Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar


Foydalanuvchi va elektron nashr orasidagi muloqot xarakteriga



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Foydalanuvchi va elektron nashr orasidagi muloqot xarakteriga 
koʻra: 
-mazmun 
va 
undan 
foydalanish 
uslubi 
foydalanuvchi 
tomonidan oʻzgartirilmaydigan elektron nashrlar; 
- mazmun va foydalanish uslubi tanlanishi mumkin boʻlgan elektron 
nashrlar. Yaratilish texnologiyasiga koʻra elektron nashrlar pedagogik, 
oʻrgatuvchi, nazorat qiluvchi, namoyish qiluvchi, yordamchi, shuningdek, 
trenajerlar, modellashtiruvchi, oʻquv jarayonini boshqaruvchi, oʻquv 
maqsadidagi dasturlar yaratuvchi, kasb tanlash va rivojlanishda nuqsoni boʻlgan 
bolalarni oʻqituvchi kabi turlarga boʻlinadi. Elektron 
oʻquv 
nashrlarning 
mazmuni zamonaviy oʻqitish texnologiyalariga mos boʻlishi, oʻquv jarayonida 
kompyuter texnikasidan aktiv foydalanish zarurati hisobga olinishi kerak. 
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi oʻquv adabiyotlarga 
qoʻyiladigan asosiy talablar quyidagilardir: 
- tarixiylik va anʻanaviylik prinsiplariga amal qilish; 
- dasturiy va elektron mahsulotlar standatrlariga amal qilish; 
- maʻlumotlarni bayon etishda estetik va etik normalarga rioya etish; 
- bibliografik maʻlumotlarning toʻliq va obʻektivligi. 
Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlarining xususiyatlari 
quyidagilardan iborat: 
Gumanitar bilimlarning asosiy xususiyati ularning 
noformal xarakterda ekanligidadir. Gumanitar fanlar boʻyicha oʻquv 
adabiyotlari asosan matnli koʻrinishda boʻlib, keng illyustrativ axborotga ega 
boʻladi. Bu xususiyat elektron oʻquv nashrlari tayyorlashda qiyinchilik 
tugʻdiradi, chunki bunday matnlarni oʻquv materialini gippermatnli tashkil qilish 
uchun zarur boʻlgan strukturalash jarayoni qiyin boʻlib, oʻquv nashrlari 


108 
mualliflarining maxsus didaktik tayyorgarlikka ega boʻlishini talab etadi. 
Tarixiy fanlarni oʻqitishda asosiy elektron oʻquv nashri - multimediyali elektron 
darslik hisoblanadi. Uning asosini gipermatn, video va audio ilovalar, 
animatsiya, katta xajmdagi illyustrativ materiallar tashkil etadi. Tarixiy fanlar 
boʻyicha elektron oʻquv nashrlari koʻp funksiyali boʻlib, taʻlim oluvchilarning 
turli kategoriyalariga moʻljallangan.Ularning gipermatnli strukturasi standart 
oʻquv materialini maxsus oʻquv bloklari bilan toʻldirishga imkon beradi. 
Masalan, informatika (kasb taʻlimi) yoʻnalishida taʻlim oluvchi talabalar uchun 
moʻljallangan tarix kursi fan va texnika tarixi boʻlimini, filologlar uchun tarix 
kursi esa madaniyat tarixi boʻlimlarini oʻz ichida saqlashi mumkin va 
hokazo. Elektron oʻquv nashrlarni yaratishda Internet tarmogʻi katta 
imkoniyatlar yaratadi. Elektron nashrlarning tabiati ularning ichida Internet 
tarmogʻidagi maxsus sahifalarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat etish imkonini 
beradi va talabalarning soha boʻyicha kerakli maʻlumotlarni qidirish malakasini 
hosil qilishga yordam beradi. Tarixiy fanlar boʻyicha elektron oʻquv nashrlari 
oʻquv-uslubiy kompleks sifatida yaratilishi, yaʻni ular oʻz ichida darslik bilan 
birga xrestomatiya, praktikum, lugʻat, test dasturi hamda nazorat savollari va 
vazifalari bankini saqlashi kerak. 
Oʻquv jarayonining asosiy turi maʻruza hisoblanadi. Maʻruza - talabalar 
tomonidan oʻzlashtirilishi kerak boʻlgan oʻquv materiali uchun yoʻnaltiruvchi 
asos boʻlgan bilimlarni shakllantiruvchi oʻquv jarayonining tashkil qilinish 
shaklidir

Maʻruzaning uchta asosiy turi mavjud boʻlib, ular kirish maʻruzasi, 
infomatsion maʻruza va tahliliy maʻruzadir. Oʻrganilayotgan fan predmeti va 
didaktik maqsadlardan kelib chiqib, maʻruzalarninng quyidagi shakllaridan 
foydalanish mumkin: muammoli maʻruza, visual maʻruza, press-konferensiya 
maʻruza va hokazo. Maʻruzalarda qoʻllaniluvchi elektron oʻquv nashrlari bayon 
etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, 
maʻruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak. 
Nazariy materialni oʻrganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elektron 
oʻquv nashlaridan foydalanish mumkin: 


109 

Video maʻruza. Maʻruza videokamera yordamida yozib olinadi. 
Ushbu maʻruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish 
mumkinlgi va qiyin joylariga toʻxtab ketish imkoniyatining mavjudligidir. 

Multimedia maʻruza. Mustaqil taʻlim uchun oʻrgatuvchi interaktiv 
dasturlar yaratilishi mumkin. Bunday oʻquv qoʻllanmalardan foydalanishda har 
bir talaba oʻzi uchun qulay boʻlgan oʻrganish traektoriyasini, optimal oʻrganish 
tempini va usulini tanlashi mumkin. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi koʻp jihatdan 
nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham koʻtarilishi mumkin. 

Anʻanaviy nashrlar: elektron maʻruza matnlari, tayanch konspektlar, 
nazariy materialni oʻrganish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar va hokazo. 
Amaliy mashgʻulot – nazariy bilimlarni manbalarni muhokama qilish va amaliy 
masalalarni yechish orqali mustahkamlashga qaratilgan oʻquv jarayonining 
tashkil etilish shaklidir. Amaliy mashgʻulotlarda foydalanuvchi elektron oʻquv 
nashrlari oʻrganuvchiga mavzu boʻyicha, mashgʻulotni oʻtkazish tartibi va 
maqsadi toʻgʻrisida maʻlumot berishi, bilimlarni nazorat qilishi, kerakli nazariy 
material va amaliy koʻrsatmalarni taqdim etish, oʻrganuvchilar bilimini 
baholashi kerak.
Informatika va axborot texnologiyalari professor-oʻqituvchilar uchun 
amaliy mashgʻulotlar oʻquv rejaning asosiy qismi boʻlib hisoblanadi. Ushbu 
taʻlim shakli oʻquv va ilmiy materialga nisbatan tadqiqot nuqtai nazarini 
shakllantiradi. Seminar mashgʻulotlarida foydalaniladigan elektron oʻquv 
nashrlari qatoriga xrestomatiyalarni, xujjat va materiallar toʻplamlarini, 
maʻruzalarning tayanch konspektlarini, elektron darslik va boshqalarni kiritish 
mumkin. Oʻquv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi 
talabalarning mustaqil oʻzlashtiradigan bilimlari xajmining ortib borishi bilan 
birga ketmoqda. Aslida elektron oʻquv nashrlarning barcha mavjud turlari 
mustaqil taʻlimni tashkil etish uchun asos boʻlishi mumkin. Bu jarayonda 
axborot texnologiyalaridan foydalanish elektron nashrlar, Internet tarmogʻi 
resurslari, elektron berilganlar bazalari, kutubxonalar katalog va fondlari, 
arxivlar va hokazolardan foydalaniladi.
Talabalarning 
axborot 


110 
texnologiyalari asosidagi mustaqil taʻlim olishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi: 
elektron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audio 
fayllarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuter testlaridan 
foydalanib bilimlarini mustahkamlash va boshqalar. Hozirgi paytda bilimlarni 
nazorat qilishning barcha turlarini elektron oʻquv nashrlari yordamida maxsus 
ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin. Ayniqsa, 
elektron oʻquv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida foydalanishning 
samarasi yuqoridir. 
Kompyuter test dasturlari oʻrganuvchilar uchun oʻz-oʻzini nazorat 
vositasigina boʻlib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini bajaradi. 
Bunday test dasturini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan mustaqil programma 
boʻlishi yoki oʻqituvchi tomonidan toʻldirib, modifikatsiyalanadigan qobiq 
dastur ham boʻlishi mumkin. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi 
boʻlib xizmat qiladi. Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga, 
etnografik materiallar yigʻish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari 
bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin. Arxiv va 
muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini masofadan 
oʻtkazish imkonini yaratadi. Oʻquv elektron vositalari qatorida oʻquv-uslubiy 
majmualar muhim oʻrin tutadi. OʻUM lar nazariy material bilan birga amaliy 
vazifalar, testlar, ilovalar va boshqalarni saqlaydi. OʻUM lar strukturalangan 
mantiqan bogʻlangan didaktik elamentlardan tashkil topgan raqamli va analog 
shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin. Zamonaviy oʻquv 
multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv 
materialgina boʻlmay, undagi oʻquv materiallari turli shakl va turli axborot 
tashuvchilarda joylashtirilishi kerak. Multimedia kurs taʻlim oluvchiga 
illyustrativ, maʻlumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida 
kompleks taʻsir oʻtkazish vositasi hisoblanadi. OʻUMning asosini uning 
interaktiv qismi egallaydi. Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. 
Unga quyidagilar kiradi:
-elektron darslik; 


111 
- elektron maʻlumotnoma; 
- trenajerli majmua; 
- misol va masalalar toʻplami; 
- elektron laboratoriya praktikumi; 
- kompyuterli test tizimi. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin