Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Tadqiqotlarning oʻninchi bosqichida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116
Tadqiqotlarning oʻninchi bosqichida
dastlabki ma’lumotlar 
kompyuterlarda quyidagi ketma-ketlik asosida qayta ishlanadi: 
ma’lumotlarni kiritish va dastlabki tahlil qilish; ma’lumotlarni nazorat 
qilish va xatolarini toʻg‘rilash; oʻzgaruvchilar qatorini tuzish; 
mashina algoritmlari va dasturlarini tuzish; tadqiqot natijalarini tahlil 
qilish. Kompyuterda dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash boʻyicha 
metodika Rossiya fanlar akademiyasi Sotsiologik tadqiqotlar instituti 
nashr etgan “Рабочая книга социолога” (“Sotsiologning ish kitobi”) 
nomli kitobda batafsil yoritilgan [3]. Dastlabki ma’lumotlar 
kompyuterda qayta ishlangandan soʻng, ularning ishonchliligi 
tekshiriladi. Agar, ular yuqori ishonchli boʻlsa, tadqiqotning keyingi 
bosqichiga oʻtiladi. Aks holda axborotlar tahlili yangidan boshlanib, 
tadqiqotning ikkinchi bosqichidan oʻninchisigacha bajarilgan ishlar 
qaytadan bajariladi. 
Tadqiqotning 
oʻn birinchi bosqichida
yollangan xodimlar va 
ish beruvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va turli 
shakldagi ishsizlikning vujudga kelish sabablarini oʻrganish boʻyicha 
hosil qilingan sotsiologik axborotlar asosida ilmiy hisobot tuziladi. 
Tadqiqotning 
soʻnggi bosqichida
hosil qilingan sotsiologik 
axborotlarni mehnat bozorining ekonometrik modellari kompleksiga 
tatbiq etish amalga oshiriladi. 
Qisqacha xulosalar
 
Sotsiologik tadqiqotlar mehnat bozorining holati boʻyicha 
ishonchli statistik ma’lumotlar yetarli boʻlmagan taqdirda oʻtkaziladi. 
Ularni oʻtkazishda muammolar, maqsadlar va asosiy vazifalarni 
toʻg‘ri belgilab olish asosiy oʻrinni egallaydi. 
Mazkur tadqiqotlarning asosiy maqsadi – aholining ish bilan 
bandligini oshirish va ishsizlikni kamaytirish boʻyicha ilmiy asoslan-
gan tavsiyanomalarni ishlab chiqish. 
Mehnat bozorining aniq sotsiologik tadqiqotlari oʻzaro bog‘liq 
boʻlgan bosqichlar asosida oʻtkazilib, ulardan hosil qilingan 


127 
axborotlar ish beruvchlar bilan yollanuvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarni va ishsizlik sabablarini toʻla ifodalaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin