IV BOB AHOLINING ISH BILAN OQILONA BANDLIGI 4.1.Aholining ish bilan oqilona bandligi va unga mehnat bozorining ta’siri Mehnatga qobiliyatli aholi oqilona bandligining shakllanishi faqat mehnat bozorining samarali rivojlanishida va iqtisodiyotning barcha sektorlarida tarkibiy islohotlar oʻtkazilishi asosida amalga oshirilishi mumkin . Bular ortiqcha ishchi kuchining ommaviy ozod
boʻlishi va ularni sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlariga va shaxsiy
mehnat faoliyati sohalariga hamda shahar xalq xoʻjaligiga oqib oʻtishi
xodimlar zaxiralarining shakllanishi va ularning bozor mexanizmlari
asosida safarbar qilinishi va qayta taqsimlanishi jarayonini belgilab
beradi.
Iqtisodiy adabiyotlarda «Oqilona bandlik» tushunchasi haqida
turli xil nuqtayi nazarlar mavjud. Rus iqtisodchi olimi A.B. Naumov-
ning fikricha, “Oqilona bandlik” tushunchasi samarali toʻliq bandlik
bilansinonim boʻladi. Umumiy koʻrinishda toʻliq bandlik ijtimoiy ishlab
chiqarish sohasida mehnatga qobiliyatli aholining ish joylariga talabini
butunlay qanoatlantirganligini bildiradi. Agar aholining ishchi joylariga
talabi toʻla qanoatlantirilsa va ishchi kuchidan eng katta samara bilan
foydalanilsa, unda aholi bandligi oqilona boʻladi [1, 41-b.]. Ukrain
iqtisodchisi V.F.Onishenko ham xuddi shunday nuqtayi nazarni qoʻllab-
quvvatlab, ta’kidlaydiki, “Oqilona bandlik .... , toʻliq va samarali
bandlikning birlashmasidir , .. . Oqilona bandlik oʻz ichiga quyidagilarni
oladi: 1) aholining ijtimoiy foydali mehnatga ehtiyojini toʻliq
qanoatlantirish; 2) ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni samarali
muvofiqlashtirish; 3) ijtimoiy mehnat unumdorligining eng katta
imkondagi darajasi va uning samaradorligi; 4) ishlab chiqarish kuchlari
rivojlanishining ma’lum darajasida aholining moddiy, ijtimoiy va
ma’naviy ehtiyojlarini imkoni boricha toʻliqroq qanoatlantirish”
[2,41b.].
Mehnat bozorining rivojlanish sharoitlarida bu olimlarning
oqilona bandlik – mehnatga qobiliyatli aholining doimiy ish joylariga
talabini toʻliq qondiradi, degan fikrlariga qoʻshilish qiyin. Mehnat
40
bozori yoppasiga bandlikni ta’minlamaydi va raqobat asosida soni
oʻzgarib turgan «doimiy» ishchi joylarini kafolatlamaydi.
Fikrimizcha,