Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Soʻnggi paytlargacha oqilona boʻlmagan bandlikning asosiy



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116
Soʻnggi paytlargacha oqilona boʻlmagan bandlikning asosiy 
sabablaridan biri ish joylari va mehnat resurslari oʻrtasidagi 
nomutanosiblikning mavjudligi hisoblanar edi.
Ammo hozirgi 
vaqtda bu muammoning boshqa jihati – ishchi kuchiga talabning uning 
taklifiga mos kelmasligi muhim, chunki hozirga hududiy safarbarlik. 
propiska bilan toʻxtatib turilgan, uy-joy bozori yaxshi rivojlangan
hududlar boʻyicha turmush darajasi tabaqalashtirilgan vaziyatda 
tarkibiy mos kelmasliklar – boshqa muammolar vujudga kelishiga olib 
kslishi mumkin. 
Shunday qilib, bozor munosabatlarining vujudga kelishi va 
ishsizlik fakti uning barcha koʻrinishlarida tan olinishi ishchi kuchiga 
talab va taklif oʻrtasidagi tengsizlikni kamaytirish boʻyicha masala hal 
qilinishini koʻzda tutadi. Ammo bunda shunga erishilishi kerakki
mehnat har bir ish joyida iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlsin, ya’ni 
aholi bandlgining oqilona tuzilishini ta’minlasin.
Hozirgi vaqtda mehnatga layoqatli aholi bandligining vujudga 
kelgan tarmoqlardagi tuzilishi iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish 
tuzilishining aks ettirilishi boʻlib, u iqtisodiy maqsadga muvofiqlik 
nuqtayi nazaridan oqilona emas, deb ta’riflanadi. 


45 
Tadqiqotlar koʻrsatadiki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
xorijiy mamlakatlarda aholining ish bilan bandligi, avvalambor
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sotishga 
yoʻnaltirilgan.
O‘zbekistonda esa teskari manzara kuzatiladi: 67% dan 
ortiq aholi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish va xom ashyo 
sifatida qayta, ishlash sanoatiga tayyorlash bilan shug‘ullanadi
(3-jadvalga qarang). Xuddi shunday vaziyat sobiq ittifoq davlatlarida 
ham hukmron. Masalan, Ukrainada qishloq xoʻjaligida band boʻlganlar 
73% ni, qayta ishlash sanoatida 10% ni, savdo va umumiy ovqatlanishda
7% ni tashkil qiladi [3, 41-6.]. Mehnat resurslarining ishlab chiqarish 
tomoniga bunday mutanosibligi keyinchalik mahsulotni iste’molchi 
tomoniga qarab harakat qilishida ishchi kuchining elementar 
yetishmasligi oqibatida uzilishlarga olib keladi. 3-jadval O‘zbekiston 
Respublikasi va bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ASKida 
aholi bandligining tuzilishi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin