124
• oʻquv materiallarini qamrab olish;
• oʻqitish elementlarini test jarayoniga kiritish;
• qayta test topshirish imkoniyati.
Koʻpincha ikki turdagi test topshirish yoʻlga qoʻyiladi: javoblarning bir
nechta variantidan bittasini tanlash va ikki gurux elementlarini oʻzaro mos
kelishini belgilash. Javobning berilgan variantlarini tanlash boʻyicha test usuli
keng tarqalgan.
Natijalarning obʻektivligini taʻminlash va testni qayta topshirishni
taʻminlash maqsadida savollar bazadan tasodifiylik asosida tanlab olinadi. Test
mobaynida oʻqitish elementlarini qoʻllash boʻyicha talabaga javoblarning
toʻgʻriligi haqida axborot berilib boriladi va test tugagandan soʻng yaxshi
oʻrganilmagan mavzular roʻyxati beriladi. Test topshirishni biror bir mavzu yoki
toʻliq kurs boʻyicha topshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: