Sh. Maxmudov
«STATISTIKA»
fanidan o’quv uslubiy majmuasi
Guliston 2019
Sh.Maxmudov «Statistika» fanidan o`quv-uslubiy majmua. Guliston. 2019. __ b.
Ushbu o`quv-uslubiy majmua amaldagi dasturlar asosida tayyorlanib, 5340100-iqtisodiyot ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga mo’ljallangan. Unda zamonaviy pedagogik texnologiya tizimiga suyangan xolda o’quv maqsadlari, mavzu bo’yicha ko’rib chiqilishi zarur muammolar, nazorat savollari, talabalar mustaqil bajarishi zarur bo’lgan topshiriqlar keltirilgan.
Majmuada statistika fanini o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Har bir mavzuda mavzuga oid muammolar keltirilgan.
Mas’ul muharrir: Iqtisod fanlari doktori professor N. Soatov (TDIU)
Taqrizchilar: Iqtisod fanlari nomzodi dotsent A.Ayubjonov (TDIU)
© Guliston Davlat Universiteti 2019 y.
KIRISH
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, xususiy mulkning o‘rni va ta’sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag‘batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Prezident Sh.Mirziyoev respublika Oliy Majlisida qilgan ma’ruzasida bu dolzarb masalalarni yechish uchun malakali kadrlar va mutaxassislar yetishmasligi, tafakkurimizning oqsoqligi har qadamda to‘g‘onoq bo‘lib turishi haqida eslatib o‘tgan edi.
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, isloh qilish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa, birinchi navbatda, oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat talablarda ko‘zlangan fanlarning mazmuni va o‘quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirishni talab qiladi.
Ushbu o`quv-uslubiy majmua kuchli tahririy ishlar va ayrim ikkilamchi masalalarni chiqarib tashlash natijasida uning umumiy hajmi ikki marotaba ixchamlashgan. Shu bilan birga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hisobiga uning mazmuni boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tamoyillari qo‘llanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular muhim mantiqiy tuzilmaviy elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema – tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan.
Ushbu nashrda ayrim mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar, masalan, statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik o‘rganish usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma’ruzalari tamoyili asosida bayon etilgan. O‘rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil masalalari ko‘p hisoblash ishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va yo‘llariga e’tibor jalb qilingan.
Har bir bob qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, qisqacha xulosalar, asosiy atama va tushunchalar, mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar bilan yakunlangan. Shu sababli ushbu majmuada talabalar statistik bilimlarni o‘zlari o‘rganishni tashkil etishda muhim qurol bo‘lib xizmat qila oladi degan umiddamiz.
Dostları ilə paylaş: |