55
5.2. Ishsizlikning sabablari va turlari
Iqtisodchi olimlar oʻrtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy
sabablari qandayligi toʻg‘risida turlicha qarashlar mavjud.
Ma’lumki, J.M.Keyns «...ishsizlikning davosi sifatida ish haqini
pasaytirgan g‘oyasini qat’iy inkor etib, oʻziga investitsiyalar,
davlat
xarajatlari va sof eksportdan tashqari iste’mol xarajatlarini – bunda ham
soʻnggi – umumiy talabning asosiy qismini ham qamrab oladigan
umumiy talabdan kelib chiqadi».
Fikrimizcha, O‘zbekistonda ishsizlikning paydo boʻlishi va oʻsish
tarixi aynan Keyns qarashlarining toʻg‘riligini isbotlaydi. Ishsizlar
rasmiy roʻyxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum
darajada
muntazam ortib boradi, ishga joylashtirish qanchalik yuqori
boʻlsa, ishsizlik darajasi shunchalik past boʻladi.
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy
oʻzgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflatsiya hamda xoʻjalik
yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar,
hissadorlik
jamiyatlari) yetarlicha tez oʻsmaganligi tufayli koʻpgina korxonalarda
moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning
hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri
qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol
xarajatlari esa
inflatsiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli
birmuncha kamayadi.
Demak, O‘zbekistonda ishsizlik oʻsishining asosiy sababi, eng
avvalo, ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy oʻsish dinamikasi
bilan ishsizlik oʻrtasidagi aloqa uzviy bog‘liq koʻrsatkichlardir.
Qoidaga koʻra, G‘arb iqtisodchilari iqtisodiy oʻsish sur’atlarini
aholi ish bilan bandligining oʻsish sur’atlari bilan,
tanazzulni esa
ishsizlik darajasining oʻsishi bilan bog‘laydilar. Haqiqatan ham,
industrial turdagi normal ishlayotgan bozor iqtisodiyotida iqtisodiy
oʻsish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish
bilan bandlikning ortishini anglatadi. Shunday boʻlsa-da,
rivojla-
nayotgan mamlakatlarda bunday bog‘liqlik koʻzga ochiq tashlanmaydi.
Masalan, koʻpgina rivojlanayotgan mamlakatlarda sanoatning tez
oʻsishi ish bilan bandlikning muvofiq kengayishini keltirib chiqarmadi.
Iqtisodchilar bu hodisani sanoatdagi oʻsish sur’atlaridan ancha yuqori
56
boʻlgan urbanizatsiya sur’atlari hamda qishloqdan shaharga koʻchib
kelayotgan aholi malakasining pastligida deb izohlaydilar.
Aholining ish bilan bandlik dinamikasi,
YaIM bilan ishsizlik
oʻrtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda
mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan,
ishsizlikning YaIMning oʻsishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi;
ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning
qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik
maqomini berish shartlarining murakkablashuvi
bilan izohlab
boʻlmaydi.
Koʻrinishidan
yaxshi
boʻlgan
iqtisodiy
oʻsish
koʻrsatkichlaridan ish bilan bandlikning kamayishini ikkita sabab bilan
izohlash mumkin. Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi
saqlanganligi, u oʻz potensialini, hatto ayrim
barqarorlik sharoitlarida
ham ochiq bozorga chiqarib turadi. Ikkinchidan, yashirin ish bilan
bandlikning koʻpayishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini
ochiq mehnat bozoridan tortib turadi.
Respublikamizda ishsizlikning paydo boʻlish sabablariga koʻra,
quyidagi
Dostları ilə paylaş: