Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar


Oʻquv materiallarini taqdim etish shakllari



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Oʻquv materiallarini taqdim etish shakllari 


123 
Elektron darsliklardan oʻquv jarayonida keng foydalanishning asosiy 
muammosi - bu kompyuter ekranidan katta xajmdagi axborotlarni oʻqishdir. 
Ushbu muammoni hal qilish uchun elektron darsliklarni matn va ovozli shaklda 
taqdim etish mumkin. Bu ikki usul bitta oʻquv materialini turli shaklda taqdim 
etishi bilan farqlanadi, xolos. Elektron darslikning matn uslubida oʻquv materiali 
gipermatn koʻrinishida taqdim etilib, unda grafik, chizma, diagramma, 
fotografiya, animatsiya va video qoʻllaniladi.Elektron darslik materiali talabaga 
diktor ovozi bilan yetkazilib, slayd-shou koʻrinishdagi material bilan birga 
beriladi. Audio va video axborotlarning oʻzaro birgalikda qoʻllanishi oʻqitish 
samaradorligini keskin yuksaltiradi. 
Qidirish va yullash imkoniyatlari 
Yoʻllash tizimi barcha axborotlarni tarkiblashtirishga asoslangan boʻlib, 
yagona 
boʻlim/bob/mavzu/mavzu osti/ 
taqdim etish ierarxiyasidan foydalansa 
boʻladi. Kompyuter ekranida elektron darslikning ushbu ierarxiya tizimi 
tuligicha namoyish etilishi mumkin. Bundan tashqari koʻrib chiqilgan oʻquv 
materialiga qaytish, keyingisiga oʻtish va giperaloqa asosida boshka 
boʻlimlardan izlash imkoniyatlariniham kiritish lozimdir. 
Elektron darsliklarda qidirish tizimi indeksli va toʻlik matnli boʻlishi 
mumkin. Indeksli qidirish biror-bir koʻrsatmalar majmuasi asosida yoʻlga 
qoʻyiladi. 
Toʻliq matnli kidirishda asosan biror-bir soʻz, soʻzlar ketma-ketligi 
asosida qidirish mumkin boʻladi. Kerak boʻlgan axborotlarni qidirishning 
bunday usullari Internet xalqaro axborot tarmogida ishlaganlar uchun yangilik 
emas. 
Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish 
Elektron darsliklar asosida bilim olayotgan talabalarning bilim 
darajalarini aniqlash uchun ular tarkibidagi avtomatlashtirilgan test tizimlardan 
foydalaniladi. 
Test tizimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
• test natijalarining obʻektivligi; 


124 
• oʻquv materiallarini qamrab olish; 
• oʻqitish elementlarini test jarayoniga kiritish; 
• qayta test topshirish imkoniyati. 
Koʻpincha ikki turdagi test topshirish yoʻlga qoʻyiladi: javoblarning bir 
nechta variantidan bittasini tanlash va ikki gurux elementlarini oʻzaro mos 
kelishini belgilash. Javobning berilgan variantlarini tanlash boʻyicha test usuli 
keng tarqalgan. 
Natijalarning obʻektivligini taʻminlash va testni qayta topshirishni 
taʻminlash maqsadida savollar bazadan tasodifiylik asosida tanlab olinadi. Test 
mobaynida oʻqitish elementlarini qoʻllash boʻyicha talabaga javoblarning 
toʻgʻriligi haqida axborot berilib boriladi va test tugagandan soʻng yaxshi 
oʻrganilmagan mavzular roʻyxati beriladi. Test topshirishni biror bir mavzu yoki 
toʻliq kurs boʻyicha topshirish mumkin. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin