Aholining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va
ishsizlikni kamaytirishning samarali mexanizmlaridan biri
mehnat
bozorini
maqsadga
muvofiq
shakllantirish
va
rivojlantirish hamda uni tartibga solish hisoblanadi
. Bu, ishchi
kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi uzviy aloqalar va ziddiyatlarni, ular
hamkorligining samaradordik mezonlarini aniqlashga, qishloq
mehnatkashlari kasb malakasini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini
belgilashga hamda jonli mehnat resurslarini “ortiqcha” va ish joylari
“taqchil” sharoitlarda ishchi kuchiga talab va taklifni makroiqtisodiy
tartibga solishga, pirovardida ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy tadbir-
larni maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqishga samarali imkon
beradi.
Bunday tadbirlarni ishlab chiqish sodir bo‘layotgan jarayonlarni
chuqur o‘rganishni, mehnat bozorining shakllantirilishi va rivojlan-
tirilishining eng muhim muammolarini va ularni ijobiy yechish
yo‘llarini aniqlashni taqozo qiladi. Bu yo‘llarni to‘g‘ri topish esa
“Mehnat bozori iqtisodiyoti” fanining nazariy va amaliy asoslarini
mukam-malroq, o‘rganishni talab etadi.
Mazkur fanning maqsadi – talabalarga mehnat resurslari
bilan ko‘p ta’minlangan respublikamiz uchun xarakterli bo‘lgan
ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish
bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyanomalar ishlab chiqishni
o‘rgatishdan iborat
. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda mazkur
fanning
asosiy vazifalari
etib quyidagilar belgilanadi:
– “mehdat bozori” tushunchasi va uning tarkibiy qismlarini
o‘rganish;
– mehnat bozori shakllanishi va unga ta’sir etuvcha omillar, shart-
sharoitlar, tamoyillar va cheklovchilarni aniqlash;
5
– mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va ularning
ijtimoiy-iqisodiy tadbirlarini belgilash;
– mehnat bozoridagi ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solib,
usullarini o‘ganish;
– mehnat bozorini tahlil qilishning aniq, sotsiologik tadqiqot
usulini o‘rganib, uni qo‘llash metodikasi bilan tanitish;
– ishchi kuchiga talab va taklifning yaqin kelajakdagi holatini
istiqbollashtirish asoslarini o‘rganish;
– mehnat bozori rivojlanishining maqsadli kompleks dasturini
tuzishni o‘rgatish.
«Mehnat bozori iqtisodiyoti» fani «Mehnat iqtisodiyoti»,
«Xodimlarni boshqarish», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot»,
«Mikroiqtisodiyot, «Marketing» va «Menejment» kabi iqtisodiy
fanlar bilan uzviy bog‘langan.
|