Sh. R. Xolmoʻminov mehnat bozori iqtisodiyoti


aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/116
tarix05.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#174173
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116
aholining oqilona bandligi ishchi kuchiga talab va 
taklif oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishishni bildiradi
. Bunday 
holda ishsizlikning yoʻl qoʻyilishi mumkin (tabiiy) darajasi vujudga 
keladi. Bunday muvozanat ish beruvchilar va «mehnat qobiliyati» 
kishilarining iqtisodiy manfaatlari eng muqobil darajada amalga 
oshirilishini ta’minlaydi. Bunda ishchi kuchiga kasb-malakali 
tayyorgarligi boʻyicha mos narxlar belgilanadi. Xuddi shular tufayli
aholining oqilona bandligi ijtimoiy takror ishlab chiqarish va ishchi 
kuchining qiymati asosida “mehnat qilish qobiliyati”ni bozorda sotish 
uchun taklif qilganlarning turmush darajasi shakllanishi ham 
ta’minlanadi. 
Yuqorida taklif etilgan tushuncha nuqtayi nazaridan qaraganda 
respublikamizda aholining oqilona bandligini shakllantirishga hali toʻla 
erishilgani yoʻq. Bunga quyidagilar asosiy toʻsiq boʻlmoqda: davlat 
mulkini xususiylashtirish samaradorligining past darajasi; iqtisodi-
yotda tubdan tarkibiy islohotlar va ishlovchilar qishloq xoʻjaligi ishlab 
chiqarishidan ozod boʻlishining sekinligi; mehnat haqi uning yakuniy 
natijalaridan uzilib qolishi; ish joylarining past sifatli moddiy-texnik 
jihozlar bilan ta’minlanishi; mehnatga qobiliyatli oʻsmirlar, koʻp bolalik 
ayollar, pensionerlar va nogironlar faoliyatining yetarlicha rag‘bat-
lantirilmaganligi; ishchi kuchi taklifini unga boʻlgan talabga nisbatan 
koʻproq oʻsayotganligi; boʻsh ish joylari haqida ishonchli axborot-
larning kamligi va mehnat bozorini samarali tartibga solish mexa-
nizmining takomillashmaganligi. Ular orasida davlat mulkini xusu-
siylashtirish va iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy isloh qilish yetakchi 
oʻrin egallaydi. Bu jarayonlarni amalga oshirish koʻproq rasmiy 
xarakterga ega boʻlib qolmoqda. 
Vaholanki, ijara, hissadorlik, shirkat, xususiy va qoʻshma korxo-
nalarni tashkil qilish aholining oqilona bandligi shakllanishiga ijobiy 
ta’sir qilib, ishchi kuchiga talabning oshishiga va uning taklifi 
kamayishiga olib kelishi mumkin.
Ammo respublikamizning ayrim joylarida ishchi kuchiga 
talabning kamayshi va uning taklifi oshishi kuzatilmoqda. Noqishloq 
xoʻjaligida ish joylari soni yetarli emasligi va ishlovchilarning kasbiy 
bilimlari pastligi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin