Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

 
Ranglar bilan ishlash
Adobe Photoshop dasturida asboblar panelida ranglar bilan ishlash uchun 
toʻrtta asbob ajratilgan: 
Основной цвет. Ushbu asbobda qanday rang koʻrsatilgan boʻlsa, Ковш, 
Линия, Карандаш, Кисть, Аэрограф va shuningdek, Alt klavishi bilan 
birgalikda qoʻllanganda Палец asboblari uchun oʻsha rang asosiy hisoblanadi. 
Основной цвет asbobidagi rang Пипетка yoki ushbu asbob ustida 
«sichqoncha» tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali oʻzgartiriladi.
Цвет фона. Koʻrsatilgan rang Ластик asbobi bilan ishlaganda 
qoʻllaniladi. Цвет фона asbobidagi rang Основной цвет asbobida rangni 
oʻzgartirish uchun qanday amal bajarilgan boʻlsa, bunda ham xuddi oʻsha amalni 
bajarish lozim yoki Pipetka asbobi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali 
rangni almashtirish mumkin. 
Переключение цветов. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish 
orqali asosiy rang va fon rangi oʻrin almashadi. 
Стандартный цвет. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish asosiy 
rang va fon rangini standart ranglar - qora va oq rangga almashtiradi. Ranglarni 
16
 
http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/30434
 


93 
tanlashda Adobe Photoshop dasturida Color yoki Swatches darchalaridan ham 
foydalanish mumkin. 
RGB (Red. Green, Blue-qizil, koʻk, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir 
qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u 24 razryadli ranglar 
platasi yordamida deyarli 16 million rangning barchasini monitorda aks ettiradi. 
RGB ranglar majmuasi bilan ish-langan barcha tasvirlami xohlagan formatda 
diskka yozish mumkin. RGB ranglar majmuasidagi ayrim ranglar umuman 
tabiatda uchra-maydi. 
CMYK - tabiatda mavjud boʻlgan ranglar majmuasi. Quyosh nurlari inson 
koʻzlari ajrata oladigan barcha ranglarni oʻzida mujas-samlashtirgan. Quyosh 
nurlari biror jismga tushganda, inson koʻzlari uning taʻsiri ostida jism shakli va 
rangini idrok etadi. Misol uchun, binolarning oʻt oʻchirish burchaklariga osib 
qoʻyilgan oʻt oʻchirgich-lar toʻq koʻk va zangori ranglar bilan boʻyalgan 
boʻlishiga qaramay, bizning koʻzimizga toʻq qizil rangda koʻrinadi. Ranglarning 
bir-biriga qoʻshilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi: 
С - havorang; 
М - binafsharang;
Y - sariq rang; 
К - qora rang. 
Bosma mashinalar va bosmaxonalarda tasvirlar yuqorida keltirilgan 
ranglarning kombinatsiyasidan foydalangan holda toʻla tasvirni ifodalaydi.
RGB ranglar majmuasida oq rang uchala rangning maksimal ara-
lashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi oʻlaroq olinadi. 
CMYK ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish 
uchun buning aksini bajarish lozim. Yaʻni toʻrt rangning minimal qoʻshilishidan 
oq rang hosil boʻladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud. 
RGB ranglar majmuyi keng koʻlamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin 
ularning koʻp qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop elganda monitordagidan 
keskin farq qiladi. Shu bois ham koʻplab mutaxassislar tasvirni chop etishdan 
awal uni CMYK sistemasiga oʻtkaza-dilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan 


94 
CMYK sistemasida ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash 
turli qiyinchiliklami tugʻdiradi. Ana shunday qiyinchiliklardan biri - kompyuter 
juda sekin ishlashi. Bunga asosiy sabab Adobe Photoshop dasturi RGB 
sistemasiga sozlangan boʻlib, har bir buyruqni bajarib, uni RGB sistemasidan 
CMYK sistemasiga almashtirguncha kompyuter qoʻshimcha vaqt talab qiladi. 
Bundan tashqari, skaner va monitor RGB sistemasida ishlashga moʻljallangan. 
Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB 
sistemasida ishlaydi. 
17

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin