Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   116
13.2. Mehnat bozorining rivojlanish bosqichlari 
 
Mehnat bozori rivojlanishining 
birinchi bosqichida
(1991–
2000-y.y.) quyidagi vazifalar bajarilgan: mehnat birjasi va bandlik 
xizmatining boshlang‘ich tashkilotlari tashkil qilinib, ular ishsizlik va 
boʻsh oʻrinlar miqdori va tuzilishining hisob-kitobi, tahlili va prognozi, 
band boʻlmagan aholini ishga joylashtirish va qayta oʻqitish, bandlikka 
koʻmaklashish jamg‘armasini tashkil qilish va uning mablag‘larini 
sarflash bilan shug‘ullandi; kichik va oʻrta biznes hamda xususiy 
tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish yoʻli bilan yangi ish 
joylarini yaratishga uncha katta boʻlmagan moliyaviy yordam koʻrsa-
tildi; iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi tarkbiy 
islohotlar amalga oshirilib, “paxta yakka hukmronligi”ni tugatish uchun 
shart-sharoitlar yaratildi; yollanma xodimlar va ish beruvchilar oʻrtasida 
ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari 
yaratildi va boshqalar. 
Bu davrda aholi ish bilan bandlik darajasining pasayishi, 
ishsizlikning oshishi, ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasida 
nomutanosiblikning ortishi sodir boʻldi. 
Ushbu 
bosqichning 
yakuniy 
natijasi 
mehnat 
bozorini 
shakllantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlar yaratildi. 
Ikkinchi bosqichda
(2001–2010-y.y.) quyidagi vazifalarni 
bajarish zarur: mahalliy investitsiyalar va xorijiy kreditlarni jalb qilish 


144 
asosida qishloq xoʻjaligi boʻlmagan yangi ish joylarini yaratish yoʻli 
bilan ishchi kuchiga talabni oshirish; mehnatga layoqatli oʻsmirlar, koʻp 
bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan ish 
joylarini tashkil qilish va ularning iqtisodiy rag‘batlantirilishi darajasini 
oshirish; band boʻlmagan shaxslarga yangi ish joylarini yaratish bilan 
shug‘ullanuvchi ish beruvchilarga doimiy moliyaviy yordamlarni 
koʻrsatish; ishchi kuchi taklifini uning malakasini, raqobatbardoshligini 
va eksportini oshirish yoʻli bilan kamaytirish; mulkchilikning turli 
shakllarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohot-larni 
oʻtkazish asosida aholining ish bilan bandligi sohasida tarkibiy 
oʻzgarishlarni amalga oshirish; ish haqi va boshqa mehnat 
daromadlarining manbalari darajasidan soliq stavkasini keskin 
kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini tashkil qilish; 
mehnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar. 
Bularning hammasi bandlikning sezilarli oʻsishi va ishsizlikning 
kamayishiga hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifi oʻrtasidagi farq 
qisqarishiga koʻmaklashadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin