Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ozod boʻlgan xodimlar malakasi darajasini sanoat mehnatining zamonaviy talablariga toʻliq moslashtirishdek murakkab ijtimoiy muammoni shoshilinch yechish kerak . Buning uchun esa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
da qabul qilingan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish
lozim.
Qishloq xoʻjaligidan ozod boʻlgan past malakali xodimlar orasida
mehnatga layoqatli ayollar katta salmoqni (65%) tashkil qiladi. Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish davrida ayollar bandligi muammosi yanada
keskinlashadi, iqtisodiy islohotlar ayol ishchi kuchinining marali-
zatsiyalashishiga olib keladi. Kamroq malakali ayol ishchi kuchi mehnat
bozorida teng raqobat qila olmaydi. Sir emaski, ayollar ishdan
boʻshatish uchun birinchi nomzodlardir. 2015–2020-yillar davomida ish
joylarini yoʻqotganlarning 65% ni ayollar tashkil qiladi. Shunday
vaziyat vujudga kelmoqdaki, unda ayollar birinchi ishdan boʻsha-
tiluvchilar safida, ammo boʻsh joyga esa birinchi nomzod emas.
Bozor munosabatlariga oʻtishda ayol ishsizligining oʻsishi
koʻpgina sabablar bilan izohlanadi, ammo ulardan eng muhimlari,
birinchidan, ayol mehnatini qoʻllash uchun ish joylarining yetishmas-
ligi; ikkinchidan, qishloq xoʻjaligi ishlarida qoʻl mehnati salmog‘ining
yuqoriligi: uchinchidan, ularning malakasi darajasi va safarbarligining
pastligi. Shuning uchun mehnat bozorida asl ishchi kuchiga talab
erkaklarga qaraganda ancha kam.
Ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan
kompleks tadbirlarni oʻtkazish lozim. U koʻp bolali ayollar va yosh
qizlar uchun yangi ish joylarini yaratish, ayollarni bolaga qarash
davridan keyin kasbiy moslashtirlsh va ishlab chiqarlshga qaytarish,
bolasi bor ayollar malakasini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil
47
qilish, ayolning ish sharoitini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilishni
rag‘batlantirish kabi tadbirlarni qamrab olishi kerak.