119
XI BOB
MEHNAT BOZORINING SOTSIOLOGIK TADQIQOTI
11.1. Mehnat bozorini oʻrganishda sotsiologik tadqiqotning
ahamiyati
Hozirgi paytda sotsiologik axborotlardan bozor iqtisodiyotiga
oʻtishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini (oqibatlarini) oʻrganishda koʻp
foydalanilmoqda.
Ular mehnat bozori, aholining ish bilan bandligi va
ishsizlik holatlarini ekonometrik modellar kompleksi (EMK) va
tarmoqlar balansi (TAB) yordamida tahlil qilishda qoʻllanadi va
ularning axborot ta’minotini yaxshilaydi.
Mehnat sarflari tarmoqlar balansini tuzishda ishlab chiqarishning
qizg‘in davrida jalb qilingan ishlovchilar
va ular bajargan ish vaqti
haqida ishonchli axborotlarni toʻplash ancha murakkab. Bunday
vaziyatda axborotlar yig‘ishning samarali
uslublaridan biri aniq
sotsiologik tadqiqot hisoblanadi. Mazkur tadqiqotlarning natijalari jonli
va buyumlashgan mehnat sarflarini, toʻg‘ri va toʻliq mehnat sarflari va
aholi bandligi koeffitsentlarini aniqlashda hamda tarmoqlar balansi
tuzishda ishlatiladigan boshqa koʻrsatkichlarni asoslashda qoʻllaniladi.
Shu
bilan birga,
sotsiologik axborotlar shaxsiy yordamchi
xoʻjaliklarni, individual (yakka tartibda) mehnat faoliyati va ishlab
Dostları ilə paylaş: