Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116
axborot markazini
tashkil qilishdan iborat. 
Vaqtincha ish bilan bandlik
. Vaqtincha ish bilan bandlik ishga 
joylashtirilganlarning soni to‘liq darajada ham davlat, ham tijorat 
tuzilmalari hamda bir martalik xizmatlarga (masalan, dala hovlilari 
ishlari, vositachilik xizmatlari va boshqalarga) muhtoj aholining ayrim 
qatlamlari uchun ish beruvchilar tomonidan tashkil qilinayotgan ish 
joylarining soniga bog‘liq. Vaqtincha ishga joylashtirishning asosiy 
vazifasi ishsizlarni nafaqaga nisbatan daromadning yuqoriroq darajasini 
ta’minlashdan iborat. Shuni ta’kidlash joyizki, vaqtinchalik ishlar 
o‘zining mehnat imkoniyatlarini baholash, mehnat salohiyatini 
rivojlantirish va amalga oshirishga ehtiyoj sifatida, bir tomondan, 
kamroq kasbiy tajribaga va boshqa tomondan esa, o‘zlarining mehnat 
salohiyatlarini rivojlantirishning qulayroq obyektiv sharoitlariga ega 
odamlarda kuchliroq aks ettirilishi kerak. Ish bilan bandlikning bunday 


137 
nostandart shakli yaqin vaqtlarda o‘z malakasini oshirish yoki boshqa 
kasbni olishni mo‘ljallagan odamlarni ham jalb qilishi mumkin. 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi mehnatkashlar tarkibida 
vaqtincha xodimlarning salmog‘i 3 dan 10 % gacha doirasida o‘zgarib 
turadi. 
Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining hozirgi holatida ish bilan 
bandlik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning samarali 
tizimi, aholining har xil guruhlari bo‘yicha ularning ehtiyojlari 
rivojlanishini hisobga olmasdan nostandart ish bilan bandlik shakllarini 
yaratish mumkin emas. Shubhasiz, aholining har xil guruhlari uchun 
nostandart ish bilan bandlikning u yoki bu shakllarida ishtirok etish 
darajasi har xildir, buning ustiga uning o‘zgarishi qandaydir ijtimoiy- 
kasbiy guruhga tegishliliga qaraganda jinsiy va yosh guruhiga ko‘proq 
bog‘liqdir. 
Ish bilan bandlikning nostandart shakllarini rivojlantirish 
dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilarni amalga oshirish zarur: 
– ish bilan bandlikning nostandart shakllarining ish bilan 
bandlikning umumiy muammolarini hal qilishdagi o‘rnini belgilash; 
– ish bilan bandlikning ushbu shakllari qo‘llanilishi mumkin 
bo‘lgan iqtisodiyot sohalari, ish turlari, ishni tashkil qilish shakllarini 
aniqlash; 
– ish bilan bandlikning ushbu shakllari sharoitlarida ish 
beruvchilar tomonidan ish joylarini tashkil qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni aniqlash; 
– aholi uchun ish bilan bandlikning nostandart shakllari afzal 
bo‘lgan guruhlarini aniqlash. 
Ish bilan bandlikning egiluvchan shakllari ishsizlik muammolarini 
hal qilishda muhim rol o‘ynaydi. Bir tomondan, ular mehnatga 
qobiliyatli aholiga xodimlarning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish 
bilan ish bilan bandlikning eng qulay shakllarini yoki ishlash tartiblarini 
beradi, boshqa tomondan, ular tadbirkorlarga ishlab chiqarishning 
rivojlanish ehtiyojlari va vujudga kelgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan 
holda, mehnat resurslarining miqdori va sifati bilan manipulatsiya 
qilishda yordam beradi. Shunday qilib, egiluvchan ish bilan bandlikning 
oshishi zamonaviy mehnat bozori shakllanishining eng muhim istiqbolli 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ammo faqat ishlab chiqaruvchilar-
ning hamkorligini oshirishga mo‘ljallangan egiluvchan mehnat bozorini 


138 
oshirishning bunday jarayoni tarixan o‘zini oqlaydi, bu faqat xodimning 
manfaatlarini har tomonlama rivojlanishida qanoatlantirishi mumkin. 
Ma’lumki, mehnat bilan vaqtincha bandlikning muddati bir 
kundan (kunbay ishlash) tortib ikki yilgacha yoki aniq belgilangan 
muddatgacha davom etishi mumkin. Keyingi yillarda muayyan 
muddatga mo‘ljallangan mehnat bilan vaqtincha bandlik va vositachi 
firmalar orqali vaqtincha ish bilan bandlik shakllari ancha kengroq 
yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik 
fuqarolar ish bilan bandlikka ko‘maklashish xizmatlari orqali emas, 
balki korxonalar va tashkilotlarning bevosita kadrlar xizmatiga 
murojaat qilib yoki xususiy vositachi agentliklar yordamida ishga 
joylashmoqdalar. Korxonalar mazkur firmalar orqali muayyan kate-
goriyadagi va mutaxassislikdagi ish kuchini vaqtincha yollashga 
buyurtmalarini rasmiylashtiradilar. Firmalar kontrakt shartlariga 
muvofiq o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydilar. Ma’lum miqdordagi 
ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar bilan ta’minlaydilar, oraliq kasblar 
bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradilar. 
Mehnatkashlarni 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin