105
IV – BOB. ELEKTRON TAʻLIM RESURSLARI TAFSIFI
4.1. Elektron taʻlim resurslariga qoʻyiladigan talablar
Zamonaviy oʻquv elektron nashrlarni tahlil
etish ularning murakkab
tuzilishga ega boʻlib, kassifikatsiyaga muxtojligini koʻrsatadi. Elektron oʻquv
nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham oʻquv,
ham elektron hamda dasturiy
vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi:
Oʻquv
nashrlari
quyidagi turlarga boʻlinadi:
- oʻquv jarayonidagi ahamiyati va oʻrnini
belgilovchi funksional
xususiyatiga koʻra;
-maqsadiga koʻra;
- taqdim etiluvchi axborot xarakteriga koʻra;
- matnning tashkil etilishiga koʻra;
- ifoda etilish shakliga koʻra. Elektron nashrlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
- bosma
ekvivalentining mavjudligiga;
- asosiy axborot tabiatiga;
- maqsadiga;
- tarqatilish texnologiyasiga;
- elektron nashr va foydalanuvchi orasidagi muloqot xarakteriga;
-
davriyligiga;
- strukturasiga.
Hozirgi vaqtda oʻquv nashrlarining toʻrt xil turdagi nashrlarni oʻz ichiga
oluvchi tipologik modeli mavjud boʻlib, bularga:
Dasturiy-uslubiy (oʻquv rejasi va dasturlari);
Oʻquv-uslbiy (uslubiy koʻrsatmalar, yoʻriqnomalar);
Oʻqituvchi (darsliklar,oʻquv qoʻllanmalari, maʻruza matnlari);
Yordamchi (praktikumlar, masala va mashqlar toʻplamlari).
Shu bilan birga bu guruhga nazorat qiluvchi elektron oʻquv nashrlari
boʻlmish - test dasturlar va berilganlar bazalarini kiritish mumkin.