Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Nazorat savollari: 
 
1.
Telekonferensiyalarni tashkil qilishda qoʻllaniladigan texnik 
vositalar? 
2.
Internetdan taʻlim jarayonida foydalanishdagi baʻzi muammolari? 
3.
Konferensiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan jihatlar qaysilar? 
4.
 
Interfaol forma nima?
 
5.
 
Koʻptugunli videoserverlar haqida gapirib bering?
 
6.
 
Maxsus videokameralarning afzalliklari?
 
7.
Videokonferensiya respublikamizda tashkil etilganmi? 
8.
Multimediali proektorlar va monitorlar haqida nimalarni bilasiz? 
4.5.
 
 Elektron darslik yaratish uchun dasturiy vositalarni tanlash. 
Document Site, Constructor Elektronic books, Teach Book Lite, NeoBook 
dasturiy konstruktorlarni koʻrib chiqish 
Elektron darslik bu mavjud oʻquv qoʻllanma, darsliknining undan 
foydalanuvchiga qulaylik yaratish maqsadida maxsus dasturiy vositalar 
yordamida ixcham holatga keltirilgan maʻlumotlar toʻplamidan iborat. Elektron 
darslik tayyorlashda taqdim etilayotgan maʻlumotlar undan foydalanuvchilarga 


143 
qulay, qiziqarli va kerakli boʻlishligi ahamiyatlidir. Hozirgi kunda elektron 
darsliklarni bir necha xil tayyorlash usullari mavjud. Koʻpchilik holatlarda 
tayyorlanayotgan elektron darslik maʻlumotlari dastlab HTML sahifalari 
koʻrinishiga oʻtkaziladi. HTML tili imkoniyatlaridan foydalanib ham elektron 
darslik tayyorlash mumkin. Bu sohaning hozirda imkoniyatlari kengaygan. 
HTML sahifalari tayyorlovchi va ularga bezak berish imkonini beruvchi maxsus 
dasturlar ishlab chiqilgan. Bunday dasturlarga misol sifatida Microsoft 
FrontPage, Dreamweaver dasturlarini keltirish mumkin. Bu dasturiy vositalar 
yordamida osonlik bilan elektron darsliklar tayyorlash va tahrirlash 
imkoniyatlari mavjud. Lekin bularda maʻlumotlar .html yoki .htm kengaytmali 
koʻrinishda saqlanadi va elektron darslik tarkibidagi maʻlumotlar koʻp 
boʻladigan boʻlsa uni maʻlumot tashuvchi kompyuter qurilma (fleshka) larga 
koʻchirish yoki koʻchirib olish koʻp vaqt talab etadi. Bu esa doim ham 
hushlanavermaydi. Anashu holatlardan qochish uchun maxsus dasturiy vositalar 
ishlab chiqilgan boʻlib, ular yordamida mavjud HTML tilida tayyorlangan 
elektron darsliklarni osonlik bilan exe yoki chm kengaytmali fayllar holatiga 
keltirish mumkin. Bunday elektron darsliklar foydalanishga qulayligi va 
yuqoridagi kamchliklardan holiligi bilan oddiy HTML maʻlumotlar toʻplamidan 
iborat boʻlgan elektron darsliklardan afzal hisoblanadi. Bu elektron darslikning 
afzalligi uning hajmini oddiy HTML hujjatlari papkasidan iborat elektron darslik 
hajmidan kichikligidir. Bunday elektron darsliklarni koʻchirish yoki koʻchirib 
olish oson va qisqa vaqt talab etadi. Butun bir-biriga bogʻlangan HTML 
maʻlumotlar bitta exe yoki chm fayli holatiga keltiriladi. Bunday elektron darslik 
tayyorlovchi dasturlar orasida SbookBuilder va htm2chmdasturlari oʻziga xos 
mavqega ega. Quyida anashu dasturlar imkoniyalari bilan tanishib chiqamiz. 
SbookBuilder dasturi yordamida elektron darsliklar tayyorlash. 
Hozirda vaqtda bir necha xil elektron darslik tayyorlash imkonini 
beruvchi dasturlar mavjud. Oddiy HTML koʻrinishida elektron darslikni biror 
bir matn muharrida ham tayyorlash mumkin (misol uchun, HTML sahifalarni 
Notepad matn muharrida tayyorlash uchun HTML kodlarini matn muharriga 


144 
yozib saqlashda .htm yoki .html kengaytma berish kifoya ) yoki maxsus HTML 
maʻlumotlar tayyorlashga moʻljallangan Microsoft FrontPage, Dreamweaver 
kabi dasturlari yordamida ham tayyorlash mumkin. Lekin .chm yoki .exe 
kengaytmali faylllar oʻzining yaxlitligi va oson nusxasini koʻchirib olinishi bilan 
oddiy HTML sahifalar toʻplamidan iborat elektron darsliklardan afzal 
hisoblanadi. 
Ushbu dastur bepul tarqatiluvchi dasturlardan biri boʻlib osonlik bilan
elektron darsliklar tayyorlashga juda qulaydir. Ushbu dasturni global 
tarmoqning ushbu http://jansfreeware.com manzilidan koʻchirib olish 
mumkin.Dastur hech qanday oʻrnatilishni talab qilmaydi. Ushbu dastur mavjud 
HTML sahifalarini .exe fayl koʻrinishidagi elektron darslik holatiga keltiradi. 
Yaʻni bu dasturda avvaldan tayyorlab olingan bir-biriga bogʻliq HTML sahifalar 
koʻrinishidagi maʻlumotlarni yaxlit bir .exe fayl koʻrinishiga keltiradi. Uni ishga 
tushirish uchun SbookBuilder.exe fayli ustida sichqoncha chap tugmasini ikki 
marta bosamiz va natijada 
4.5.1.- rasm. SbookBuilder dasturi oynasi 
Ushbu dastur bilan ishlash oynasi ochiladi 


145 
4.5.2.- rasm. SbookBuilder dasturi ishchi oynasi 
Bu dastur juda sodda tuzilmaga ega. Uning quyidagi boshqarish 
maydonlari mavjud: 
1)
Select folder – bu maydonda HTML maʻlumotlari joylashgan papka 
tanlanadi. Quyidagi rasmlda Qoʻllanma nomli papka tanlangan uni tarkibidagi 
maʻlumotlar Files boʻlimida koʻrsatilgan. 
4.5.3.- rasm. SbookBuilder dasturida yaratilgan mahsulotni saqlash 
oynasi 
2)
Select homepage – maydon yordamida bosh sahifa tanlanadi. Bosh 
sahifa shunday boʻlishi kerakki boshqa sahifalar u bilan bogʻlangan boʻlish 
lozim. 


146 
4.5.4.- rasm. SbookBuilderda yaratilgan mahsulotni yuklash 
oynasi 
3)
Enter title – bu maydonda elektron darslikka sarlavha yoziladi 
4.5.5.- rasm. SbookBuilder dasturida sarlavha va parol yozish oynasi 
4) Enter password – agar maʻlimotimizni boshqalardan himoyalamoqchi 
boʻlsak bu maydonda elektron darslikka parol qoʻyish orqali muammodan 
qutulamiz.
5) Select icon – bu maydon yordamida darslik ikonkasini tanlashimiz 
mumkin. Buning uchun .ico kengaytmali rasm fayl boʻlishi kerak. 


147 
4.5.6.- rasm. SbookBuilder dasturi Select icon oynasi 
6) Allow printing – bu maydon yordamida darslikning faol turgan 
qismini printerda chop qilish mumkin. 
7) Show toolbar – bu boʻlim imkoniyati yordamida SbookBuilder 
dasturiningmaxsus uskunalar paneli tayyorlanayongan elektron darslikda 
joylashish yoki joylashtirmaslikni sozlash mumkin. 
8) Create ebook – bu maydonda tayyorlangan darslik qaysi joyga va 
qaysi nom bilan saqlanishligi koʻrsatilib Сохранить tugmasi bosiladi natijada 
avtomatik tarzda koʻrsatilgan nomdagi .exe kengaytmali mashgʻulotligimiz 
tayyor boʻladi. 
4.5.7.- rasm. SbookBuilder dasturida saqlash oynasi
Quyidagi rasmda saqlangan keyin avtomatik ishga tushgan oyna 
tayyorlandan fayl va uni umumiy papkani necha foiz siqilgandagi oʻlchami 
koʻrsatilgan. 


148 
Quyidagi keltirilgan ikkita rasmda SbookBuilder dasturining 6- va 7-
maydon-larida taʻkid qoʻyilgan va qoʻyilmagan holatda tayyorlangan 
koʻrinishlari keltirilgan. 
4.5.8.- rasm. SbookBuilder dasturida tayyorlangan electron darslik 
naijaviy oynasi 
HTML to Chm dasturi yordamida elektron darslik tayyorlash

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin