bu belgining naslga berilishi ham ota, ham onaga bog‘liq ekanligini e’tirof etgan.
Ingliz vrachi Adams о‘zining “Taxmin qiluvchi irsiy kasallik xossalari tо‘g‘risida” deb nomlangan asarida odamlarda yashirin holda tug‘ma kasallik omillari mavjud, ular yaqin qarindoshlar nikohida rо‘yobga chiqadi, lekin ular tug‘ilganda birdaniga emas, keyinchalik paydo bо‘lishi mumkin, bunda muhit omillarining ma’lum darajada roli bor, degan. Uning fikricha irsiy kasalliklarga duchor bо‘lgan shaxslarning urchishi pasaygan holatda bо‘lgani sababli bunday kasalliklar keyingi avlodlarda yо‘qolishi mumkin.
1820 yili nemis olimi Nasse qon ivimaslik-gemofiliya kasal erkaklar orqali kelgusi avlodlarga berilishini ma’lum qilgan.