Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Tuzilishiga koʻra
elektron nashrlar bir tomli (bitta axborot tashuvchida 
joylashtirilgan) va koʻp tomli (har bittasi alohida axborot tashuvchiga 
joylashtirilgan raqamlangan ikki yoki undan ortiq mustaqil elektron 
nashrlar). Shunigdek bir xil formatda chiqariluvchi bir necha tomlarning 
majmuasidan iborat seriyali nashrlar ham mavjud. 
Materialni bayon etish shakliga koʻra 
elektron oʻquv nashrlar 
konveksion (taʻlimning axborot berish funksiyasi), dasturiy (dasturlash 
vositalari yordamida yaratilgan), muammoli (muammoli oʻqitish nazariyasiga 
asoslangan va mantiqiy fikrlashni rivojlantiuvchi) va universal (sanab oʻtilgan 
modellarning alohida elementlarini saqlovchi) turlarga boʻlinadi. Maqsadiga 
koʻra elektron oʻquv nashrlar beshta asosiy guruxga boʻlinadi: maktab talabalari 
uchun, bakalavrlar uchun, mutaxassislar uchun, magistrlar uchun, boshqalar 
uchun. 
Bosma ekvivalentining mavjudligiga qarab 
ikki guruhga 
boʻlinadi:
- bosma oʻquv nashrning elektron analogi – mos oʻquv bosma 
nashrning elektron nusxasi; 
- mustaqil elektron oʻquv nashr – bosma ekvivalentga ega boʻlmagan 
oʻquv nashr;
Asosiy axborot tabiatiga koʻra
elektron nashrlar quyidagi turlarga 
boʻlinadi: - matnli (belgili) – asosan matnli maʻlumotni saqlaydi; 
- tasviriy elektron nashr – asosan grafik tasvirlardan iborat maʻlumotlarni 
saqlaydi; 
- ovozli elektron nashr – ovozli axborotlarning raqamli ifodasini saqlaydi; 
- dasturiy mahsulot – mustaqil bajariluvchi kod; 
- multimediyali elektron nashr - turli tabiatdagi axborotning oʻzaro 
bogʻlangan majmuasi. 
Tarqatilish texnologiyasiga koʻra

- lokal elektron nash r- maʻlum tirajda ishlab chiqariluvchi va lokal 
tarzda ishlatiluvchi axborot tashuvchida joylashtirilgan elektron nashr; 


107 
- tarmoq elektron nashri – chegaralanmagan foydalanuvchilar ommasi 
uchun moʻljallangan telekommunukatsion tarmoq orqali tarqatiluvchi elektron 
nashr;
- kombinatsiyalashgan elektron nashr - ham lokal, ham tarmoq orqali 
tarqatiluvchi elektron nashr. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin