Sh. Maxmudov «statistika» fanidan o’quv uslubiy majmuasi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə74/180
tarix16.12.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#181369
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180
portal.guldu.uz-Statistika O`UM

Qisqacha xulosalar

1. Statistik ko‘rsatkichlar ommaviy hodisa va jarayonlar haqida axborotlar beradi, ularning istiqbol dasturlarini ishlab chiqish uchun zamin yaratadi va ularni amalga oshirish ustidan kuchli qurol hisoblanadi. Ulug‘ nemis yozuvchisi, shoiri va mutafakkiri I.V.Gyote abadiy ko‘z yumishidan ikki yil oldin o‘z kotibasi Ekkermann bilan suhbatda: «Aytmishlarki, sonlar go‘yo olamni boshqaradi. Ammo aminmanki, sonlar olam qanday boshqarilayotganini o‘rgatadi».6-degan edi. Rossiyada birinchi marotaba chop etilgan statistika darsligining muallifi K.F.German (1762-1838) o‘z kitobida yozgan edi: ’’Statistika yaxshilikni ham, yomonlikni ham oshkor etuvchi darakchi va hukumat nazoratchisidir’’.7 Haqiqatda ham safsatavoz nutqlar yoki reklama xabarlariga tayanib emas, balki ishonchli aniq statistik ko‘rsatkichlarga asoslanib, xalq ayrim rahbarlarning faoliyatini baholashi mumkin va kerak.


2.Ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda statistik ko‘rsatkichlar qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi:
-o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni miqdoriy ifodalash va baholash, ya’ni o‘lchash funksiyasi;
-ularning muhim tomonlariga e’tiborni jalb qilish,yuzaki tomonlarini soqit qilish,ya’ni umumlashtirish funksiyasi;
-hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tavsiflash va qonuniyatlarni miqdoriy ifodalash, ya’ni analitik funksiya;
-axborotlarni ommalashtirish, ya’ni reklama funksiyasi;
3. Statistik ko‘rsatkichlar rang-barang bo‘lib, ular o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonning turli jihatlarini ta’riflaydi. Hech qaysi ko‘rsatkich turi ustuvorlikka ega emas,uning plyusi va minusi mavjud. Shu sababli iqtisodiy-ijtimoiy tahlilda barcha ko‘rsatkichlar majmui, ularning tizimi qo‘llanilishi kerak.
Nazorat va mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar



  1. Hodisaning sifati va miqdori deganda nimalar tushuniladi?

  2. Statistik ko‘rsatkich nima,ilmiy bilishda va amaliy faoliyatda u qanday ahamiyatga ega?

  3. Statistik ko‘rsatkich bilan hodisa belgisi o‘rtasida qanday munosabat mavjud?

  4. Statistik ko‘rsatkich qanday unsurlarga ega,uning sifat tomoni nima,miqdor tomoni-chi?

  5. Statistik ko‘rsatkichlarning qanday turlari bor?

  6. Mutlaq ko‘rsatkich deganda nima tushuniladi?

  7. Mutlaq ko‘rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?

  8. Mutlaq ko‘rsatkichlar qanday shakllarda (o‘lchov birliklarida) ifodalanadi?

  9. Shartli o‘lchov birliklari nima va qachon qo‘llanadi?

  10. Nima uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida statistik ko‘rsatkichlarni pulda (qiymatda) ifodalash kerak?

  11. Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzallarini, ko‘ylaklarini, kostyumlari va boshqa buyumlarini donalab hisoblab bo‘ladimi? Agarda bo‘lsa, bunday o‘lchash qanday kamchiliklarga ega?

  12. Bilim darajangizni qanday ko‘rsatkichlar yordamida o‘lchash mumkin?

  13. Nima uchun ishlab chiqilgan chit va boshqa gazmol turlari pogonometr va jismoniy metrda o‘lchanadi?

  14. Qaysi holda mashinasozlik mahsulotlari jismoniy birliklarda va qaysi paytda og‘irlik birligida o‘lchanadi?

  15. Qanday maqsad ko‘zlanganda barcha buyumlar og‘irlik birliklarida o‘lchanadi va nima uchun turli o‘lchov birliklarida hisoblanadi?

  16. Aholi ro‘yxatida Sizning yoshingiz qaysi o‘lchov birligida qayd qilinadi?

  17. Hamyoningizda 3000 so‘m bor, yil boshiga nisbatan iste’mol baholari 60% oshgan. Real qiymatda hamyoningizdagi pul necha so‘m?

  18. Siz o‘tgan oyda 1-kun 4 soat, 2-kun 10 soat, 3-kun 6 soat o‘qigansiz, boshqa kunlari kasal bo‘lib o‘qishga kelmagansiz. Qancha odam-soat, odam-kun va odam-oy o‘qishda bo‘lgansiz?

  19. Shirkat xo‘jaligida 5ta 6 qatorli, 8 ta 4 qatorli va 3 ta 2 qatorli paxta terish mashinalari bor, paxta ekin maydoni 500 ga. Ho‘jalik terim mashinalari bilan qanday ta’minlangan?

  20. Nisbiy ko‘rsatkichlar nima va ular qanday ifodalanadi? Foiz bilan koeffitsiyent, foiz bilan promille o‘rtasida qancha farq bor?

  21. Taqqoslash deganda nima tushuniladi, uning qanday turlari mavjud?

  22. Nisbiy ko‘rsatkichlarning qanday turlarini bilasiz?

  23. Nisbiy ko‘rsatkich turlari orasida qanday o‘zaro bog‘lanishlar bor?

  24. Taklif egri chizig‘i asosida qanday nisbiy miqdor yotadi va u qanday tartibda hisoblanadi?

  25. Gruppangizga ikki talaba qo‘shilishi natijasida a’zolar soni 10% oshgan. A’lochilar soni 20% ko‘payib, ularning gruppadagi salmog‘i 40%ga yetgan. O‘tgan yili a’lochilar soni qancha bo‘lgan va gruppada necha foizni tashkil etgan?

  26. Universitet talabalari soni 5% oshgan holda prezident stipendiatlari 20% ko‘paygan. Ularning salmog‘i necha foizga oshgan?

  27. Asosiy fondlar 5% oshgani holda ishlab chiqarilgan mahsulot 4% kamaygan. Fond qaytimi qanday o‘zgargan?




Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin