Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar


Internetdan taʻlim jarayonida foydalanishdagi baʻzi muammolar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

 Internetdan taʻlim jarayonida foydalanishdagi baʻzi muammolar.
Internetdan taʻlim jarayonida foydalanish baʻzi muammolarni keltirib chiqarishi 
mumkin. Internetdagi axborotlar hajmining juda kattaligi, umumiy tuzilmaning 
yoʻqligi axborot qidirishni qiyinlashtiradi. Zarur axborotni qidirish jarayonida 
nazoratsiz tinglovchi nomaʻlum saytlarga (chat, anekdot, oʻyinlar) kirib asosiy 
maqsaddan chetga chiqishi mumkin. Taʻlim sifatining oshishi tinglovchilarga 
yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini berish orqaligina emas, balki 
bunday texnologiyalar oʻqish jarayonida qanday metodlardan foydalanishiga 
bogʻliq. Shuning uchun oʻqituvchining nazoratisiz oʻqish jarayonini tashkil etish 
samara bermaydi. Oʻqituvchi nazoratini tashkil etishda INTERNET-muloqot 
bahslarida ishtirok qilgani uchun tinglovchini avvaldan eʻlon qilingan 
ragʻbatlantirish tizimi (qoʻshimcha ballar) samarali boʻladi. Bunda 
tinglovchilarning oʻzlari ham bahslar mavzularini taklif etishlari mumkin. 


134 
Videokonferensiya. Taʻlim tizimini isloh qilishdagi asosiy vazifalardan 
biri, Kadrlar tayorlash milliy dasturida ham taʻkidlanganidek, taʻlim tizimini 
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʻminlashga katta 
eʻtibor qaratilgan; taʻlim tizimining barcha darajalarini toʻliq miqiyosida 
kompyuterlashtirish; taʻlim maskanlarida lokal hisoblash tarmoqlarini tashkil 
qilish va global tarmoqqa ulash va hokazo. 1998 yilda ishga tushirilgan Trans-
Osiyo-Evropa optik tolali magistrali yordamida, bizning mamlakat ham oxirgi 
vaqtlarda yuzaga kelgan axborot vaakumidan chiqishga erishdi. Bu optik tolali 
magistral jahon axborot tizimiga bogʻlanish imkonini yaratdi. Bu 
Respublikamizning shu jumladan Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishidagi muhim omillardan hisoblanadi. Taʻlim tizimini isloh qilishda, 
rivojlangan mamlakatlarning yirik univesitetlari blan aloqani mustahkamlash 
kerak boʻladi, oʻquv jarayonini boshqarish va tashkil etishda ularning ish 
tajribalarini oʻrganish va bu yoʻnalishda ilgʻor texnologiyalardan foydalanish 
zarur. Bizning respublikamizda dunyoning yetakchi universitetlari professor-
oʻqituvchilarining maʻruzalarini eshitishni hohlovchi isteʻdodli yoshlar juda 
koʻpchilikni tashkil etadi. Bunda ularga bu imkoniyatni yaratib berish, yetakchi 
universitet va ilmiy markazlarga oʻqitishga, tajriba oshirishga yuborish 
moliyaviy jihatdan juda katta muammo hisoblanadi. Bunda masofadan oʻqitish 
tizimi muammoni hal qilishda katta yordam beradi va moliyaviy xarajatlarni 
kamaytiradi. Shunga koʻra, Respublikamizda masofaviy oʻqitishni video 
konferensiya koʻrinishda va boshqa metodlar yordamida oʻtkazish kelajagi 
porloq. 1999-2003 yillarda Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat 
konchilik institutida yevropa ittifoqining TEMPUS-Tacis dasturi doirasida 
Oʻzbekistonda masofaviy oʻqitish‖ xalqaro taʻlim loyihasi muvaffaqiyatli 
bajarildi. Ushbu loyihada yevropa ittifoqidan Gamburg-Xarburg texnika 
universiteti (Germaniya), Tventi univesiteti (Gollandiya) va Alborg 
univesitetlari (Daniya) ishtirok etishdi.Oʻzbekiston va yevropa ittifoqi davlatlari 
universitetlari hamkorligidagi masofaviy oʻqitish loyihasi quyidagi maqsad va 
vazifalarni bajarishni oʻz oldilariga qoʻygan edi: 


135 
• yevropa ittifoqi davlatlari universitetlarining yirik olimlari va 
mutaxassislari oliy taʻlim muammolari haqidagi maʻruzalarini tashkil qili 
• yevropa ittifoqi universitetlari yirik olimlari va mutaxassislari 
ishtirokida ilmiy va texnik muaommolar haqidagi videokonferesiyalarni tashkil 
qilish; 
• Seminar mashgʻulotlarini oʻtkazish; 
• Yigʻilishlar va konferensiyalar oʻtkazish; YAngi texnologiyalar va 
texnik vositalarning taqdimotini va namoyishini oʻtkazish;
• yevropa ittifoqi davlatlari va Respublika OOʻYU ilmiy-tadqiqot 
muammolariga bagʻishlangan hisobotlar va montoringlar oʻtkazish;
• Innovatsion texnik muammolarni hal qilishda birgalikda ishlash;
Bu loyiha doirasida quyidagi uchta yoʻnalish boʻyicha yuqori malakali 
kadrlarni tayorlash ham koʻzda tutilgandi:
• Telematika (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari); 
• Kimyo texnologiyalari (gaz va neft mahsulotlarini qayta ishlash). 
Bu loyihani ishga tushirish oliy taʻlimni isloh qilishga koʻmaklashishiga 
yoʻnaltirilgan va bu quyidagi muhim ilmiy-amaliy vazifalarni yechishga 
imkoniyat yaratib berdi:
• Ochiq taʻlim konsepsiyasini qoʻllash va taʻlim jarayoni uchun 
zamonaviy texnologiyalarni sinash va ularni rivojlantirish;
• Oʻquv jarayoniga innovatsiya texnologiyalarini qoʻllash;
•Yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan 
holda masofaviy oʻqitish tizimini takomilashtirish.
Masofadan videokonferensiya tizimini qoʻllash yordamida interaktiv 
oʻquv mashgʻulotlarini olib borish imkoniyati yaratildi, yaʻni interfaol usulda 
maʻruzalarni oʻqish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar va hokazo.
Interfaol forma – masofadan videokonferensiya oʻqitish tizimi, 
masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali oʻqitishdan farq qiladi, xuddi 
radiodan va televideniyadan maʻruza oʻqish kabi.


136 
Masofadan videokonferensiya tizimi – matnli axborotlar almashish, 
fayllar almashish imkonini beradi. Tashqi elektron doska qoʻllashda oʻqituvchi 
doskaga yozadi va bu videokonferensaloqa koʻmagida boshqa auditoriya 
tinglovchilariga koʻrsatiladi.
Elektron doskadan masofadan oʻqitish tizimi foydalanuvchilari bir xil 
foydalanishlari mumkin, yaʻni bir doskaga chizilgan rasm boshqa auditoriyadagi 
doskalarda koʻrsatiladi. Mashgʻulot olib borish jarayonida videokamera avtomat 
tarzda maʻruza oʻqiyotgan proffessor, talaba yoki savol beruvchi tomonga 
buriladi. 
Mashgʻulotlarni masofaviy oʻqitishning videokonferensiya tizimidan 
foydalanish alohida talablar asosida tashkil etiladi. Birinchidan, talabalar uchun 
ham oʻqituvchi uchun ham alohidagi talablar qoʻyiladi. Efir vaqtini tejash 
maqsadida, oʻqituvchi avvaldan oʻtadigan mavzularini taqdimot materiallar 
koʻrinishida tayorlab olishi talab etiladi. Masofaviy oʻqitishning 
videokonferensiya tizimida oʻqituvchi oʻzini xuddi sahnadagi aktyor kabi his 
etishi va tinglovchilar ham oldindan mashgʻulotni oʻzlashtirish jarayoniga 
tayyor turishlari talab etiladi. Tinglovchilarga maʻruza bilan oldindan tanishib 
chiqish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, masofadan oʻqitishning videokonferensiya 
tizimi oʻrnatilgan auditoriya maxsus jihozlangan boʻlishi kerak: 
qorongʻulashgan xona, oval formadagi tinglovchilar stoli va terminal kamera 
qurilmasi toʻliq xonani va elektron doskani koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻlishi 
kerak. 
Masofadan oʻqitishning videokonferensiya tizimidan foydalanish 
ishtirokchilar uchun axborot almashishda qulaylik yaratadi va ortiqcha 
xarajatlarni qisqartiradi. 
Videokonferensiya – bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali 
foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda koʻradi, eshitadi va maʻlumotlar 
bilan almashadi. 


137 
Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab 
chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan 
boshlanadi. 
Videokonferensiya oʻtkazish uchun asosan ikkita shartni bajarish lozim: 
a) Videokonferensiyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan kompyuter 
(texnik) qurilmalari; 
b) Videokonferensiyani oʻtkazish talabiga javob beruvchi aloqa 
kanallaridan foydalangan holda, muloqotga chiquvchilar bilan bogʻlanish.
Videokonferensiya nima? Videokonferensiyalar-bu odamlarga biri-biri 
bilan muloqot qilish imkoniyatini beruvchi kompyuter texnologiyasidir. Oddiy 
kompyuter yordamida maʻlumotlarni koʻrish, almashish, birgalikda tahlil qilish 
mumkin. Bunda biz koʻrish va eshitish imkoniyatiga ega boʻlamiz. 
Konferensiyada qatnashish uchun quyidagilar zarur:
Kompyuterda maxsus videokonferensiyani taʻminlovchi qurilma va 
programm taʻminot oʻrnatilgan boʻlishi shart;
Videokamera; 
Audiomikrofon;
Internet. 
Videokonferensiyalar nima uchun kerak?
100 marotaba eshitgandan koʻra bir marta koʻrgan maʻqul deyishadi. 
Haqiqatan ayrim vaziyatlarda suxbatdoshni eshitish yetarli boʻlmaydi. Ilmiy 
tekshirishlar telefon orqali muloqot qilinganda maʻlumotning 10 foizigina qabul 
qilinishini koʻrsatdi. Suhbatdoshni koʻrganda maʻlumotning 60 foizi qabul 
qilinadi. Shuning uchun insoniyat qimmatli vaqtining aksariyatini safarlarga 
sarflaydi. Bunda vaqtdan va puldan yutqazadi. Bu muammoni 
videokonferensiyalar yengilgina hal etdi. Endilikda universitetlar, yirik-yirik 
korxonalar muzokara va turli anjumanlarni videokonferensiyalar yordamida 
amalga oshirmoqda.
Videokonferensiya quyidagi imkoniyatlarga ega:


138 
Bir paytning oʻzida dunyoning turli nuqtalaridagi mutaxassislarni 
virtual konferens xonaga yigʻish.
Turli — matnli, audio va videoli 
maʻlumotlarni uzatish.
Birgalikda maʻlumotlarni koʻrish.
Boshqalarni koʻrish va ularning 
fikrini eshitish va umuman muhokamada aktiv 
ishtirok etish.
Operativ ravishda maslahatlar (konsultatsiyalar) 6erish yoki olish
Demak, videokonferensiya birgalikda maʻlumotlarni interaktiv holda 
(bir paytning oʻzida) koʻrish, eshitish va tahlil qilish imkoniyatini beruvchi 
Internet anjumanidir. 
Hozirgi kunda bu anjuman oʻqishda (masofadan oʻqitish), meditsinada 
(telemeditsina), boshqarishda (elektron ofislar), ehtiyotlash tizimlarida va 
boshqa turli sohalarda juda qoʻl kelmoqda. Faraz qilaylik, siz bir muammo bilan 
ishlamoqdasiz, va uni boshqa mamlakatdagi hamkasblar bilan muhokama 
qilmoqchisiz. Bir joyga yigʻilish uchun mablagʻ va vaqt zarur. Internet 
yordamida bu muammoni tezgina muhokama qilib hal qilish mumkin. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin