148
va bir necha ish joylarida ishlashga harakat qilish miqyosini belgilaydi.
Shuning uchun, davlat ish haqi sohasida belgilangan siyosatini oʻtkazib,
ishchi kuchiga talabning miqdori va tuzilishiga ta’sir koʻrsatishi mumkin.
U ish haqining barcha koʻrsat-kichlarini tartibga soluvchi. Davlatning
aralashuvi ma’muriy va iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uning ish vaqtining
davomiyligi va ish vaqti birligiga ish haqi toʻlashga ta’siri, odatda,
ma’muriy xarakterga ega. Koʻpgina rivojlangan mamlakatlarda davlat ish
haftasining eng koʻp davomiyligi va eng kam ish haqini tartibga soladi.
Ish haqining aniq miqdorini belgilashda toʻrtta subyekt oʻzaro hamkorlik
qiladi: davlat, kasaba uyushmasi, tadbirkorlar va mehnat bozori. Davlat
ish haqini belgilash boʻyicha ma’suliyatni kasaba uyushmalari va
tadbirkorlarga yuklashi mumkin boʻlsa ham, bu jarayonda faol ishtirok
etadi. Bozor sharoitlarida davlat ish haqi darajasini ma’muriy belgilashdan
voz kechishi lozim. Uning miqdori ish beruvchilar bilan yollanma
xodimlar oʻrtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida
kasaba uyushmasi vakilining ishtirokida belgilanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: