Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Nazorat savollari 
1.
Elektron darsliklarni turlari. 
2.
Elektron darsliklarning anʻanaviy usullarga nisbatan afzalliklarini
3.
Oʻqituvchi va oʻquvchining oʻrtasida oʻzaro interaktiv va teskari 
aloqaning yoʻlga qoʻyilishi. 
4.
Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish. 
5.
Elektron darsliklarni loyixalashtirish. 
 
4.4.
 
Resurslarni tashkil qilishda multimedia vositalaridan foydalanish 
 
Telekonferensiya (teleconferencing) – ikki va undan ortiq guruh 
qatnashchilarining oʻzaro muloqotini tashkil etish uchun elektron aloqa 
kanallaridan foydalanish jarayonidir. Mavzuli fikr almashishlar moderator 
tomonidan boshqariladi. Telekonferensiya jarayonida ovoz, tasvir yoki 
kompyuter maʻlumotlari uzatiladi. Telekonferensiyaga joʻnatilgan xabar uning 
barcha qatnashchilariga yetkaziladi, yaʻni muloqot bir stol atrofidagi muloqot 
jarayoniga 
oʻxshaydi. 
Telekonferensiya 
oʻzida 
audiokonferensiya 
(audioconferencing), videokonferensiya (videoconferencing) va kompyuter 
konferensiyalari 
(computerconferencing) 
kabi 
texnologiyalarni 
mujassamlashtiradi. 
Hozirda 
kompyuter 
texnologiyalarining 
taraqqiyoti interfaol telekommunikatsiya texnologiyalarining yangi texnik 
imkoniyatlari videokonferensiya va audiokonferensiya kabi texnologiyalarning 
rivojlanishiga olib keldi. Interfaol masofaviy oʻqitish tizimining joriy etilishi 
videokonferensiya texnologiyalari bilan hamohang ravishda istalgan masofada 
sinxron 
axborotlar 
almashinuvini 
taʻminlaydi. 
Hozirda 
fanlarni 
kompyuterlardan foydalanib oʻqitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 


133 
Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan talabalarni shaxsga 
yoʻnaltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali 
foydalanish mumkin. Pedagoglar kompyuterdan mashgʻulotga metodik 
materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni oʻqitishda zarur kompyuter 
dasturlaridan foydalanishda, talabalar bilan individual ishlash jarayonida ham 
foydalanadilar. Kompyuter dasturiy vositalariga kiritilgan interfeysning 
qulayligi, pedagoglarga yangi axborot texnologiyalarini yaxshi oʻzlashtirishlari 
imkonini yaratadi. Bu bilimlarni uzatishda, malaka va koʻnikmalarni 
shakllantirishda katta ahamiyatga ega.Kompyuter texnologiyalarining oʻquv 
jarayonida asosli qoʻllashning yana bir muhim jihati, real jarayonlar va 
eksperimentlarning kompyuter modelini yaratish bilan aloqadorligidir. 
Kompyuter yordamida maʻlumotlarni qayta ishlash, model va natijalarning 
namoyishi, koʻp hollarda, qimmat turadigan eksperimental qurilmalarga boʻlgan 
ehtiyojni oʻrnini bosadi, ayrim hollarda (atom va kvant fizika, yarim 
oʻtkazgichlar, kimyo, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlardagi jarayonlarni 
modellashtirish) jarayonni namoyish etishning yagona usuli sanaladi. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin