138
oshirishning bunday jarayoni tarixan o‘zini oqlaydi, bu faqat xodimning
manfaatlarini har tomonlama rivojlanishida qanoatlantirishi mumkin.
Ma’lumki, mehnat bilan vaqtincha bandlikning muddati bir
kundan (kunbay ishlash) tortib ikki yilgacha yoki aniq belgilangan
muddatgacha davom etishi mumkin. Keyingi yillarda muayyan
muddatga mo‘ljallangan mehnat bilan vaqtincha bandlik va vositachi
firmalar orqali vaqtincha ish bilan bandlik shakllari ancha kengroq
yoyilmoqda. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik
fuqarolar ish bilan bandlikka ko‘maklashish xizmatlari orqali emas,
balki korxonalar va tashkilotlarning bevosita kadrlar xizmatiga
murojaat qilib yoki xususiy vositachi agentliklar yordamida ishga
joylashmoqdalar. Korxonalar mazkur firmalar orqali muayyan kate-
goriyadagi va mutaxassislikdagi ish kuchini vaqtincha yollashga
buyurtmalarini rasmiylashtiradilar. Firmalar kontrakt shartlariga
muvofiq o‘z xodimlariga ish haqi to‘laydilar. Ma’lum miqdordagi
ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar bilan ta’minlaydilar, oraliq kasblar
bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradilar.
Mehnatkashlarni
Dostları ilə paylaş: