4.2. Aholining oqilona bandligini ta’minlash mezonlari va koʻrsatkichlari Oqilona bandlik shakllanishining barcha demografik, ijtimoiy,
iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi
asosiy mezonlarda oʻz aksini topadi: ishchi kuchiga talab va taklif oʻrtasida bozor muvozanatiga erishish; ish joylarini koʻpaytirish; iqtisodiy faol aholining mehnatda ishtirokini oshirish; mehnat unumdorligining oʻsishini ta’minlash; aholining mehnat daromadlarini koʻpaytirish; ishsiz- likni kamaytirish va boshqalar. Mazkur mezonlar quyidagi koʻrsatkichlar yordamida aniqlanadi:
mavjud va yangi yaratilgan joylarning soni; bajarilgan ish vaqtining
miqdori; aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIMning hajmi; mahal-
liy va jalb etilgan mehnat resurslarining soni; aholining migratsion
oqimi; mehnatning fond va energiya bilan qurollanishi; ijtimoiy
infratuzilma xizmatlarining miqdori; qishloq xoʻjaligi har bir xodimini
yer yuklanmasi; oʻrtacha yillik ish haqi; aholining uy-joy bilan
ta’minlanishi; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi;
asosiy fondlardan foydalanishning smenali koeffitsiyenti; ijtimoiy
ishlab chiqarishda band boʻlmagan shaxslar va ishsizlar soni hamda
ularning nafaqa miqdori; mehnatning umumiy natijalaridan va ijtimoiy
infratuzilma xizmatlaridan qanoatlanish darajasi; mulkchilikning turli
xil shakllari va mehnatni tashkil qilishning samaradorligi va h.k.lar.
Yuqorida qayd etilgan mezonlar va ularning koʻrsatkichlaridan
mehnatga layoqatli aholining oqilona bandligini shakllantirishni tartib-
ga solish mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini va
ekonometrik modellarni hamda kompleks tahlili va istiqbolini belgi-
lashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tatbiq etishda
foydalanish mumkin.
4.3. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solish