aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi . Bunday
holda ishsizlikning yoʻl qoʻyilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga
keladi. Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnat qobiliyati»
kishilarining iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga
oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali
tayyorgarligi boʻyicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli,
aholining oqilona bandligi ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi
kuchining qiymati asosida “mehnat qilish qobiliyati”ni bozorda sotish
uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham
ta’minlanadi.
Yuqorida taklif etilgan tushuncha nuqtayi nazaridan qaraganda
respublikamizda aholining oqilona bandligini shakllantirishga hali toʻla
erishilgani yoʻq. Bunga quyidagilar asosiy toʻsiq boʻlmoqda: davlat
mulkini xususiylashtirish samaradorligining past darajasi; iqtisodi-
yotda tubdan tarkibiy islohotlar va ishlovchilar qishloq xoʻjaligi ishlab
chiqarishidan ozod boʻlishining sekinligi; mehnat haqi uning yakuniy
natijalaridan uzilib qolishi; ish joylarining past sifatli moddiy-texnik
jihozlar bilan ta’minlanishi; mehnatga qobiliyatli oʻsmirlar, koʻp bolalik
ayollar, pensionerlar va nogironlar faoliyatining yetarlicha rag‘bat-
lantirilmaganligi; ishchi kuchi taklifini unga boʻlgan talabga nisbatan
koʻproq oʻsayotganligi; boʻsh ish joylari haqida ishonchli axborot-
larning kamligi va mehnat bozorini samarali tartibga solish mexa-
nizmining takomillashmaganligi. Ular orasida davlat mulkini xusu-
siylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy isloh qilish yetakchi
oʻrin egallaydi. Bu jarayonlarni amalga oshirish koʻproq rasmiy
xarakterga ega boʻlib qolmoqda.
Vaholanki, ijara, hissadorlik, shirkat, xususiy va qoʻshma korxo-
nalarni tashkil qilish aholining oqilona bandligi shakllanishiga ijobiy
ta’sir qilib, ishchi kuchiga talabning oshishiga va uning taklifi
kamayishiga olib kelishi mumkin.
Ammo respublikamizning ayrim joylarida ishchi kuchiga
talabning kamayshi va uning taklifi oshishi kuzatilmoqda. Noqishloq
xoʻjaligida ish joylari soni yetarli emasligi va ishlovchilarning kasbiy
bilimlari pastligi