Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116
4.2. Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va 
koʻrsatkichlari 
 
Oqilona bandlik shakllanishining barcha demografik, ijtimoiy, 
iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi 
asosiy mezonlarda oʻz aksini 
topadi: ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasida bozor muvozanatiga 
erishish; ish joylarini koʻpaytirish; iqtisodiy faol aholining 
mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining oʻsishini 
ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini koʻpaytirish; ishsiz-
likni kamaytirish va boshqalar.
Mazkur mezonlar quyidagi koʻrsatkichlar yordamida aniqlanadi: 
mavjud va yangi yaratilgan joylarning soni; bajarilgan ish vaqtining 
miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahal-
liy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migratsion 
oqimi; mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy 
infratuzilma xizmatlarining miqdori; qishloq xoʻjaligi har bir xodimini 
yer yuklanmasi; oʻrtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan 
ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi; 
asosiy fondlardan foydalanishning smenali koeffitsiyenti; ijtimoiy 
ishlab chiqarishda band boʻlmagan shaxslar va ishsizlar soni hamda 
ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy 
infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli 
xil shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va h.k.lar. 
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ularning koʻrsatkichlaridan 
mehnatga layoqatli aholining oqilona bandligini shakllantirishni tartib-
ga solish mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini va 
ekonometrik modellarni hamda kompleks tahlili va istiqbolini belgi-
lashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tatbiq etishda 
foydalanish mumkin. 
4.3. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin