Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi


Iste’mol baholari indeksi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə172/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Iste’mol baholari indeksi

Indeksning asosiy vazifasi iste’mol tovarlari narxlarining o‘zgarishlarini baholashdir.


Shu bilan birga iste’mol baholari indeksi inflatsiya darajasini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri sifatida davlat moliya siyosatini amalga oshirishda, iqtisodiyotda narx - navolar shakllanish jarayonini tahlil qilish va istiqbolini bashorat qilishda, milliy valyuta real kursini tartibga solib turishda, aholi daromadlarini indekslashda, uy ho‘jaliklari pirovard iste’moli hajmini o‘zgarmas narxlarda baholashda qo‘llanadi.
IBI hisoblash uchun asos bo‘lib iste’mol mahsulotlarining chakana baholari va pulli xizmatlar tarifining yakka indekslari xizmat qiladi. Ular iste’mol savatlarini shakllantiruvchi tovar(xizmat)lar -vakillari bo‘yicha har haftada va har oyda baho va tariflar ustidan o‘tkaziladigan kuzatish ma’lumotlari asosida hisoblanadi. IBI hisoblash o‘tgan oyga (yoki davrga) o‘tgan yilning dekabr oyiga (yoki chorak yilga), o‘tgan yilning tegishli oyiga (yoki davriga) nisbatan amalga oshiriladi.
Iste’mol baholari va tariflari ustidan kuzatish barcha viloyatlar markazlarida, Toshkent shahrida va tanlab olingan tuman markazlarida olib boriladi. Kuzatish uchun tanlab olinadigan savdo shaxobchalari barcha mulk turlari va tashkiliy-huquqiy shakllardagi savdo va maishiy xizmatlar korxonalari hamda aholiga tovarlarni sotish va xizmatlarni ko‘rsatish joylarini o‘z ichiga oladi. Ular orasida shaharning markaziy qismida ham, uning chetlarida ham joylashgan yirik, o‘rtacha va mayda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bo‘ladi.
Baholar va ta’riflarni qayd qilish uchun tovar va xizmatlarning iste’mol savati shakllantiriladi. Uning tarkibiga ommaviy ehtiyoj uchun ishlatiladigan asosiy tovar va xizmatlar - vakillari va ayrim ommaviy foydalanilmaydigan tovar va xizmatlar reprrezentativlikni ta’minlaydigan darajada kiradi. Iste’mol savatlari har xaftalik kuzatish uchun 80 dan ortiq nomli eng ommaviy iste’mol tovarlari va xizmatlaridan jumladan oziq - ovqat va nooziq - ovqat mahsulotlari va pullik xizmat turlaridan, har oylik kuzatish uchun esa 300 dan ortiq nomli tovar va xizmat turlaridan tarkib topadi. Ular oziq - ovqat mahsulotlari (15 guruhdan iborat 100 ga yaqin mahsulot turlari), nooziq- ovqat tovarlari (21 guruhdan iborat 150ga yaqin mahsulot turlari), maishiy uy-joy kommunal ho‘jalik, transport va aloqa va boshqa xizmatlarni (11 guruhdan iborat 55 xizmat turlari) o‘z ichiga oladi.
Haftalik kuzatish joriy haftaning seshanba, oylik kuzatish esa joriy oyning 15-20 kunlari davomida o‘tkaziladi.
IBI bir necha bosqichlarda hisoblanadi. Avvalambor har bir tovar va xizmat turi uchun o‘rtacha baho aniqlanadi.
Joriy davr o‘rtacha bahosini bazis davr o‘rtacha bahosiga bo‘lib muayyan tovarning shahar (yoki tuman markazi)bo‘yicha yakka baho indeksi aniqlanadi.
So‘ngra kuzatishda qatnashayotgan hududlar (shahar, tuman) bo‘yicha ayrim tovarlar (xizmat) bahosining yakka indekslari asosida viloyat va respublika bo‘yicha ayrim tovarlar, tovar va xizmatlar guruhlari uchun agregat baho indekslari aniqlanadi. Hududiy vazn sifatida joriy yil boshiga muayyan (ya’ni tekshirilayotgan) hudud (shahar, tuman) aholisining viloyat, respublika aholisi sonidagi salmog‘i, (ulushi) olinadi.
O‘rtacha baholarni oyma - oy yoki boshlang‘ich oy (o‘tgan yil dekabr’)bilan taqqoslab yakka zanjirsimon va bazisli baho indekslar hisoblanadi:
(11.63)
bu yerda Inn-1 , Inn0 - ayrim tovar (xizmat)lar bahosining viloyatlar miqyosidagi zanjirsimon va bazisli indekslari;
- i - mahsulot (xizmat) ning n - davrdagi viloyatlar bo‘yicha o‘rtacha bahosi;
i - mahsulot (xizmat) ning o‘tgan (n -1) va boshlang‘ich (n0) davrdagi viloyat bo‘yicha o‘rtacha bahosi.
Bu usul viloyat miqyosida bir jinsli tovarlar (xizmatlar) narxi indekslarini hisoblashda qo‘llanadi. Turlicha sifatga ega bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) dan tuzilgan ayrim tovar guruhlari uchun esa viloyat miqyosida umumiy indekslar yakka indekslardan tortilgan arifmetik o‘rtachani hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu holda agregatlashtirish vazni qilib hududda (shahar, tuman) muayyan guruh tarkibiga kiruvchi ayrim tovar (xizmat)lar bahosini viloyat aholisi sonida muayyan hudud salmog‘iga ko‘paytmasi olinadi:
(11.64)
bu yerda Pk,n, Pk,n-1 - k -hududda n - oy va n-1 oydagi ayrim mahsulot (xizmat)lar bahosi
- boshlang‘ich davrda k -hududda ayrim mahsulot (xizmat)lar bahosini, muayyan hududning viloyat aholisi sonidagi hissasiga ko‘paytmasi
- viloyat miqyosida ayrim tovar (xizmat) guruhlari bo‘yicha zanjirsimon umumiy indekslar.
Bazisli umumiy indekslar (o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan) hudud (shahar, tuman) bo‘yicha bazisli yakka indekslardan ( ) o‘tgan yil dekabr oyidagi baholarni muayyan hudud (shahar, tuman)ning viloyat aholisi sonidagi salmog‘iga ko‘paytmasi bilan tortilgan o‘rtacha arifmetik indeks hisoblashga asoslanadi.
(11.65)
bu yerda ik,nn0 ik,10* ik,22....... ik,nn-1 ya’ni zanjirsimon yakka indekslar ko‘paytmasi.
Shunday tartibda tovarlar yoki tovar (xizmatlar) guruhlari bo‘yicha aniqlangan umumiy indekslar respublika darajasida umumiy agregat indeksga birlashtiriladi, bu holda vazn qilib ayrim mahsulot (xizmat) lar guruhining aholi umumiy iste’mol xarajatlaridagi salmog‘i (ulushi) olinadi, bu ko‘rsatkich esa uy ho‘jaliklari budjeti ma’lumotlari asosida hisoblanadi.



Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin