Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116
uchinchi bosqichi
natijasi hisoblanadi. 
Anketalardagi savollarning barcha javoblari pozitsion kod-
lashtiriladi. 
Aniq 
sotsiologik 
tadqiqotlarning 
toʻrtinchi 
bosqichida
obyektlarni tanlash uslublari aniqlanadi. Tahlil koʻrsatadiki, yollangan 
xodimlar va ish beruvchilar oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-
larni oʻrganish yuzasidan anketalar uchun ishlash joylari boʻyicha 
tanlash uslubini qoʻllash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bunday tanlash uslubida korxonalar, firmalar, tashkilotlar va 
xususiy xoʻjaliklar haqidagi ma’lumotlarga asoslanib, tadqiqotning 
reprezentativ (eng maqbul) obyektlari aniqlanadi. Reprezentativ 
obyektlar boʻlib, aholining ish bilan bandlik koeffitsiyenti hududiy 
oʻrtacha qiymatidan eng yuqori va eng past boʻlgan korxonalar, 


124 
tashkilotlar va xususiy xoʻjaliklar xizmat qiladi. Bu jarayonda 
tanlanayotgan obyektlarning iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi 
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish salmog‘i hisobga 
olinishi lozim. 
Lekin mazkur tanlash uslubi yordamida ishsizlik holati va 
sabablarini oʻrganish anketalari uchun tadqiqot obyektlarini tanlab 
boʻlmaydi. Bunday vaziyatda yashash joylari boʻyicha tanlash uslubini 
qoʻllash maqsadga muvofiq [5]. Unga binoan ishsizlik darajasi eng 
yuqori boʻlgan yashash joylari tadqiqot obyektlari qilib tanlanadi. 
Avvalambor, mazkur uslub ishsizlar ijtimoiy-iqtisodiy holatini ijtimoiy 
guruhlarga boʻlib oʻrganish imkoniyatini beradi. 
Mintaqa va turar joylari rivojlanishining demografik va ijtimoiy-
iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻrganish bilan tadqiqotning 
beshinchi 
bosqichi 
boshlanib, soʻngra aniq sotsiologik tadqiqotlarning obyektlari 
tanlanadi. Ular 
dastlab,
yollangan xodimlar va ish beruvchilar 
oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni oʻrganuvchi anketalar 
boʻyicha tanlanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin