Sh. Pozilova pedagogik dasturiy vositalar



Yüklə 3,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix22.09.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147381
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Pedagogik dasturiy vositalar

Nazorat savollari: 
1.
Mualliflik dasturiy taʻminotlari haqida nimalarni bilasiz? 
2.
Ushbu dasturiy vositalarining taʻlim jarayonida tutgan oʻrni?
 
3.
Lectora dasturining interfeysi haqida gapirib bering.
 
4.
Articulate dasturining afzalliklari nimalardan iborat?
 
5.
CourseLab dasturiy vositaning kamchiliklari? 
6.
iSpring dastur muhiti haqida nimalarni bilasiz? 
7.
iSpringni boshqa test yaratuvchi dastrlardan farqli jihati? 
8.
iSpring dasturida test yaratish ketma-ketligini koʻrsatib oʻting. 
9.
Qaysi mualliflik dasturlarida talabalar bilimini baholash maqsadida 
test oʻtkazish imkoni mavjud emas? 
2.3. Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish
Таʻlim, shu jumladan oliy taʻlim muassasalari taʻlim darajasi va sifati 
mamlakat taraqqiyoti – uning iqtisodiyoti, jahon hamjamiyatidagi oʻrnini, 
mazkur yurtda yashaydigan insonlarning turmush darajasi, ijtimoiy yutuqlarini 
belgilaydi. Mamlakatimizda boʻlganidek eng yaxshi deb hisoblagan taʻlim 
darajasi aholining ijtimoiy, huquqiy hayot darajasi, kommunikatsion savodliligi, 
taʻlim olishga qiziqishning yuqoriligi bilan belgilanadi. Taʻlim darajasi va sifati 
taʻlim tizimida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchining shaxsiy sifatlari va kasbiy 
mahoratigagina emas, balki, aynan taʻlim tizimining asoslariga ham bogʻliq 
boʻladi. 


74 
Taʻlimning rivojlanish yoʻli fanlar sonining va oʻrganiladigan 
mavzularning ortishi hisobiga olinadigan bilimlar bilan kengayishi mumkin. 
Fanlar sonini kengaytirish, talabalarga yuklamalarni koʻpaytirish bilangina 
emas, balki oʻqituvchi-pedagoglarning oʻzlari taʻlim berayotgan fanlariga har 
tomonlama va zamonaviy axborot texnologiyalariga tayangan holda saboq 
berishlari uchun ularning malakalarini oshirib borish ham muhim omildir. 
Taʻlimni rivojlantirishning — intensiv yoʻli, birinchidan, taʻlim metodini 
oʻzgartirishni, qoʻshimcha bilim berish yoʻllarini izlashni talab etadi. Axborotlar 
bilan mustaqil ishlashni bilish, topish, anglab yetish va nihoyat mavjud 
axborotlar asosida yangi bilimlarni uygʻunlashtirishni bilish, mana shu oʻquv 
jarayonini rivojlantirishning eng istiqbolli yoʻli boʻlishi mumkin. 
Mana shunday yondashuvda taʻlim olish jarayoni markazining tayyor, 
toʻgʻri maʻlumotlar olish va ularni yodlab olishdan axborotni izlash, qayta ishlab 
chiqish va bir shakldan boshqa shaklga aylantirish koʻnikmalarini egallashga 
yoʻnalish sodir boʻladi. Zamonaviy talabalarning bilim olish manbalarini 
kuzatadigan boʻlsak, unda oʻqituvchi eng muhim manba boʻlib qolayotganligi 
yaqqol koʻzga tashlanadi. Aynan ungagina muhim rol — oʻquvchiga aniq bir fan 
boʻyicha bilim berish, klassifikatsiyalash, oʻzgartirish tizimini berish roli 
yuklatiladi. Har bir fan boʻyicha mazmunli qadriyatli yoʻnalishlar tizimini 
yaratish va oʻquvchiga yetkazish — oʻqituvchining eng asosiy funksiyasi 
hisoblanadi va shunday boʻlib qolmoqda. 
Agar darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarida maktab dasturi boʻyicha 
tegishli minimum bilimlar jamlangan holda berilganligini va nazorat hamda 
imtihon biletlari savollari bilan uzviy bogʻliqligini eʻtiborga oladigan boʻlsak, 
unda talabalar darsliklar hamda qoʻllanmalar materiallariga tayanib, bilim 
olishga intilganlar. Bilimlarini baholashda tortishuvlarda ular mana shunday 
manbalarga asoslanishlari osonroq, mustaqil ifodalar, umumlashtirishlar va 
shunga oʻxshash koʻp mehnat talab qiluvchi harakatlarga xojat boʻlmagan. 
Keyingi vaqtda, shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanish bilan 
internet va maxsus oʻquv kompyuter dasturlari orqali bilim olish keng 


75 
rivojlanmoqda. Internet manbaidan olingan bilimlar ishonchliligini baholashni 
talab qiladi. Axborot olish manbalariga ishonch masalasi oʻqitishning anʻanaviy 
metodlarida umuman muhokama qilinmaydi. Internet va ommaviy axborot 
vositalarining taʻlim tizimi, oʻquvchi va oʻqituvchilar dunyoqarashiga taʻsiri 
haqida koʻplab fikrlar mavjud. Darslik va dasturlar mualliflarining, muxbirlar 
hamda sharhlovchilar va boshqalarning bilib yoki bilmay yoʻl qoʻygan 
kamchiliklari borliqni toʻgʻri anglashda taʻsir koʻrsata oladi. 
Turli axborot olish manbalarini haqiqiy oʻquv jarayoniga kiritish, ushbu 
bilim manbalariga ishonchni baholash, boshqa, yanada ishonchli manbalarni 
topa bilish talabalarning mustaqil ishlashga qiziqishlarining oʻsishiga olib 
kelishi kerak. Turli manbalardan olingan bilimlarni solishtirish va 
umumlashtirish, ularni ijodiy qayta ishlab chiqishni bilish ham juda muhim 
boʻlib hisoblanadi. Baʻzan bilimlar sinovi sifatida taklif etiladigan oʻquvchining 
tanlangan mavzu boʻyicha referat tayyorlash oʻrniga (referat nima, uni yozish 
qoidalari, referatlar bilan toʻgʻri ishlash uchun boshqa zarur maʻlumotlar maktab 
dasturi doirasida oʻrganilmaydi) va oqibatda, odatda internetdan topilgan tayyor 
referatlarni oddiy koʻchirib olish sodir boʻladi. Oʻz fikrini ifoda etish va bayon 
etish oʻrniga oʻquvchi boshqalarning fikrlarini koʻchirib olib va anglab 
yetmagan holda oʻzinikidek koʻrsatish bilan almashtiriladi. 
Faqat turli axborot manbalari bilan ishlash sohasida maxsus metodik 
ishlanmalar, shu jumladan, texnik vositalar (kompyuter, televizor va 
boshqalar)da taqdim etilgan materiallar yordamida mana shu kabi muammolar-
ning oldini olish mumkin. Ushbu yoʻnalishda taʻlim bilan birlashtirilgan 
mediataʻlim sohasida tadqiqotlar olib borilmoqda. Turli maktab fanlari bilan 
birlashtirilgan mediataʻlim standartini ishlab chiqish — katta axborot muhitida 
pedagoglar va talabalarni hayotga tayyorlashda katta, ahamiyatli hissa 
hisoblanadi. Mediataʻlim maqsadlari quyidagi koʻrinishda ifoda etiladi: 
• ommaviy axborot vositalari (OAV) orqali beriladigan axborotlarni 
tushunish va qayta ishlash, keng talqin etishga oʻrgatish; 


76 
• ijodiy fikrlashni, u yoki bu xabarning yashirin mazmunini tushunishni, 
salbiy mazmunli axborotlardagi yoshlarning ongini oʻzgartirishga harakatlariga 
qarshilik qilishni bilishni rivojlantirish; 
• maktabdan tashqari axborotlarni umumiy tayanch taʻlim mazmunida 
fan sohasidagi bilim va malakalarda shakllantiriladigan tizimga kiritish; 
• talab etiladigan axborotni topish, tayyorlash, yetkazish va qabul qilish 
malakasini shakllantirish. 
Ushbu vazifalar ikki oʻzaro bogʻliq boʻlgan sohalarda tadqiqotchilik va 
amaliy ishlar: bir tomondan, maktab dasturi fanlarini oʻqitish sohasidagi metodik 
ishlar, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi metodik 
ishlar olib borilishini koʻzda tutadi. Axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalaridan foydalanish bilan bogʻliq vazifalar guruhi maktab dasturi 
tayanch fanlaridan alohida ekanligi va texnik vositalardan toʻgʻri foydalanish 
malakasini talab etishi tushunarli holdir. Axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʻllash zamonaviy maktabda taʻlim 
samaradorligini oshirish muhim yoʻllaridan biri boʻlib qolmoqda. Shu bilan 
birga, axborot texnologiyalarining va demak, ularni taʻminlash texnik 
vositalarining ahamiyatli roli, zamonaviy jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi omili sifatida tan olingan va bunga shubha yoʻq. 
Oʻqituvchi va oʻquvchi zamonaviy axborot texnik va texnologik 
imkoniyatlarini qayerda va qanday oʻrganishi kerak? Ushbu masalalarni hal 
etishda «Informatika» fani asos boʻlib qolmoqda. Zamonaviy informatikaning 
roli va oʻrnini faqat hisoblash texnikasi vositalari bilan maʻlumotlarni qayta 
ishlash texnik vositalari va metodlarini oʻzlashtirishdan iborat deb hisoblab 
boʻlmaydi. Umuman, informatikani texnik taʻminlashni faqat kompyuterlar 
bilan chegaralash toʻgʻri emas. Zamonaviy dunyoning axborot muhiti boshqa 
texnik vositalardan, masalan, televizorlar va videomagnitofonlar, foto va 
videokameralar, telefon apparatlari va koʻplab boshqalar ham foydalanadi. 
Texnika bilan ishlash qoidalarini, turli qurilmalarning oʻzaro bogʻliqliklarini va 
kompleks foydalanishni oʻrganish, axborot bilan va uni qayta ishlash texnik 


77 
vositalari bilan ishlashda huquqiy maydonini bilish - «Informatika» fanining 
ajralmas qismi hisoblanadi. 
Informatikaning rivojlanishi va uning metodlari hamda modellarining 
deyarli barcha maktab fanlariga asta-sekin uzviy kirib borishi anʻanaviy kurslar 
tuzilishining oʻzgarishiga olib keladi. Oʻqituvchining fan haqida tizimli 
tasavvurining «loyihachisi» sifatidagi roli qoladi va yanada ortib boradi, lekin 
shu bilan birga, talabalarning mustaqil ishlari hajmi ham ortib borishi kerak, 
bunda oʻqituvchi yoʻnaltiruvchi va maslahatchi sifatida ishtirok etadi. 
Talabalarning mustaqil ishlari texnika va tegishli texnologiyalardan ommaviy 
foydalanishni koʻzda tutadi. Shunda agar oʻquvchi informatika mashgʻulotlarida 
turli manbalar va maʻlumotlarni qayta ishlash texnologik qoidalari bilan ishlash 
tayanch koʻnikmalarini olsalar, fan oʻqituvchisi ushbu masalalarni hal etishga 
eʻtiborni kuchaytirishi kerak, «Pedagogik dasturiy vositalar» mashgʻulotida 
talabalarning olgan bilim va malakalarini oʻz predmeti sohasida qoʻllashi 
mumkin. 
Shu tariqa, oʻquvchi axborotni izlaydi, anglab yetadi, oʻzgartiradi; 
koʻplab texnika manbalaridan foydalanib, shunday ishlarni tez, sifatli bajarish 
imkonini beradi; oʻqituvchi talabalarning olgan bilimlarini umumlashtiradi
tizimlashtiradi, ularning ishlarini boshqaradi, yoʻnaltiradi, yordam koʻrsatadi, 
tuzatib boradi. 
Xulosa qilib aytganda, taʻlim jarayoni shunday tashkil etilganda, texnik 
vositalar mustaqil ahamiyatga ega boʻladi, texnik vositalar uning toʻla huquqli 
tarkibiy qismi boʻlib qoladi. Texnik vositalardan foydalanish har bir oʻquvchiga 
individual yondashuvni taʻminlashi va turli darajadagi murakkablikka ega 
topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda tayyorgarligiga qarab 
bir mashgʻulot doirasida turli talabalarga taklif etishni taʻminlashi mumkin 
boʻladi. 
Oʻquv fanlari boʻyicha elektron oʻquv vositalarining yaratilishi mazkur 
fanlarni oʻqitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu oʻz navbatida, talabalarning 


78 
mazkur fanlar boʻyicha bilimlarini chuqur oʻzlashtirishlarining asosiy omili 
boʻlib, taʻlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday saʻy-
harakatlar amalga oshirilishi taʻlim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot 
texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-
oʻqituvchilarni ilgʻor pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, 
ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy taʻlim muassasalari tajribasini chuqur 
oʻrganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy taʻlim tizimimizga 
joriy etish imkonini yaratadi. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy 
axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar 
kiradi: axborotning xilma-xil turlari: anʻanaviy (matn, jadvallar, bezaklar va 
boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, 
animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. 
Bunday integratsiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli 
qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, oʻz tabiatiga koʻra statik boʻlgan matn va 
grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning maʻlum 
oraligʻida koʻrib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta 
ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, 
maʻlumotlarni uzatish shinasining oʻtkazish qobiliyati operativ va video-xotira, 
katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari boʻyicha 
almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, “inson-
kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida 
foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat 
taʻlim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. 
Multimedia vositalari asosida talabalarga taʻlim berish va kadrlarni qayta 
tayorlashni yoʻlga qoʻyish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia 
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning oʻzi nima degan 
savol tugʻladi? Koʻpgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. 
Bizning fikrimizcha, mulʻtimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy 
vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida 
oʻquv materiallarini talabalarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi 


79 
koʻrinishidir. Rivojlangan mamlakatlarda oʻqitishning usuli hozirgi kunda taʻlim 
sohasi yoʻnalishlari boʻyicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia 
vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan boʻlib qoldi. Multimedia vositalarining 81- 
yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan boʻlsa 94-yil esa 16 
milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir 
kompyuterni 
mulʻtimedia 
vositalarisiz 
tasavvur 
qilib 
bolmaydi. 
Kompyuterlarning 70-yillarda taʻlim sohasida keng qoʻllash yoʻlida urinishlar 
zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan 
bogʻliq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida 
talabalarni oʻqitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia 
vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin boʻlib, olingan 
bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar talabalar berilayetgan 
materiallarni kurish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-
30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika 
kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 
75% ortadi. Multimedia vositalari asosida talabalarni oʻqitish quyidagi 
afzalliklarga ega: a) berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq 
oʻzlashtirish imkoniyati bor; b) taʻlim olishning yangi sohalari bilan yaqindan 
aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: v) taʻlim olish vaqtining qisqarish natijasida, 
vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq 
saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga erishiladi. 
Informatika va axborot texnologiyalari fundamental fan sifatida kompyuter 
axborot tizimlari negizida istalgan obʻektlar bilan boshqaruv jarayonlarini 
axborot jihatidan taʻminlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan 
shugʻullanadi. Shunday fikr ham mavjudki, fanning asosiy vazifalaridan biri — 
axborot tizimlari nima, ular qanday oʻrinni egallaydi, qanday tuzilmaga ega 
boʻlishi lozim, qanday ishlaydi, uning uchun qanday qonuniyatlar xos ekanligini 
aniqlashdir. Yevropada informatika sohasida quyidagi asosiy ilmiy 
yoʻnalishlarni ajratib koʻrsatish mumkin: tarmoq tuzilmasini ishlab chiqish, 
kompyuterli integratsiyalashgan jarayonni ishlab chiqarish, iqtisodiy va tibbiy 


80 
informatika, ijtimoiy sugʻurta va atrof-muhit informatikasi, professional axborot 
tizimlari. Multimedia tizimining paydo boʻlishi taʻlim, fan, sanʻat, kompyuter 
treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi 
bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion oʻzgarishlar yuzaga kelishiga olib 
keldi. Multimedia vositalarini taʻlimda qoʻllash quyidagilarga imkoniyat 
yaratadi: 

taʻlimning gumanizasiyalashuvini taʻminlash; 

oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish; 

taʻlim 
oluvchining 
shaxsiy 
fazilatlarini 
rivojlantirish 
(oʻzlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil taʻlim olish, oʻzini oʻzi 
tarbiyalash, oʻzini oʻzi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy 
qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qoʻllay olishi, oʻrganishga boʻlgan 
qiziqishi, mehnatga boʻlgan munosabati); 

taʻlim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish; 

kompyuter vositalari va axborot elektron taʻlim resurslari 
yordamida har bir shaxsning alohida (individual) taʻlim olishi hisobiga ochiq va 
masofaviy taʻlimni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari 
sezilarli darajada kengayadi; 

taʻlim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning 
qadrqimmatini tan olish; 

taʻlim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini 
hisobga olish; 

mustaqil oʻquv faoliyatini olib borish, bunda taʻlim oluvchi 
mustaqil oʻqib va rivojlanib boradi; 

taʻlim oluvchilarda, oʻzlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli 
bajarish uchun hozirgi tez oʻzgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga 
yordam beradigan zamonaviy taʻlim texnologiyalaridan foydalanish 
koʻnikmalarini hosil qilish. 


81 
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yoʻnaltirilgan taʻlimni amalga 
oshirish jarayoni zamonaviy, koʻptarmoqli, predmetga yoʻnaltirilgan 
multimediali oʻquv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. 
Ular tarkibiga keng maʻlumotlar bazasi, taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bilimlar 
bazasi, sunʻiy intellekt tizimlari, ekspert-oʻrgatuvchi tizimlar, oʻrganilayotgan 
jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati boʻlgan 
laboratoriya amaliyotlari kiradi. 
Multimedia vositalari taʻlim berishning samarali va istiqbolli quroli 
(instrumenti) boʻlib, u oʻqituvchiga anʻanaviy maʻlumotlar manbaidan koʻra 
keng koʻlamdagi maʻlumotlar massivini taqdim etish; koʻrgazmali va 
uygʻunlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, 
animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini taʻlim 
oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy oʻrganishiga mos 
ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi. 

Yüklə 3,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin