Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi boʻlgan bozorni boshqarish  (tartibga solish) siyosati  uch asosiy maqsadga erishishni nazarda



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116
 
Iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi boʻlgan bozorni boshqarish 
(tartibga solish) siyosati 
uch asosiy maqsadga erishishni nazarda 
tutadi: 


48 
– tarkibiy qayta qurishni rag‘batlantirish va boʻshab qolgan 
xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish; 
– ishsizlarni mehnat jarayoniga tezlik bilan jalb qilish; 
– ish qidirayotganlarning har birini ish bilan ta’min etish. 
Davlatning aholini ish bilan ta’minlash siyosatining chora-
tadbirlari quyidagi sohalar boʻyicha tabaqalashtirilgan: 
– ta’sir koʻrsatish obyekti boʻyicha (umumiy va ixtisoslashgan 
chora-tadbirlar); 
– mablag‘ bilan ta’minlash boʻyicha. 
Aholini ish bilan ta’minlash va unga ta’sir koʻrsatish usullariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
– bilvosita (ma’muriy) usullar: qonun yoʻli bilan tartibga solish; 
– mehnat qonunchiligi, jamoa shartnomalari; 
– bevosita (iqtisodiy) usullar: moliyaviy, monetar, fiskal (xazina) 
siyosati. 
Aholini ish bilan ta’minlashga davlatning ta’sir koʻrsatish usullari: 
– passiv ta’sir koʻrsatish – ish bilan band boʻlmagan aholiga 
ijtimoiy yordam; 
– faol ta’sir koʻrsatish – mehnat taklifini rag‘batlantirish, 
mehnatga boʻlgan talabni rag‘batlantirish, talab va taklifni muvofiq-
lashtirish chora-tadbirlari (axborot, maslahat xizmati koʻrsatish, kasbiy 
sohada maslahatlar berish, aholinnng kamroq raqobatbardosh guruhlari 
uchun bandlik dasturlarini ishlab chiqish va hokazolar). 
Davlat bandlik siyosati doirasida mehnat bozorini tartibga solishda 
bandlikka koʻmaklashish jamg‘armalarining ahamiyatini alohida 
ta’kidlab oʻtish kerak. 
Bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi 
xarajatlarini shartli ravishda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha 
qismlarga ajratish mumkin: 
– ishsizlik boʻyicha nafaqaga sarflanadigan mablag‘lar, ishsiz-
larga moddiy yordam koʻrsatish, uzoq muddatli peniyalar toʻlash 
(bularni passiv siyosat deb atash qabul qilingan); 
– qayta tayyorlash va jamoat ishlariga sarflanadigan mablag‘lar. 
Faol siyosatning mazkur shakli amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadi, 
ya’ni bandlik sohasidagi davlat xizmati uchun majburiy hisoblanadi. 
– moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga, qimmatli qog‘ozlar sotib olish 
va boshqa xarajatlarga moʻljallangan mablag‘lar. Aytib oʻtilgan bu 
shakllarni birlashtirib turadigan tomon shuki, ular qonun bilan 


49 
kafolatlanmagan. Shu bilan birga «moliyaviy qoʻllab-quvvatlash» 
moddasiga doir xarajatlarni mehnat bozoridagi faol siyosat shakllariga 
kiritish qabul qilingan; 
– bandlik xizmatlarini rivojlantirish uchun moʻljallangan 
mablag‘lar (ularni ta’minlash, kapital mablag‘lar, reklama, «Bandlik 
axborot xizmati»). 
Davlatning bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi quyidagi 
toʻlovlarni amalga oshiradi: 
– ishsizlik boʻyicha nafaqa toʻlash; 
– bandlik xizmati yoʻllanmasi bilan koʻngilli ravishda boshqa 
joylarga koʻchib boruvchining yoʻl chiqimlariga bog‘liq moddiy 
xarajatlarini qoplash; 
– vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uchun haq toʻlash; 
– bandlik xizmati tomonidan kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyor-
lash, malaka oshirish uchun stipendiyalar. 
Ishsizlarga uzoq muddatli pensiyalar tayinlash munosabati bilan 
Pensiya jamg‘armasi xarajatlari bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasi-
dan qoplanadi. Aholining bandlikka koʻmaklashish jamg‘armasiga 
badallar toʻlashi uchun sug‘urta tarifi mehnat haqiga toʻlashga moʻljal-
langan mablag‘larning 1,5% ini tashkil etadi. Badallar toʻlashdan 
nogironlarning jamoat tashkilotlari, nogironlar va pensionerlarning 
jamoat tashkilotlari, ularga tegishli boʻlgan korxonalar, shuningdek, 
diniy birlashmalar ozod qilinadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnat 
bozorini boshqarishda bir qator yoʻnalishlar mavjud boʻlib, ular aholi 
bandligi davlat xizmatiga taalluqlidir. Bu xizmatning asosiy vazifasi 
mehnat bozori haqidagi axborotni tarqatish hisobiga mehnat bozorining 
faoliyat koʻrsatishi samaradorligini oshirishdan iborat. 
O‘zbekistonda davlat banddik xizmati 1991-yilda tashkil etilgan 
edi. Respublika aholi bandlik xizmati ishining asosiy tamoyillari 
xalqaro amaliyotga muvofiq keladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston aholi 
bandligi xizmati mintaqalarda (viloyatlar, shahar va tumanlarda) ishlab 
turibdi.
Aholining bandligiga koʻmaklashish bilan bog‘liq xizmatlar 
bandlik xizmati organlari tomonidan bepul koʻrsatiladi. Bozor muno-
sabatlarining rivojlanishi bandlikning nodavlat xususiy xarakterdagi 
tuzilmalari ham tashkil etilishiga imkon bermoqda. Bular xodimni 
tanlash boʻyicha tijorat agentliklari, oʻquv yurtlari huzuridagi 


50 
muassasalar, diniy idoralar huzuridagi va hokazo muassasalardir. 
Tajribalarning koʻsatishicha, bandlikka ko‘maklashish markazlari 
mehnat bozorining toʻla ma’noda tartibga soluvchi ta’sirchan vositasi 
boʻlib qolishi mumkin.
Bandlikka ko‘maklashish markazlari mehnat bozori haqidagi, 
uning ahvoli va istiqboli toʻg‘risidagi axborotlarni toʻplaydi. Bozor 
tuzilmasi sifatidagi mehnat birjasi xilma-xil vazifalarni bajaradi. 
Aholi bandligini nodavlat darajasida tashkil etish sohasidagi tijorat 
tuzilmalarining boshqa shakllari ham mavjud. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin