54
bandlikning iqtisodiy munosabatlarini tartibga
solishda davlat tomo-
nidan hisobga olinishi darkor. Ba’zan «ishsizlar» tushunchasining xalq
xoʻjaligida ish bilan band boʻlmagan mehnatga qobiliyatli aholi sifatida
keng ma’noda talqin qilinishi maqbul emas, chunki u faol ish
qidirayotganlarni ham,
ish qidirmayotganlarni ham, shuningdek, haq
toʻlanadigan ish oʻrnini egallash uchun da’vogarlik qilayotgan,
lekin
unga oʻzining kasb-malaka jihatidan taalluqli, sog‘lig‘i, ichki
uyushqoqligi bilan mos kelishiga yordam
bermayotgan shaxslar ham
kiritiladi. XMT standartlariga koʻra, ishsizlar sirasiga muayyan yoshga
yetgan, hisobot davri mobaynida ishsiz boʻlib, darhol ishga tushishga
tayyor boʻlib turgan va faollik bilan ish qidirayotganlar kiritiladi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga oʻtayotgan mamlakatlarda «ishsiz»
degan maqomga ega boʻlmoqchi boʻlgan kishi quyidagi mezonlarga
mos kelishi lozim:
– ishsizlar bandlik xizmati idoralarida
ish qidiruvchi sifatida
roʻyxatga olinishlari darkor;
– ishsiz dsb hisoblanish uchun odam faollik bilan ish qidirishi
(odatda, bandlik xizmatiga murojaat qilishdan bir – toʻrt hafta ilgari)
kerak boʻladi;
– ishsizlar maqomi va ishsizlik boʻyicha nafaqa olish huquqi faqat
ilgari ishlagan kishilarga
beriladi;
– ishsizlik ixtiyoriy ravishda boshlanmasligi lozim;
– ishsiz odam oʻzi uchun bandlik xizmati «mos keladi» deb
hisoblagan ishga joylashish taklifini rad qilmasligi lozim;
– ishsizlar boshqa daromad manbalariga ega boʻlmasligi kerak;
– ishsiz odam muayyan oylar mobaynida ishsizlik boʻyicha nafaqa
olib turadi, shundan keyin nafaqaning miqdori
kamaytiriladi yoki uni
toʻlash mutlaqo toʻxtatiladi.
Dostları ilə paylaş: