121
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi Farmoni eʻlon qilindi. Unda «...Real
iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va taʻlim sohalarida kompyuter
va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining
zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand boʻlishlari
uchun shart-sharoitlar yaratish...» kabi vazifalar belgilab qoʻyilgan.
Respublikamiz kutubxona, oliy taʻlim muassasalari,
ilmiy-tadqiqot
institutlari va vazirliklari katta miqdordagi axborot resurslariga ega. Biroq,
ushbu manbalarga integratsiyalashgan holda kirish usuli hali yoʻlga
qoʻyilmagan. Chunki, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi darajasiga
oʻtish, jahon axborot maxsulotlari va xizmatlariga chiqish yuqorida keltirilgan
manbalarga turli aholi guruxlarining tez suratda kirib borishini tashkil qilish
muammo boʻlib turibdi. Respublikamizda axborotlar sohasining rivojlanishiga
boshqa
omillar
ham
taʻsir
koʻrsatmoqda,
jumladan:
jamiyatni
axborotlashtirishning past darajadaligi, axborot texnologiyalari rivojlanishi
uchun zarur resurslarning yetarli darajada emasligi, hisoblash texnikasi va aloqa
vositalarining yetarli
darajada rivojlanmaganligi, EHM lokal va hudud
tarmoqlarini qoʻllash va rivojlantirish borasidagi qoloqlik, texnologiya;
maʻlumotlar va bilimlar bazalarining sust qoʻllanilishidir.
Xozirgi kunda jahon taʻlim xizmatlari axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalariga tayangan holda yoʻlga qoʻyilmoqda.
Bu borada elektron
darslik va oʻquv qoʻllanmalar katta oʻrinni egallamoqda.
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va oʻquv jarayonida
keng foydalanish dolzarb masalalarga aylanmoqda, chunki ular ommaviy
ravishda taʻlim sohasida qoʻllanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron oʻquv
nashrlarning turli xillari yaratilib, ular oʻz tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan
tortib masofaviy oʻqitishning kompleks tizimlarini qamrab olmoqda.
Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
• Matnning elektron versiyasi;
• Kitobning gipermatnli elektron versiyasi;
122
• Grafik, jadval, rasmlar va gipermatnlar mavjud darslik;
• Animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasmlar
va gipermatnlar mavjud
darslik;
•Animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari
mavjud darsliklar.
Ushbu sohaning yangiligi va oʻquv-uslubiy taʻminotning yoʻqligi ishlab
chiqilayotgan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy taʻsir koʻrsatmoqda.
Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari va dasturiy
vositalarining yoʻqligi turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan elektron
darsliklarni oʻquv jarayonida samarali qoʻllashga toʻsqinlik qilyapti deyish
mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron
darsliklarning baholash
mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar oʻtilayotgan
mashgʻulotlar sifatini yuksaltirishiga qanday taʻsir koʻrsatishini bilish kerak.
Elektron darsliklarning anʻanaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini
keltirish mumkin:
1. Oʻquv axborotlarining taqdim etilish shakli;
2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati;
3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi;
4. Professor- oʻqituvchi bilan teskari alokaning mavjudligi.
Shundan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi
tamoyillarini keltirish mumkin:
• Multimedia-maʻlumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya)
asosida axborotlarni takdim etish;
• Qidirish va yoʻllash imkoniyatlarini kiritish;
• Olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning obʻyektiv
tizimini
kiritish;
• Tarmoq texnologiyalari asosida professor-oʻqituvchi va talabaning
oʻzaro interaktiv va teskari aloqasining yoʻlga qoʻyilishi.
Dostları ilə paylaş: