Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


V BOB  ISHSIZLIK: MAZMUNI, MEZONLARI VA



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
V BOB 
ISHSIZLIK: MAZMUNI, MEZONLARI VA 
KO‘RSATKICHLARI 
 
5.1. Ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni 
 
Ishsizlik muammolari tadqiqisiz mehnat bozori va ijtimoiy
mehnat munosabatlarini toʻla tasavvur etib boʻlmaydi. Ishsizlik bozor 
iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir.
Ishsizlik muammosini oʻrganishdan asosiy maqsad aholining 
ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishi va 
xizmat ko‘rsatishini rivojlantirish va aholi turmush darajasini 
yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qoʻshimcha ish 
joylarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy oʻsishidan 
orqada qolmasligi kerak. 
Ma’lumki, O‘zbekiston dunyo hamjamiyati davlatlari oʻrtasida 
aholining jadal oʻsib borayotganligi bilan ajralib turadi. Respublikamiz 
aholisi soni har yili oʻrtacha 550–600 ming kishiga, mehnatga layoqatli 
aholi soni esa 250–300 ming kishiga koʻpaymoqda. Bunday vaziyat, oʻz 
navbatida, aholining ish bilan bandligini oshirish va ishsizlikni 
kamaytirish borasida uzluksiz tadqiqot olib borishni taqozo etmoqda. 
Buning uchun esa ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish joylarini 
yaratish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarur. Aks holda, 
ishsizlar sonining ortib borishi aholi turmush darajasining pasayishiga 
olib keladi. Shu nuqtayi nazardan, avvalambor, «ishsizlik» tushunchasi 
va uning mazmunini chuqurroq oʻrganmog‘imiz lozim. 
Odatda, jahon mamlakatlari «ishsizlik» tushunchasini BMT
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish 
jamiyati talablariga koʻra ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat 
tashkilotining 13-konvensiyasi ta’rifiga binoan «ishsiz shaxslar» 
deganda, ish joylariga ega boʻlmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan 
fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, 
turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun 
qoʻshimcha shartlar talab qilinadi. 
Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlarida soʻnggi bir hafta 
mobaynida ish bilan band boʻlmagan, soʻnggi toʻrt hafta davomida 


53 
ishga joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash 
davlat xizmatiga murojaat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish 
qobiliyatiga ega boʻlgan fuqarolar ishsiz shaxs dsb, e’tirof etiladilar. 
Yaponiyada ishsiz shaxs deb, soʻnggi bir hafta davomida bir soat 
ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, soʻnggi bir hafta mobaynida 
ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasalligi tufayli ish 
qidirish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolar tushuniladi. 
Ayrim malakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan 
boʻshatilgan va mehnat stajiga ega boʻlganlar tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash 
toʻg‘risida”gi Qonuniga binoan «... ishsiz shaxs deb, mehnatga 
qobiliyatli (oʻn olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta’minlash 
huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega 
boʻlmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida 
roʻyxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta 
tayyorlashdan oʻtishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga 
qobiliyatli shaxslar etirof etiladi».
Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin