Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Nazorat savollari: 
 
1.
Dasturiy konstruktorlarning amaliy tahlili. 
2.
Elektron kitobning afzalliklari. 
3.
Bepul eBooks boʻlgan saytlar. 
4.
Elektron kitobning xususiyatlari. 
5.
eBook yaratish texnologiyasi. 
6.
Document Site ning afzalliklari. 
7.
Teach Book Lite ning afzalligi va kamchiligi. 
8.
 
NeoBook haqida umumiy nazariya.
 
 
4.6.
 
 Elektron dasrlik yaratish uchun instrumental vositalarni tanlash. 
Adobe Flash, Adobe Director, Adobe Dreamweaver, MS SharePoint 
Designer, CourseLab, AutoPlay Media Studio instrumental vositalari 
Flash texnologiyasiga - ShockWave Flash (SWF) formatli vektorli 
grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali 
grafik formatlardan boʻlmasada, SWF formati foydalanuvchilarga grafik 
imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web- 
brauzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud. Flash 
texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir, 
yaʻni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh kompyuterlari 
yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin. Yana bir qulay 
imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat animatsiyali boʻlishi, 
balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi hamda dasturlash orqali 
boshqarilishi mumkin. Flash texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol 


157 
multimediya dasturlar yaratish imkoniyati koʻpchilik Web-dizaynerlar 
oʻrtasidagi bahslarga sabab boʻlib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. 
Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Adobe 
kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-brauzerlari, Internet Explorer va 
Netscape Communicatorlar uchun elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, oʻz 
navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib 
keldi. Natijada ushbu web-brauzerlar yaratuvchilari swf formatini oʻz 
dasturlarini asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik 
dasturiy taʻminot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qoʻllay boshladi. 
Adobe kompaniyasi swf formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan 
taʻminlaganligi bu formatdan koʻp muxlislarning foydalanishiga olib keldi. 
Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha toʻliq 
toʻplamlari ham mavjud.
Hozirgi vaqtda Web-sahifalarni yaratishda birinchi oʻrinlardan birini 
rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics Interchange Format 
- maʻlumotlar almashuvi uchun grafik format), JPEG (Join Photographic Experts 
Group – tasvir boʻyicha mutaxassislar birlashgan guruhi) va PNG (Portable 
Network Graphics- koʻchirma grafik format) va boshqa formatlarni keltirish 
mumkin. Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar – 
inglizca pixels) dan iborat boʻladi. Bu nuqtalar bir - biri bilan bogʻliq 
boʻlmaganligi uchun ushbu nuqtalarni har birga rangi va koordinatasi berilishi 
kerak. Oddiy holda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan, oq-qora), u 
holda har bir pikselni taʻriflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq) 
taʻriflash etarli boʻladi. 256 - rangli rasm uchun har bir pikselga bunday 
razryadlardan 8 ta kerak boʻladi (256=2 8 ). Juda ham murakkab fotorealistik 
rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar 
oʻlchami tasvirni rang chuqurligi oʻsgani sari oshib boradi. Rastrli tasvirlarni 
yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel oʻlchamiga bogʻliq, u 
esa oʻz navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. Shuning uchun bir xil 
rasm turli monitorlarda har xil koʻrinishga ega boʻlishi mumkin. Rastrli tasvir 


158 
oʻlchamini oʻzgartirish juda ham murakkab ishdir. Chunki bunday tasvirni 
kattalashtirish piksellar sonini oʻsishiga olib keladi. Kompyuter grafikasi 
sohasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastrli tasvirlar piksellar 
«koʻ naytirish» yoki “oʻchirish (agar tavirni kichraytirish kerak boʻlsa)” 
algoritmlari ishlab chiqilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani oqilona bajara 
olmaydi. Web-sahifalarni yaratishda birinchi oʻrinlardan birini vektorli grafika 
ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan 
berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, 
istalgan doirani tasvirlash uchun uch-toʻrt raqam kerak boʻladi: radius, markaz 
koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika rastrli 
grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: · vektorli tasvirlarni belgilovchi 
matematik formulalar kompyuter xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda 
kamroq joy egallaydi; · tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini 
yuqotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi; · tasvirni 
bir platformadan ikkinchisiga koʻchirishning qulayligi. Albatta, vektorli 
tasvirlarni oʻz kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik tasvirni vektorli 
formatda namoyish qilish murakkabroq. Flash yaratuvchilari bunga echimni 
tonishgan. Flash yordamida Web – sahifalar tuzishda siz nafaqat vektorli balki 
rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.
Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va 
foydalanuvchi oʻrtasidagi oʻzaro aloqani taminlovchi vositalar va qoidalar 
yigʻindisi tushuniladi. Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli 
zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy boʻlib qolgan grafik oynali interfeys 
printsiplariga asoslanadi. Dreamweaver paketi oʻsha sinfdagi boshqa dasturlar 
bilan taqqoslaganda ancha aniq, moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli 
interfeys hisoblanadi. Palitralar, koʻp sonli klaviatura kombinatsiyalari va 
menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha 
operatsiyalar toʻxtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) 
yoki panellar (panel) deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan 
pozitsiyalarida emas, balki ixtiyoriy joyida joylasha oladigan oynalar koʻchib 


159 
yuruvchi palitralar (floating plette) deb ataladi. Dteamweavet dasturi muloqot 
oynalarining koʻpchiligi koʻchib yuruvchi palitralar koʻrinishida ishlaydi.
Palitralar va panellar orasidagi kichik farqlar dasturni tavsiflash uchun 
sezilarli ahamiyatga ega emas. SHuning uchun kelgusida bu atamalarni 
sinonimlar sifatida qoʻllaymiz.
Deyarli barcha palitralar birlashish xususiyatiga ega. Bu har xil 
palitralarni bitta muloqot oynasida joylashtirish mumkinligini bildiradi. 
Birlashtirish amali turli mavzu yoki buyruqlarga tegishli boshqaruv vositalariga 
ega boʻlgan koʻp funktsiyali terma palitralarni olish imkoniyatini beradi. 
Birlashish xususiyatiga ega boʻlgan palitralarni (ular dasturda koʻpchilikni 
tashqil etadi) modulli (dockable) palitralar deb ataymiz. Bir necha alohida 
modullardan iborat murakkab palitralar terma (tabbed) palitralar deb ataladi.
4.6.1-rasmda toʻrtta ochiq muloqot oynali dasturning tashqi koʻrinishi 
koʻrsatilgan. Boshqaruvning eng talab qilinuvchi vositasi soʻzsiz, Ptopetties 
inspectot (xossalar inspektori) palitrasi hisoblanadi. Uning yordamida HTML 
sahifalarida obektlarni formatlash va HTML sahifasidagi obektlarni tahrirlash 
boʻyicha koʻplab amallar bajariladi. Behavietos (rejimlar) palitrasi – bu moduli 
koʻchib yuruvchi palitraga misol boʻladi. Dreamweaver dasturi turli loyiha 
masalalarini hal qilishga moʻljallangan unga yaqin shunga oʻxshash obektlarga 
ega.


160 
4.6.9.-rasm. Dastur oynasining tashqi koʻrinishi
Rasmda ikkita oddiy modulli Layets va Histoty palitralardan iborat 
boʻlgan terma palitraga misol keltirilgan. Objekts palitrasi tashqi obektlar: 
rasmlar, jadvallar, qatlamlar freymlar va boshqa obektlarni qoʻyish uchun 
moʻljallangan. Rasmda koʻrsatilgan boshqa barcha boshqaruv elementlari 
hujjat oynasining ajralmas tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Texnik 
tizimlarning ishonchli ishlashi, dasturiy mahsulotlari interfeyslarining qulayligi 
asosida toʻgʻri tashkil qilingan. Dteamweavet paketi formatlash va 
tahrirlashning deyarli barcha asosiy buyruqlari uchun amalga oshirishning bir 
necha xil usullarini taklif etadi. Keng formatli ekranlarning omadli egalari 
ularni palitralar va panellar yordamida bajarishlari mumkin. Bundan mahrum 
foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori buyruqlarini va klaviatura 
tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
"SharePoint" yoki "Microsoft SharePoint mahsulotlari va 
texnologiyalari" bu dasturiy mahsulotlar quydagi komponentlarni oʻz ichiga 
oladi: 
-
hamkorlikni tashkil etish uchun web-ilovalar toʻplami; 
-
web-portallarni yaratish uchun funktsional imkoniyatlar; 


161 
-
hujjatlar va axborot tizimlarida maʻlumotlarni qidirish uchun 
modul; 
-
ish oqimini boshqarish funktsional imkoniyatlari va butun korxona 
tarkibini boshqarish tizimi; 
-
maʻlumotlarni kiritish uchun shakllarni yaratish uchun modul; 
-
biznesni tahlil qilish uchun funksionallik. 
SharePointdan foydalanuvchilarga hamkorlik qilish imkoniyatini 
beradigan saytlarni yaratish uchun foydalanish mumkin. SharePoint 
platformasida yaratilgan saytlardan maʻlumotlar, bilimlar va hujjatlar ombori 
sifatida foydalanish mumkin, shuningdek, wikilar va bloglar kabi oʻzaro 
aloqalarni osonlashtiradigan web-asosli dasturlarni amalga oshirish uchun 
foydalanish mumkin. Foydalanuvchilar Web Parts (SharePoint WebParts) deb 
nomlangan boshqaruv vositalaridan foydalanib, roʻyxatlar va hujjatlar 
kutubxonalaridagi maʻlumotlarni boshqarish va oʻzaro aloqada boʻlishlari 
mumkin. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin