Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar


Konferensiyada quyidagilar muhim ahamiyatga ega



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Konferensiyada quyidagilar muhim ahamiyatga ega: 
Bogʻlanish tarmogʻi sifati va tezligi yuqori boʻlishi shart (64MbGʻsek 
da ishlash mumkin, lekin 128 MbGʻsek tavsiya etiladi). Odatda 
videokonferensiyalarni oʻtkazish uchun 64 KbGʻs do 512 KbGʻs tezlikli ISND 
yoki 1-1.5 MbGʻs gacha boʻlgan IR tarmoqlardan foydalaniladi. Qoniqarli sifatli 
tasvirlar 200 KbGʻs tezlikda va yuqori sifatli tasvirlar 300 KbGʻs tezlikda 
olinadi. 
Audio va video maʻlumotlarni ishlash tezligi muammosi, yaʻni 
uzatilayotgan maʻlumotlarni kodlash va qayta tiklash tezligi. Agar kompyuter 
kelayotgan kadrlarni, ovozlarni qayta ishlashga ulgurmasa, video va audio 


139 
maʻlumotlarda uzilish boʻladi. YAʻni maʻlumotlar toʻla aks ettirilmaydi. Bunda 
videokonferensiya mazmuni yoʻqoladi. Bu muammoni odatda maxsus kodek 
yordamida hal etish mumkin. Kodak maxsus qurilma boʻlib u kompyuterga 
oʻrnatiladi. Kodekning vazifasi tarmoq uchun signalni siqib va ochib berishdir.
Konferensiyalarni 2 nuqta (obʻekt) va koʻp nuqtalar (obʻektlar) oʻrtasida 
oʻtkazish mumkin.
Maxsus videoserverlar yordamida koʻp nuqtali videokonferensiyalarni 
oʻtkazish mumkin. Buning uchun maxsus videosereverlardan koʻp nuqtali 
videokonferensiya qurilmasi -MSU ( Multi Conference Unit) dan foydalaniladi. 
Bu qurilmalar videokonferensiya imkoniyatlarini oshiradi. Videoserver 3 va 
undan ortiq nuqtalarni bogʻlash imkoniyatini beradi. Masalan, konferensiyada 
10 nuqta ishtirok etishi mumkin, Kompyuter 9 nuqtadan kelayotgan 
maʻlumotlarni qabul qilishi va ularga uzatishi zarur boʻladi.
Videokonferensiya qurilmalari
. Videokonferensiya nima uchun kerak 
degan savolga quyidagi sabablarni koʻrsatish mumkin. Insonlar kundalik 
hayotida olayotgan maʻlumotlarni 80-85% ni koʻrish orqali oladi. Shuningdek, 
boshqaruv ishlari, meditsina, masofaviy taʻlim va boshqa jabhalarda 
videokonferensiyani ahamiyati juda muhim. Minglab kilometr masofadagi 
shaxslarni real vaqtda muloqotini oshirish ham vaqt, ham iqtisodiy 
tejamkorlikka olib keladi. 
Videokonferensiyani tashkil etish uchun qanday qurilmalar kerak ? 
Videokonferensiyani amalga oshirishda ISDN, V.35, E1GʻT1 aloqa kanallaridan 
va IP tarmoqdan foydalaniladi. ISDN aloqa kanali 256-512 kbitGʻs, IP tarmoq 
512-1024 kbitGʻs tezlikka ega boʻlishi tavsiya etiladi. 200 - 300 kbitGʻs tezlikda 
tasvir tiniqligi va almashish oʻrtacha holatda boʻladi. Tasvir va ovozni almashish 
uchun maxsus videokodeklardan foydalaniladi. Videokodeklar PCI plata sifatida 
kompyuterga oʻrnatiladi. Videokodeklar joʻnatilayotgan maʻlumotlarni saqlaydi 
va kodlaydi, qabul qilayotganda esa asl holatiga qaytaradi. Agar aloqa tezligi 
past boʻlsa yoki videokodek maʻlumotlarni tahlil qilishda muammolar paydo 
boʻlsa, u holda tasvirda kadrlar tushib qoladi va ovoz kanalida uzilishlar paydo 


140 
boʻladi. Bu qurilmalardan tashqari videokonferensiyani tashkil etishda quyidagi 
qurilmalar lozim boʻladi: Koʻptugunli videoserverlar (MCU, Multipoint Control 
Unit). Videoserverlar bir vaqtni oʻzida bir necha tugunlarni oʻzaro bir biri bilan 
bogʻlab, tasvir va ovozlarni tez uzatishda qoʻllaniladi. 
Ko‟ptugunli videoserverlar. 
Videoserverlar asosan ikki holatda ishlaydi: 
a) ovoz aktivligi boʻyicha - bunda barcha ishtirokchilar bir vaqtda faqat 
gapirayotgan tomon bilan muloqotda boʻla oladi; 
b) ekran mayda boʻlaklarga boʻlingan holda barcha ishtirokchilar bir-
birlari bilan muloqotda boʻladi. 
Maxsus videokameralar. Bu qurilmalar tasvirni uzatish vositasi 
hisoblanadi. Hozirgi paytda Canon, Genius, Axis, Sony kompaniyalari 
tomonidan ishlab chiqilgan kameralar sifati va imkoniyati jihatidan alohida 
ajralib turadi. Asosan kameralar vertikal boʻylab 30 dan 90 gradusgacha, 
gorizontal boʻylab deyarli 360 gradus koʻrish chegarasiga ega. RS-232 razyomi 
orqali ularni kompyuterga ulash bilan birgalikda, kameralar tarmogʻini ham 
hosil qilish mumkin. Tasvirlar Motion-JPEG formatida boʻlib, sekundiga 30 ta 
kadr almashiniladi. Foydalanuvchilar bu kameralarni kompyuter orqali yoki 
masofadan turib boshqarishlari mumkin. Boshqarish jarayonida tasvir tiniqligi, 
masshtabi, kamerani burish kabi amallarni bajarish mumkin.
Kolonkalar va mikrofonlar. Kolonkalar ovozni eshitish uchun 
moʻljallanib, stereo kolonkalardan foydalaniladi. Kolonkalar quvvati xona 
kengligiga qarab tanlanadi. Mikrofonlar sifatida yuqori sifatli yakka va tarmoqqa 
ulangan mikrofonlardan foydalaniladi. Tarmoqqa ulangan mikrofonlar ketma-
ketligi umumiy va alohida boshqaruvga ega. 
Modemlar. 
Modemlar 
maʻlumotlarni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Rad, 
Linksys, UsRobotics kompaniyalaring IDSL modemlaridan keng foydalaniladi. 
Modemlar juft holatda maxsus ajratilgan tarmoq orqali aloqani taʻminlaydi.
Multimediali proyektorlar va monitorlar. Bu qurilmalar tasvirni 
kattalashgan holatda koʻrish imkonini beradi. Bir vaqtda multimediali proektor 


141 
va monitorlarga oddiy kompyuter monitorini ulashimiz mumkin. Asosan 27 yoki 
29 dyuymli monitorlardan foydalaniladi. Videokonferensiya tizimini texnik 
qurilmalar va dasturiy vosita bilan taʻminlovchi VCON, Polycom, RADVision, 
Avaya kompaniyalari mahsulotlaridan foydalaniladi.

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin