93
tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches darchalaridan ham
foydalanish mumkin.
RGB (Red. Green, Blue-qizil, koʻk, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir
qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar
platasi yordamida deyarli 16 million rangning barchasini monitorda aks ettiradi.
RGB ranglar majmuasi bilan ish-langan barcha tasvirlami
xohlagan formatda
diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman
tabiatda uchra-maydi.
CMYK - tabiatda mavjud boʻlgan ranglar majmuasi. Quyosh nurlari inson
koʻzlari ajrata oladigan barcha ranglarni oʻzida mujas-samlashtirgan.
Quyosh
nurlari biror jismga tushganda, inson koʻzlari uning taʻsiri ostida jism shakli va
rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning oʻt oʻchirish burchaklariga osib
qoʻyilgan oʻt oʻchirgich-lar toʻq koʻk va zangori ranglar bilan boʻyalgan
boʻlishiga qaramay, bizning koʻzimizga toʻq qizil rangda koʻrinadi. Ranglarning
bir-biriga qoʻshilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
С - havorang;
М - binafsharang;
Y - sariq rang;
К - qora rang.
Bosma mashinalar va bosmaxonalarda tasvirlar yuqorida keltirilgan
ranglarning kombinatsiyasidan foydalangan holda toʻla tasvirni ifodalaydi.
RGB ranglar majmuasida oq rang uchala
rangning maksimal ara-
lashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi oʻlaroq olinadi.
CMYK ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish
uchun buning aksini bajarish lozim. Yaʻni toʻrt rangning minimal qoʻshilishidan
oq rang hosil boʻladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud.
RGB ranglar majmuyi keng koʻlamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin
ularning koʻp qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop elganda monitordagidan
keskin farq qiladi. Shu bois ham koʻplab mutaxassislar tasvirni chop etishdan
awal uni CMYK sistemasiga oʻtkaza-dilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan
94
CMYK sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash
turli qiyinchiliklami tugʻdiradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri - kompyuter
juda sekin ishlashi. Bunga asosiy sabab
Adobe Photoshop dasturi RGB
sistemasiga sozlangan boʻlib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan
CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qoʻshimcha vaqt talab qiladi.
Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga moʻljallangan.
Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB
sistemasida ishlaydi.
17
Dostları ilə paylaş: