Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar


Videokonferensiya respublikamizda tashkil etilganmi?



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Videokonferensiya respublikamizda tashkil etilganmi? 
Toshkent davlat peagogika universiteti VCON, Sanon, RADVision 
kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan videokonferensiya qurilmalari va 
UZNET provayderi aloqa kanalidan foydalangan holda, respublikamizning bir 
qancha OTMlari bilan videokonferensiya aloqasini amalga oshirmoqda. 
Jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari, Moskva davlat universitetining 
Toshkent shahridagi filiali, Guliston Davlat universiteti, Buxoro oziq-ovqat va 
yengil sanoat instituti, Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent Davlat yuridik 
instituti kabi OTMlarni misol keltirishimiz mumkin.
Elektron konferensiyalar. Telekonferensaloqa 
Masofaviy taʻlimda elektron konferensiyalar oʻrni haqida toʻxtalib 
oʻtamiz. Elektron konferensiyalar (ularni kompyuterli konferensiya deb ham 
ataladi) bu kompyuter monitorida bir-biridan turlicha uzoqlikda boʻlgan 
«konferensiya» qatnashchilari tomonidan uzatilgan xabar yoki maʻlumotlarning 
matnini (eng kamida) olish imkonini beradi, bunda ish joyining qurilmalar bilan 
jihozlanishi elektron pochta kabi boʻladi. Dasturiy taʻminot elektron 
konferensiyadan foydalanish holatiga bogʻliq.
Yangi axborot texnologiyalarining telekonferensaloqa va videotelefon 
vositalari oʻqituvchi va talabalar oʻrtasida ikki tomonlama aloqani oʻrnatish 
imkonini taʻminlaydi. Bunda bir vaqtning oʻzida videotasvirlarning, ovoz va 
grafiklarning 2 tomonlama uzatilishi amalga oshiriladi. Bularning barchasini 
mijozning (oʻqituvchi va talabalar) har bir monitori ekranida 3ta oynada bir 
vaqtda kuzatish mumkin. Katta auditoriyada guruhli mashgʻulotlar davomida 
monitordagi tasvirni katta ekranda suyuq kristalli yoki boshqa proeksiya 
qurilmalari yordamida namoyish qilish mumkin. Bitta ish joyining qurilmaviy-


142 
dasturiy jihozlanish talablari: kompyuter, monitor, printer, videokamera, mos 
dasturiy taʻminot, klaviatura, manipulyatorli sichqoncha, modem.
Videotelefonlar videokonferensaloqadan oʻlchamning chegaralanganligi 
va vizual axborotni namoyish etish sifati va kompyuter ilovalarini real vaqtda 
ishlatish imkoni yoʻqligi bilan farq qiladi. Bu sinf yangi axborot 
texnologiyalarining didaktik xossalari tasvir, ovoz, grafikani real vaqtda uzatish 
imkoni va talabalarga oʻquv maqsadlari uchun koʻrsatish imkonini oʻz ichiga 
oladi. Bu xossalar oʻqitishning anʻanaviy shaklida tuzilgan maʻruza, seminar va 
nazorat. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin