42
quvvatlaridan samarasiz foydalanishga, balki ichki va tashqi
bozorlarning talablariga toʻliq mos kelmaydigan past sifatli tovarlarni
ishlab chiqarishga ham olib keladi. Natijada koʻpgina qishloq
mehnatkashlarining mehnati ijtimoiy tan olinmaydi (amalda mehnat
haqi orqali tan olingan boʻlsa ham) va xalq xoʻjaligi nuqtayi nazaridan
ularning bandligi iqtisodiy mazmunga ega boʻlmaydi. Mehnat natijasi
ijtimoiy tan olingan bandlikni oqilona deb hisoblash mumkin.
Mehnatga qobiliyatli pensionerlar, nogironlar, oʻquvchilar, koʻp
bolali ayollar va aholining boshqa kategoriya (toifa)lari bandligini
moddiy rag‘batlantirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan yetarli
darajada foydalnilmaydi. Kvotalashtirilgan yangi ish joylarini yaratish
va xususiy tadbirkorlarni rivojlantirish ularning bandligi va mehnat
haqlarini ancha oshiradi.
Vakant (boʻsh) lavozimlar va ish joylari mavjudligi haqidagi
ishonchli axborotlarning kamligi ish bilan band boʻlmagan aholini ishga
joylashtirishni qiyinlashtiradi. Statistika idoralari faqat sanoat
korxonalari va xizmat koʻrsatish obyektlaridagi ish joylarining miqdori
va tuzilishi boʻyicha axborotlar toʻplash va ularni tahlil qilish bilan
shug‘ullanadi. Ammo sinalgan metodika yoʻqligi tufayli qishloq
xoʻjaligida ish joylarining soni haqidagi axborotlarni yig‘ish amalga
oshirilmaydi.
Bularning barchasi va mehnat bozorida munosabatlarni tartibga
solishning samarali mexanizmi mavjud emasligi aholining oqilona
bandligi shakllanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Mavjud mexanizm esa
oqilona bandlik shakllanishining asosiy shart-sharoitlarini toʻliq
hisobga olmaydi.
Dostları ilə paylaş: