Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Mehnat bozorini sotsiologik tadqiq qilishning ahamiyati 
nimada? 
2. Mazkur tadqiqotning maqsadi va asosiy vazifalari nimalardan 
iborat? 
3. Aniq sotsiologik tadqiqotlar qanday bosqichlar asosida 
oʻtkaziladi? 
4. Anketalarda qanday savollar tuzilgan boʻladi? 
5. Aniq sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazish yordamida nimalar 
aniqlanadi? 
6. Birlamchi sotsiologik axborotlar qanday metodik asosda 
kompyuterda qayta ishlanadi? 
Asosiy adabiyotlar 
 
1. Гречихин В.Г. Лексии по методике и технике 
социологических исследований (учебное пособие). –М: МГУ, 
1988. 
2. Логика социологического исследования / Отв.ред. 
В.Г.Осипов –М.: “Наука”, 1987. 
3. Рабочая книга социолога. 2-е изд. Преработонное и 
дополненное. /Отв.ред. В.Г. Осипов –М.: “Наука”, 1983. 
4. Радаев В. Социологическии подход к анализу рынка труда: 
предложение труда. / Российский экономический журнал –М.: 
1995, № 5. 
5. Территориальная выборка в социологических иссле-
дованиях. Отв.ред. Т.В. Рябушкин. – М.: “Наука”, 1980. 
6. Xolmo‘minov Sh. R. Mehnat bozori iqtisodiyoti (o‘quv 
qo‘llanma). – T.: Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 


128 
XII BOB.
MEHNAT BOZORI INFRATUZILMASI
4
 
 
12.1.
 
Mehnat bozori infratuzilmasi mehnat sohasidagi ijtimoiy- 
iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizm 
sifatida 
 
Mehnat bozori ham har qanday tizim singari o‘z rivojlanish 
darajasi, tashqi va ichki muhitning ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq 
ravishda muayyan aniq maqsadli yo‘l-yo‘riqlarga ega bo‘lishi lozim. 
Mehnat bozori – mehnat bozori subyektlari va ularning muayyan 
tuzilmaga ta’sir ko‘rsatishining (axborot, ijtimoiy va iqtisodiy ta’sir 
ko‘rsatishining) ijtimoiy-iqtisodiy tizimidir. Mazkur tizim ko‘p 
o‘lchovlidir. Undan turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, chunonchi, 
kasbiy tayyorgarlik, kasbiy tanlash, moddiy rag‘batlantirish va 
natijalarga baho berish, qayta o‘qitish va yollash, chora belgilash va 
marketing singari jarayonlar o‘z ifodasini topadi. Bundan tashqari, 
mehnat bozori tizimi o‘zaro bog‘langan ko‘pgina kichik tizimlardan 
(natijadorlik va unumdorlik, mehnatga haq to‘lash va uni normalash 
kabilardan) iborat bo‘ladi va ularning har biri bir qator vazifalarni ado 
etadi.[4,12 b] 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri sharoitlarida mehnat bozorini 
“mehnatga qobiliyatli” ishchi kuchini xarid qilish – sotishni amalga 
oshiruvchi tizim sifatida ko‘rib chiqish o‘rinli emas. Shuning uchun u 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy mehnat sohasining 
ochiq, murakkab, ko‘p aspektli va o‘suvchi tizimchasi bo‘lib, ishchi 
kuchiga talab-taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantiruvchidir. 
Mazkur bozor ishchi kuchi talab va taklifini tartibga solishda bevosita 
ishtirok etadi va aholining oqilona ish bilan bandligining shakllanishi 
hamda ishsizlikni kamaytirishga ko‘maklashadi. 
Mehnat bozori infratuzilmasining tarkibiy qismi asosiy 
elementlariga quyidagilar kiradi: davlat muassasalari, ish bilan 
bandlikka ko‘maklashuvchi nodavlat tuzilmalar, korxonalar va 
firmalarga kadrlar bilan xizmat ko‘rsatish, xususiy vositachi firmalar
samarali ish bilan bandlikni ta’minlaydigan jamoat tashkilotlari va 
jamg‘armalar kabilar (11-rasm). 
4
Mazkur bob muallifning shogirdi prof. N. Arabov bilan hamkorlikda yozilgan.


129 


130 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash 
to‘g‘risida”gi Qonuni Respublika hududida doimiy istiqomat qiluvchi 
fuqarolarning mehnatga bo‘lgan huquqini amalga oshirishning huquqiy, 
iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarini, shuningdek, bu huquqni 
ro‘yobga chiqarish bo‘yicha davlat kafolatini belgilab berdi. Ana shu 
qonunga muvofiq rivojlangan mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy 
qismlari elementlari 11-rasmda keltirilgan. 
Ishlab chiqarish moddiy bazasining jiddiy tarkibiy qayta qurilishi 
va uning uzliksiz yangilab borilishi, uning o‘sish sur’atlarining 
pasayishi jonli mehnatni siqib chiqarish jarayonini muqarrar qilib 
qo‘yadi va ish bilan bandlik muammosini keskinlashtiradi. Rivojlangan 
mamlakatlarda 80-yillarda shu narsa yaqqol ko‘zga tashlandiki, 
aholining ish bilan bandligini bevosita rag‘batlantirish (milliy bo‘limni, 
davlat idorasini, jamoat ishlarini kengaytirish) chora-tadbirlari ham
shuningdek, ish bilan bandlikni bilvosita rag‘batlantirish (investitsiya-
larni rag‘batlantirish, davlat xaridlarini ko‘paytirish va shu kabilar) 
chora-tadbirlari ham o‘zini oqlamadi. 
Xo‘jalik yuritishning o‘zgarib borayotgan shart-sharoitlari ishga 
joylashish va ish kuchidan foydalanishning tobora ko‘proq moslashuv-
chan shakllarini talab qilmoqda. 
Moslashuvchan mehnat bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘ziga 
quyidagilarni qamrab oladi: moslashuvchan ish bilan bandlik (mehnat 
faoliyati hamda yollash tashkiliy shakllarining harakatchanligi va 
o‘zgaruvchanligi); ish bilan bandlikning funksional moslashuvchanligi 
(keng malaka va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xodimlarning o‘zaro 
harakati); moslashuvchan ish tartiblari. Bu holat aholini mehnatda 
bandlikka nisbatan yangicha yondashuvlar shakllanishi hamda keng 
qamrovli bandlikning yangi konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. 
Mehnat bozorida moslashuvchan munosabatlarning shakllanib borishi 
mazkur 
bozor 
infratuzilmasi 
rivojlanishida 
egiluvchanlikni 
mustahkamlaydi. 
Har bir mamlakatda mehnat, aholining ish bilan bandligi va 
ijtimoiy siyosat masalalari yuzasidan davlat va mintaqaviy idoralar 
tizimi mavjuddir. Bu idoralarning tuzilishi o‘zgarishi mumkin, lekin har 
qanday ma’rifatli davlat sohalari bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab 
chiqadi: barcha korxonalardagi mehnat sharoitlari bo‘yicha; davlat 
korxonalarida va davlat muassasalarida (budjet sohasidagi) mehnatga 


131 
haq to‘lashdagi nisbatlar bo‘yicha; aholining ish bilan bandligini 
boshqarish 
bo‘yicha; 
nafaqa ta’minoti bo‘yicha; ishsizlarga, 
nogironlarga, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yordam 
ko‘rsatish bo‘yicha; ish beruvchilar va ish oluvchilar vakillarining 
o‘zaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha. 
Mintaqalardagi mehnatni boshqarish idoralari asosiy diqqat-
e’tiborini ish bilan bandlik, ijtimoiy siyosat, ish beruvchilar bilan ish 
oluvchilar o‘zaro munosabatlarini tartibga solish masalalariga 
qaratadilar. 
Mehnat bozori infratuzilmasining takomillashganligi jamiyatning 
iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanish darajasini ko‘rsatadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda mehnat bozori infratuzilmasiga mehnat 
sohasidagi 
ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarni 
tartibga 
soluvchi 
mexanizm sifatida qaraladi. Mehnat bozori infratuzilmasi tarkibiy qismi 
elementlarining mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat 
bozorini 
boshqarishdagi 
ahamiyati 
mazkur bozordagi 
davlat 
siyosatining maqsadidan kelib chiqadi. 
Mehnat bozoridagi davlat siyosatining maqsadi bo‘shab qolgan 
potensial ishchilarning samarali ish bilan bandligini shakllantirish, 
yoppasiga ishsiz bo‘lib qolishga yo‘l qo‘ymaslik va ochiq ishsizlikning 
o‘sishini to‘xtatib turish sifatida ta’riflanishi mumkin. 
Ana shu maqsadga erishish ish o‘rinlari egasi bo‘lgan ish 
beruvchiga muayyan sifatiga ega bo‘lgan ish kuchini sotib olish, bu 
bilan ishlab chiqarish omillarining qo‘shilishini ta’minlash, ish 
qidirayotgan kishilarga esa, kasb-malakasiga, demografik va boshqa 
tavsiflariga muvofiq mos keladigan ish o‘rni tanlash imkonini beradi. 
Ishsizlarga ta’lim olish sohasida (kasbiy qayta tayyorlash va malaka 
oshirish) xizmatlar ko‘rsatiladi, ularni ta’minlash (jamoat ishlari va 
boshqa vaqtincha ishlar) va ishsizlik darajasini nazorat qilish yuzasidan 
chora-tadbirlar ko‘riladi va hokazo. 
Tashkiliy jihatdan respublikamizda mehnat bozori ijtimoiy 
institutlar tizimi sifatida maydonga chiqmoqda, ulardan har biri qisman 
yoki to‘la ravishda mehnatni rivojlantirishga doir qandaydir vazifani 
bajaradi, ya’ni tayyorgarlik, foydalanish, rag‘batlantirishni ado etadi. 
Shulardan davlatning ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini 
tartibga solishda asosiy ahamiyatga ega. Davlatning ish bilan bandlik 
xizmati ishchi kuchini takror ishlab chiqarishni tartibga solishning yangi 


132 
instrumentlarini amalga oshirish, ya’ni ijtimoiy institutni tashkil etish 
zaruriyatini keltirib chiqaradi, usiz bozor to‘liq faoliyat yurita olmaydi. 
Davlat ish bilan bandlik xizmati – bu ishchi kuchining uyushgan 
bozoridir. U mehnat resurslari qo‘llanishining bir sohadan boshqasiga 
erkin o‘tishini ta’minlab, quyidagilarning yuzaga kelishiga imkoniyat 
yaratadi: 
– jamiyatning har bir a’zosini erkin mehnat va shaxsiy 
daromadining o‘sishi asosida – o‘z hayotiy imkoniyatlarini amalga 
oshirishga keng imkoniyatlar, ya’ni mehnatga samarali ishtiyoq 
mexanizmini yaratadi; 
– yuqori mehnat unumdorligiga iqtisodiy majburlash shakli 
sifatida ishchi kuchini tashuvchilar o‘rtasida uni yanada foydaliroq 
sohalarga qo‘llash bo‘yicha raqobatni rivojlantirish; 
– ishlab chiqarishni boshqarish subyektlari, ishlovchining shaxsi 
va uning mehnat potensialidan yanada samarali foydalanish yuzasidan 
raqobatni kuchaytirish. 
Ish bilan bandlik xizmatining oyoqqa turish sharoitida barcha 
ixtisoslashgan ishchi kuchining shakllanish usuli bo‘lib kasbga yo‘llash 
ishtirok etadi.
Kadrlar bozorini o‘rganuvchi chet el mutaxassis-marketolog-
larning fikricha, qachonki hozirgi zamon sharoitida mos ilmiy-amaliy 
tajribaga ega bo‘lganlar jami xodimlar salohiyatining 20–30 foizini 
tashkil etsagina, bozor iqtisodiyoti ijobiy samara berishi mumkin.[9,10 
b] Iqtisodiyotdagi mehnatda bandlarning qaror topgan tarmoq va kasbiy 
tuzilishi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi darajasini, 
iqtisodiyot rivojlanishining ijtimoiy yo‘nalish darajasini tavsiflab 
beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin