5.1-chizma. Statistik ko‘rsatkich tarkibiy unsurlari.
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi - bu o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasidir
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi deganda ommaviy jarayonlarni va ularning belgilarini o‘zaro bog‘lanishda aks ettiruvchi bir-biri bilan bog‘langan ko‘rsatkichlar majmuasi tushuniladi. 3.2-chizmada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi umumiy shaklda tasvirlangan. Quyida (3.2-chizma) makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar keltirilgan.
Statistik ko‘rsatkichlar tizimi abadiy qotib qolgan, o‘zgarmas tushuncha emas. Ommaviy hodisa va jarayonlar rivojlanishi va ilm-fan taraqqiyoti bilan bir qatorda tizimni ham doimo takomillashtirish, eskirib qolgan ko‘rsatkichlar o‘rniga yangilarini yaratish, boshqalarini esa yangi sharoit va imkoniyatlarni hisobga olib yaxshilash kerak.
5.2-chizma. Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tasniflari. 2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Statistik ko‘rsatkichlarning turlarini tasnifini tushuntirib bera oladi.
Statistik ko‘rsatkichlarning tasnifini izohlay oladi.
Identiv o’quv maqsadlari:
Statistik ko‘rsatkichlarning turlarini tasnifini tushuntirib bera oladi.
Statistik ko‘rsatkichlarning tasnifini izohlay oladi.
2-asosiy savolning bayoni: Ommaviy hodisa va jarayonlar, ularning xossa va munosabatlari turli-tumandir. Shuning uchun son-sanoqsiz statistik ko‘rsatkichlar mavjud. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularni birma-bir qarab chiqib bo‘lmaydi. Shu sababli statistik ko‘rsatkichlarni umumlashtirish, ma’lum tartibga solish, muhim tomonlariga qarab tasniflash zaruriyati tug‘iladi.
Statistik ko‘rsatkichlarni tasniflash murakkab masaladir. Unga turli tomondan yondashish mumkin. Bu yerda statistik ko‘rsatkichlarning eng muhim tasniflari ustida so‘z boradi. Ularning aniq turlari va shakllari kitobning boshqa boblarida, ijtimoiy, iqtisodiy, tarmoq va boshqa statistika fanlarida bayon etiladi.
Avvalombor tub xarakteri, ichki hissiyoti, umuman hodisalarni bilishda tutgan o‘rni va roliga qarab statistik ko‘rsatkichlarni ikki katta turkumga ajratish mumkin. Birinchi turkum ommaviy hodisa va jarayonlarning mohiyati va beligilarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, masalan, o‘rtacha jon boshiga yaratilgan milliy daromad, yalpi ishlab chiqarilgan ichki mahsulot, 1 ga ekin maydonidan o‘rtacha olingan hosil, 1 sigirdan o‘rtacha sog‘ib olingan sut, mamlakat va viloyatlarda tug‘ilish va o‘lish ko‘rsatkichlari, milliy boylik hajmi, bozorlarda iste’mol buyumlariga baholarning o‘rtacha darajasi va h.k. Mazkur turkum ko‘rsatkichlari uchun xos xususiyat - ularni tuzishda statistika bilan bir qatorda boshqa fanlar ham qatnashadi, aniqrog‘i ularning ilmiy tushuncha va ta’limotlariga statistika tayanadi. Ular o‘z navbatida o‘rganilayotgan jarayondagi roli va vazifalariga qarab guruhlarga, sinflarga va h.k. turlarga bo‘linadi. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy statistika ko‘rsatkichlari-makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, milliy boylik, sotsial statistika, aholi statistikasi va h.k. ko‘rsatkichlarga ajraladi.
Birinchi turkumdagi ko‘rsatkichlar bir-biri bilan bog‘lanishiga qarab yakkama-yakka ko‘rsatkichlar va ko‘rsatkichlar tizimidan tashkil topadi. Ularni tuzish va hisoblash tartibiga qarab tarkibiy unsurlarini (qismlar) jamg‘arish natijasida, hodisalarni agregatlashtirish yo‘li bilan ularni modellashtirish asosida olinadigan ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Ikkinchi turkum ko‘rsatkichlari, ommaviy hodisa va jarayonlar statistika o‘rganish obyekti sifatida qaralganda, ularda namoyon bo‘ladigan umumiy xususiyatlarni ta’riflaydilar. Bu yerda ularning ichki tuzilishi va tashqi qiyofasidagi o‘xshashlik va farqlar, ichki va tashqi munosabatlari hamda bog‘lanishlari, rivojlanish intensivligi dinamizmiga xos xususiyatlar nazarda tutilmoqda. Shu sababli ushbu turkum ko‘rsatkichlarini tuzish, o‘lchash va hisoblash usullari va yo‘llari ham har xil.