Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ozod boʻlgan xodimlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishidan ozod boʻlgan xodimlar 
malakasi darajasini sanoat mehnatining zamonaviy talablariga 
toʻliq moslashtirishdek murakkab ijtimoiy muammoni shoshilinch 
yechish kerak
. Buning uchun esa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
da qabul qilingan chora-tadbirlarni tez va samarali amalga oshirish 
lozim. 
Qishloq xoʻjaligidan ozod boʻlgan past malakali xodimlar orasida 
mehnatga layoqatli ayollar katta salmoqni (65%) tashkil qiladi. Bozor 
iqtisodiyotiga oʻtish davrida ayollar bandligi muammosi yanada 
keskinlashadi, iqtisodiy islohotlar ayol ishchi kuchinining marali-
zatsiyalashishiga olib keladi. Kamroq malakali ayol ishchi kuchi mehnat 
bozorida teng raqobat qila olmaydi. Sir emaski, ayollar ishdan 
boʻshatish uchun birinchi nomzodlardir. 2015–2020-yillar davomida ish 
joylarini yoʻqotganlarning 65% ni ayollar tashkil qiladi. Shunday 
vaziyat vujudga kelmoqdaki, unda ayollar birinchi ishdan boʻsha-
tiluvchilar safida, ammo boʻsh joyga esa birinchi nomzod emas.
Bozor munosabatlariga oʻtishda ayol ishsizligining oʻsishi 
koʻpgina sabablar bilan izohlanadi, ammo ulardan eng muhimlari
birinchidan, ayol mehnatini qoʻllash uchun ish joylarining yetishmas-
ligi; ikkinchidan, qishloq xoʻjaligi ishlarida qoʻl mehnati salmog‘ining 
yuqoriligi: uchinchidan, ularning malakasi darajasi va safarbarligining
pastligi. Shuning uchun mehnat bozorida asl ishchi kuchiga talab 
erkaklarga qaraganda ancha kam.
Ayollarning ish bilan bandlik darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan 
kompleks tadbirlarni oʻtkazish lozim. U koʻp bolali ayollar va yosh 
qizlar uchun yangi ish joylarini yaratish, ayollarni bolaga qarash 
davridan keyin kasbiy moslashtirlsh va ishlab chiqarlshga qaytarish
bolasi bor ayollar malakasini oshirish uchun maxsus kurslar tashkil 


47 
qilish, ayolning ish sharoitini yaxshilash uchun sarmoyalar jalb qilishni 
rag‘batlantirish kabi tadbirlarni qamrab olishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin