135
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash
to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq “Mahalliy davlat
hokimiyati organlari mehnat organlarining taklifiga ko‘ra va ularning
ishtirokida aholini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘z mulkidagi
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida
boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda haq to‘lanadigan
jamoat ishlarining amalga oshirilishini tashkil etadilar” [1, 264 b.].
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari – fuqarolarning mehnat qilish
borasidagi davlat tomonidan kafolatlanadigan huquqlaridan biridir.
Jamoat ishlari qoida tariqasida, mehnat organlari tomonidan belgilangan
tartibda ishsiz shaxs deb e’tirof etilgan fuqarolar uchun dastlabki kasb
tayyorgarligini talab qilmaydigan, ijtimoiy foydali yo‘nalishga ega
bo‘lgan vaqtinchalik mehnat faoliyati hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: